Norqobilova Zarina Boyqobil qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Qashqadaryo viloyati  ninachilarining (Insecta: Odonata) tur tarkibi, tarqalishi va bioekologik xususiyatlari», 03.00.06 - Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/V1032.
Ilmiy rahbar: Raxmatullaev Alimardan Yusupovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xorazm Ma’mun akademiyasi, PhD.02/30.07.2022.V.149.01.
Rasmiy opponentlar: Juginisov Tangirbergen Isaevich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Gandjaeva Lola Atanazarovna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qashqadaryo viloyati ninachilar faunasining tur tarkibini aniqlash hamda asosiy turlarining bioekologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qashqadaryo viloyati odonatofaunasining zamonaviy holati tahlil qilinib, 2 ta kenja turkum, 6 ta oila va 9 ta kenja oila, 12 ta avlodga mansub 20 tur va 1 ta kenja tur aniqlangan;
O‘zbekiston faunasi uchun ilk bor Aeshna affinis Vander Linden, 1820 turi, hudud  faunasi uchun esa Cordulegaster insignis Schneider, 1845 va Sympetrum pedemontanum Müller in Allioni, 1766 ninachi turlari aniqlangan;
ilk bor Sympetrum avlodiga mansub S. striolatum va S. meridionale turlarining rDNK ni COI sohasi nukleotidlar ketma-ketligi ochib berilgan;
Qashqadaryo viloyati odonatofaunasi ninachilarining ekologik xususiyatlari ilk bor asoslangan hamda ninachi imagolarini yashash muhitiga ko‘ra 4 guruhga, vertikal mintaqalarda tarqalishiga ko‘ra 3 guruhga, antropogen ta’sirga ko‘ra 4 guruhga, mavsumiy faolligiga nisbatan 4 ta fenologik guruhlarga ajratilgan;
Qashqadaryo viloyati hududida tarqalgan noyob ninachi turlarini muhofaza etish yuzasidan ilmiy amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo viloyati ninachilari faunasi va morfobiologiyasi, ekologik xususiyatlarini tadqiq qilishdan olingan ilmiy natijalar asosida:
Qashqadaryo odonatofaunasi tarkibidagi 5 ta oilaga tegishli 12 turga mansub 32 nusxa hasharot namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan “Zoologiya kolleksiyasi” noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 08 apreldagi 01-09/142-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, namunalar entomologiya fondini boyitgan va ninachi turlari xilma-xilligini aniqlash va turlarni sistematik tahlil qilish imkonini bergan;
tadqiqot hududidagi morfologik belgilari bo‘yicha o‘zgaruvchan xususiyatga ega bo‘lgan Sympetrum striolatum va Sympetrum meridionale ninachi turlarining molekulyar-genetik tahlili asosida rDNK CO1 cohasi nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha ma’lumotlar Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) bazasiga joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) ning 2023 yil 21 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, Sympetrum striolatum turi uchun - OR835581; Sympetrum meridionale turi uchun - OR835578 identifikatsiya raqamlari olingan va ularni xalqaro miqyosda o‘rganish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish