Xolmurodova Saboxat Almaxmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Aminoguruh tutgan organik birikmalar bilan modifikatsiyalangan vermikulit asosida organo-noorganik sorbentlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosida materiallar texnologiyasi, 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosida materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4837.
Ilmiy rahbarlar: Turaev Xayit Xudaynazarovich, kimyo fanlari doktori,professor; Aliqulov Rustam Valievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Turaev Zokirjon, texnika fanlari doktori; Shukurov Dilmurod Xursanovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent..
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tarkibida aminoguruh tutgan organik moddalar bilan modifikatsiyalangan vermikulit asosidagi organo-noorganik sorbentlar olish texnologiyasini ishlab chiqish va qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vermikulitni termik va mikroto‘lqinli kengaytirishning maqbul sharoitlari aniqlangan, vermikulitni mikroto‘lqinli kengaytirishda uning tarkibidan suvning yo‘qotilgan miqdori suv va vodorod peroksid eritmalari bilan ishlov berishga bog‘liq ekanligi quyidagi tartibda oshib borishi isbotlangan: tabiiy holatda < suv < 10% li H2O2 < 20% li H2O2 ≤ 25% li H2O2;
kengaytirilgan vermikulit kuchli kislotalarda faollantirilganida sirt yuzasining kengayishi kislota konsentratsiyasiga bog‘liq holda ortib borishi fizik-kimyoviy usullar bilan aniqlangan;
vermikulit, gidrolizlangan poliakrilonitril va aminoguruh tutgan moddalar asosida sorbentlar olishning maqbul sharoitlari aniqlangan va yangi VM/GP/TEA; VM/GP/MEA; VM/GP/DEA; VM/GP/U; VM/GP/M polifunksional sorbentlar olingan;
tarkibida aminoguruh tutgan organik moddalar va vermikulit asosida olingan yangi polifunksioanl sorbentlarning Cu(II), Zn(II), Cd(II) va Ag(I) ionlariga nisbatan statik va dinamik almashinish sig‘imlari aniqlangan hamda sorbentlarning metallarga tanlab ta’sir etuvchanlik qatori tuzilgan;
olingan sorbentlardan sanoat oqova suvlari tarkibidan Cu(II) ionlarini samarali sorbsion ajratish uchun VM/GP/DEA sorbentini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gidrolizlangan poliakrilonitril bilan modifikatsiyalangan vermikulit va turli amin guruh tutgan moddalar yordamida polifunksional sorbentlar olish va uning fizik-kimyoviy, sorbsion xossalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
faollantirilgan vermikulitni aminoguruh tutgan organik moddalar bilan modifikatsiyalab olingan yangi sorbentlar “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJ amaliyotiga joriy qilingan (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJning 2024 yil 4 sentyabrdagi 840/G‘K-09-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarishdagi chiqindi suvlar tarkibidan og‘ir metallarni ajratib olish imkonini bergan;
olingan yuqori sorbsiya quvvatiga ega sorbentlar “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJ da ishlab chiqarishga joriy qilingan (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJning 2024 yil 4 sentyabrdagi 840/G‘K-09-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, laboratoriya-sinov natijalari asosida ishlab chiqarishdagi chiqindi suvlar tarkibidan og‘ir metallarni ajratib olish imkonini bergan.