Qilichova Marxabo Xudayqulovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sharof Rashidov asarlari asosida bo‘lajak pedagoglarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashning nazariy asoslari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped 6109
Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari bo’uisha falsafa doktori (DSc), professor Botirova Shaxlo Isomiddinovna.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Fil.91.02. raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik kengash
Rasmiy opponentlar: Quronov Muhammadjon pedagogika fanlari doktori, professor, Baydjanova Iroda Abdullaevna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Sharof Rashidov asarlari asosida bo‘lajak pedagoglarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashning nazariy asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Sharof Rashidov asarlaridan bo‘lajak pedagoglarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda tizimli yondashuvni qo‘llash, o‘z-o‘zini obektiv baholash va mantiqiy fikrlash bosqichlarini ijtimoiy jarayonlarda qo‘llay olishning pedagogik xususiyatlarini tahlil qilishda axloqiy qadriyatlar (vatanparvarlik, insonparvarlik, adolat va halollik) va ularning ta’lim jarayoniga ta’siri (tarixiy va adabiy kontekst, personajlar va ularning xulq-atvori diagnostikasi, real vaziyatlarga refleksiyalash) shaxsga yo‘naltirilganlik, maqsadning aniqligi, o‘z-o‘zini anglash, hamkorlikdagi faoliyatga yo‘naltirish asosida tavsiflangan;
bo‘lajak pedagoglarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda Sharof Rashidov asarlarining pedagogik imkoniyatlarini aniqlashda pedagogik jarayonning ta’limiy-tarbiyaviy bosqichlari, tashkiliy-uslubiy asoslari va amaliyotdagi holati aniqlanib, shaxsiy va kasbiy sifatlar (kasbiy-intellektual, tashkiliy-kommunikativ, emotsional-irodaviy, ma’naviy-ma’rifiy)ni korreksiyalash asosida takomillashtirilgan;
Sharof Rashidov asarlari asosida bo‘lajak pedagoglarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashning funksional modeli ta’lim-tarbiya strategiyalarini muntazam maqsadli qo‘llash, samaradorlik bloklari funksiyalarini o‘zaro muvofiqlashtirish va innovatsion ta’lim jarayonida qo‘llash asosida takomillashtirilgan hamda didiaktik imkoniyatlari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, munozaralar, disputlar, ko‘rik-tanlovlar, ijodiy kechalar kabi funksiyalarini kiritish asosida yoritib berilgan;
Sharof Rashidov asarlari asosida bo‘lajak pedagoglarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash mexanizmining zamonaviy ta’lim texnologiyalari, uning eksperimental darajasi, baholash mezonlari, strategiyalari, kontekstual omillari, ta’lim uslublari va o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqaruvchi pedagogik mexanizmlar va innovatsion ta’lim jarayonida interfaol usullarni nostandart vaziyatlarda qo‘llash asosida ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sharof Rashidov asarlari asosida bo‘lajak pedagoglarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashning nazariy asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Sharof Rashidov asarlaridan bo‘lajak pedagoglarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda tizimli yondashuvni qo‘llash, o‘z-o‘zini obektiv baholash va mantiqiy fikrlash bosqichlarini ijtimoiy jarayonlarda qo‘llay olishning pedagogik xususiyatlarini tahlil qilishda axloqiy qadriyatlar (vatanparvarlik, insonparvarlik, adolat va halollik) va ularning ta’lim jarayoniga ta’siri (tarixiy va adabiy kontekst, personajlar va ularning xulq-atvori diagnostikasi, real vaziyatlarga refleksiyalash) shaxsga yo‘naltirilganlik, maqsadning aniqligi, o‘z-o‘zini anglash, hamkorlikdagi faoliyatga yo‘naltirishga oid tavsiyalardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997-raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uygunligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy lohiyada foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023-yil 14-avgustdagi №431-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash usullari va mexanizmlari integrativ, shaxsga yo‘naltirilgan, aksiologik yondashuvlari asosida nazariy-pedagogik asoslari aniqlashtirilgan;
Bo‘lajak pedagoglarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda Sharof Rashidov asarlarining pedagogik imkoniyatlarini aniqlashda pedagogik jarayonning ta’limiy-tarbiyaviy bosqichlari, tashkiliy-uslubiy asoslari va amaliyotdagi holati aniqlanib, shaxsiy va kasbiy sifatlar (kasbiy-intellektual, tashkiliy-kommunikativ, emotsional-irodaviy, ma’naviy-ma’rifiy) ni korreksiyalash asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan “Maktabgacha pedagogika” darsligida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-175-sonli ruxsatnomasi). Natijada, talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashdagi umuminsoniy axloq me’yorlari, didaktik imkoniyatlari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, munozaralar, disputlar, ko‘rik-tanlovlar, ijodiy kechalar kabi funksiyalari ta’lim amaliyotiga tatbiq etilib, talabalarning ma’naviy-axloqiy, shaxsiy va kasbiy sifatlarini oshirishga oid bilimlari rivojlantirilgan;
Sharof Rashidov asarlari asosida bo‘lajak pedagoglarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashning funksional modeli ta’lim-tarbiya strategiyalarini muntazam maqsadli qo‘llash, samaradorlik bloklari funksiyalarini o‘zaro muvofiqlashtirish va innovatsion ta’lim jarayonida qo‘llash asosida takomillashtirilgan hamda didiaktik imkoniyatlari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, munozaralar, disputlar, ko‘rik-tanlovlar, ijodiy kechalar kabi funksiyalarini kiritishga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-461-raqamli “Umumta’lim muassasalarida moliyaviy savodxonlik asoslari va qimmatli qog‘ozlar bozorini o‘rganish bo‘yicha multimedia texnologiyalariga asoslangan o‘quv kursi platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universiteti 2024-yil 1-dekabrdagi №04/11-12964-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning zamonaviy ta’lim sharoitida ma’naviy-axloqiy va kasbiy kompetentligini oshirish strategiyalari, kontekstual omillari, ta’lim uslublari va o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqaruvchi pedagogik mexanizmlari va innovatsion ta’lim jarayonida interfaol usullari takomillashtirilgan.
Sharof Rashidov asarlari asosida bo‘lajak pedagoglarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash mexanizmining zamonaviy ta’lim texnologiyalari, uning eksperimental darajasi, baholash mezonlari, strategiyalari, kontekstual omillari, ta’lim uslublari va o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqaruvchi pedagogik mexanizmlar va innovatsion ta’lim jarayonida interfaol usullarni nostandart vaziyatlarda qo‘llashga ilmiy-metodik tavsiyalardan va xulosalardan “Yoshlar yetakchisining kundaligi” teleko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Jizzax viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 10-avgustdagi 14-11/584–son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan va dolzarbligi ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etgan.