Jabborov Maqsud Mashrabovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tarbiyasi qiyin o‘quvchilar bilan ishlashning o‘ziga xos pedagogik jihatlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped4738
Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari doktori, professor Botirova Shaxlo Isamiddinovna.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Fil.91.02. raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik kengash
Rasmiy opponentlar: Nurmanov Abdunazar Tashbaevich pedagogika fanlari doktori, professor, Berdieva Gulobod Shonazarovna pedagogika fanlari bo‘uisha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Shaxrisabz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tarbiyasi qiyin o‘quvchilar bilan ishlashning o‘ziga xos pedagogik jihatlarini o‘rganish, ilmiy-nazariy va texnologik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tadqiqot mavzusiga doir “tarbiyasi qiyin”, “hulqi og‘ishgan” kabi tushunchalar mohiyati shaxsni ijtimoiy - axloqiy tarbiyalash talablari nuqtai nazaridan ochib berilib, tarbiyasi qiyin o‘quvchilar bilan ishlashda ma’naviy axloqiy fikrlashning rivojlanganligi bilish, mustaqil tarbiyaviy darajalarni faollashtirishni tizimlashtirish, tushuntirish, asoslash shartlari asosida shaxsni ijtimoiy axloqiy tarbiyalash talablari aniqlashtirilgan;
tarbiyasi qiyin o‘quvchilar bilan ishlashning o‘ziga xos pedagogik jihatlari o‘rganilib, tarbiyaviy ishlar mexanizmlari ijtimoiy-axloqiy tarbiyadagi yuqori samaradorlikka erishish jarayonida tarbiyalash va o‘zini o‘zi tarbiyalashning uzviy birikib ketishi bilan bog‘liqligi asosida takomillashtirilgan;
tarbiyasi qiyin o‘quvchilar bilan ishlash mexanizmlari tashkiliy-texnologik, natijaviy-refleksiv komponentlarini o‘zaro muvofiqlashtirish hamda pedagogik jarayonda ma’naviy immunitetini shakllantirish, dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarning interaktiv shakllarini qo‘llash, kommunikativ vaziyatlarni yaratish, ishonchga sazovvor bo‘lish, nostandart vaziyatlarda mustaqil qarorlar qabul qilish, ma’naviy-axloqiy darajasini oshirish dinamikasini qiyosiy taqqoslash asosida rivojlantirilgan;
o‘rganilgan manbalar, to‘plangan tajribalar va mavjud kamchiliklar tahlil qilinib, yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga kirishishning dastlabki bosqichida pedagogik tashxis qo‘yish tarbiya samaradorligini oshirish va bu jarayonga tizimli xususiyat baxsh etish asosida sotsiumning salbiy ta’sirini korreksiyalashga doir qisqa va o‘rta muddatli treninglarni taktik jihatdan loyihalash orqali takomillashtirilib, umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlarni olib borish jarayoni samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarbiyasi qiyin o‘quvchilar bilan ishlashning o‘ziga xos pedagogik jihatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ilmiy-pedagogik manbalarda keltirilgan “tarbiyasi qiyin”, “hulqi og‘ishgan” tushunchalari tahlil qilinib, tarbiyasi qiyin o‘quvchilar bilan ishlashda ma’naviy ahloqiy fikrlashining rivojlanganligining bilish, mustaqil, tarbiyaviy darajalarini faollashtirishni tizimlashtirish, tushuntirish, asoslash shartlari asosida shaxsni ijtimoiy axloqiy tarbiyalashga oid tavsiyalardan oliy ta’lim muassasalarida “Sinfdan tashqari ishlar metodikasi“ fanini o‘qitish metodikasi” nomli O‘quv qo‘llanma mazmun asosida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, 2023-yil 25-avgust 391-sonli buyrug‘i, 391191-raqamli ruxsatnomasi). Natijada, o‘rganilgan manbalar, to‘plangan tajribalar va mavjud kamchiliklarni tahlil qilinib, yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga kirishishning dastlabki bosqichida pedagogik tashxis qo‘yish tarbiya jarayoni takomillashtirilgan;
tarbiyasi qiyin o‘quvchilar bilan ishlashning o‘ziga xos pedagogik jihatlari, tarbiyaviy ishlar mexanizmlari o‘rganilib, ijtimoiy axloqiy tarbiyadagi yuqori samaradorlikga erishish jarayonida tarbiya va o‘zini o‘zi tarbiyalashning uzviy birikib ketishi bilan bog‘liqligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997-raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uygunligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy lohiyada foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023-yil 14-avgustdagi №430-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tarbiyasi qiyin o‘quvchilar bilan ishlash jarayoni ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonga tizimli xususiyat baxsh etish asosida sotsiumning salbiy ta’sirini korreksiyalashga doir qisqa va o‘rta muddatli treninglarni taktik jihatdan loyihalash asosida takomillashtirilgan;
tarbiyasi qiyin o‘quvchilar bilan ishlashning mexanizmlari, tashkiliy-texnologik, natijaviy-refleksiv komponentlari aniqlanib, pedagogik jarayon ma’naviy imunitetini shakllantirishga oid taklif va tavsiyalardan “Subhidam” teleko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Jizzax viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 10-avgustdagi 14-11/585–son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan va tarbiyasi qiyin o‘quvchilar bilan ishlashda dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etishning interaktiv shakllarini qo‘llash, kommunikativ vaziyatlarni yaratish, ishonchga sazovor bo‘lish, nostandart vaziyatlarda mustaqil qarorlar qabul qilish hamda ma’naviy-axloqiy darajasini oshirish dinamikasini qiyosiy taqqoslash asosida takomillashtirilgan.