Mo‘minova Shahnoza Normahamadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ko‘p asosli karbon kislotalar asosida karboksilli kationitlar olish va ularning tadqiqoti», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosida materiallar texnologiyasi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/K810.
Ilmiy rahbar: Muqumova Gulvar Jumaevna, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Aliqulov Rustam Valievich, kimyo fanlari doktori, professor; Shukurov Dilmurod Xursanovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘p asosli karbon kislotalar asosida karboksilli kationitlar olish va ularni ba’zi d-metallar ionlari sorbsiyasida qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
melamin-formalin, karbamid-formalin, tiokarbamid-formalin matrisalarga –limon va vino kislotalarni modifikatsiyalash asosida tarkibida azot, oltingugurt shuningdek, kislorod bo‘lgan kompleks hosil qiluvchi yangi 6 ta polifunksional  kationitlar olingan;
olingan polimer kationitlar monomer zvenosining elektron tuzilishi kvant-kimyoviy usullarda hisoblangan, ularning geometrik, energetik parametrlari, hamda atomlarda zaryad taqsimoti asosida koordinatsion bog‘ning eng katta lokallanish markazlari aniqlangan;
sintez qilingan polimer kationitlarning tarkibi va tuzilishi zamonaviy fizik-kimyoviy usullari yordamida aniqlangan;
sintez qilingan polimer kationitlarning Cu(II), Zn(II) va Ni(II) ionlariga nisbatan statik almashinish sig‘imlari aniqlangan hamda ushbu metallarning olingan kationitlarda sorbsiyalanish qatori tuzilgan;
Cu(II), Zn(II) va Ni(II) ionlarining polimer kationitlar bilan hosil qilgan kompleks birikmalari barqarorligining mineral kislotalarning yuqori konsentratsiyali eritmalarida (1-3 M) kamayishi va desorbsiya jarayoni uchun maqbul sharoitlar aniqlangan;
tarkibida azot, oltingugurt va kislorod bo‘lgan kompleks hosil qiluvchi yangi polifunksional kationitlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarkibida azot,oltingugurt va kislorod bo‘lgan kompleks hosil qiluvchi polifunksional kationitlarni olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
limon va qahrabo kislotani karbamid-formaldegid, tiokarbamid-formaldegid, melamin-formaldegid asosida olingan kompleks hosil qiluvchi polimer kationitlar «Petromaruz-Uzbekistan» xorijiy korxonasida oqava suvlarni sorbsion tozalashda qo‘llanilgan («Petromaruz-Uzbekistan» xorijiy korxonasining 2024 yil 25 apreldagi EKO-1-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqova suvlarni tozalashda import o‘rnini bosuvchi, yuqori samarali, mahalliy xomashyolar asosida olingan kationitlardan foydalanish imkonini bergan;
sintez qilingan kompleks hosil qiluvchi polimer kationitlar «Petromaruz-Uzbekistan» xorijiy korxonasida oqova suvlardan Cu(II), Zn(II) va Ni(II) metall ionlarini sorbsion ajratishda qo‘llanilgan («Petromaruz-Uzbekistan» xorijiy korxonasining 2024 yil 25 apreldagi EKO-1-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘p komponentli eritmalardan ayrim 3d-metall ionlarini ajratish imkonini bergan;
ko‘p asosli karbon kislotalar asosidagi polimer kationitlar sanoat oqova suvlarini og‘ir metallar ionlaridan tozalashda «Petromaruz-Uzbekistan» xorijiy korxonasida amaliyotga joriy etilgan («Petromaruz-Uzbekistan» xorijiy korxonasining 2024 yil 25 apreldagi EKO-1-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqova suvlarni og‘ir metallar ionlaridan ruxsat etilgan konsentratsiyasining o‘ndan bir ulushigacha samarali tozalash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish