Urishev Boboraimning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qayta tiklanuvchi manbalar energiyasidan foydalanish va gidravlik akkumulyasiyalash samaradorligini oshirish», 05.05.06–Qayta tiklanadigan  energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/T228.

Ilmiy maslahatchi: Muxammadiev Muradulla, texnika  fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Fizika-texnika instituti DSc.30.05.2018.FM/T.34.01.

Rasmiy opponentlar: Elistratov Viktor Vasil`evich, texnika fanlari doktori, professor; Klichev Shavkat Isakovich, texnika fanlari doktori; Glovatskiy Oleg Yakovlevich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: «O‘zbekenergo» ilmiy-texnik markazi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Gidroakkumulyasiya elektr stansiyalari samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan energetik qurilmalarning ish rejimlarini optimallashtirish va foydalanish bo‘yicha yangi texnologik hamda texnik echimlarni ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

past naporli gidroakkumulyasiya elektr stansiyalariga  xos bo‘lgan  napor o‘zgaruvchanligini energetik ko‘rsatkichlarni aniqlashda hisobga olish tartibi bilan farq qiladigan gidroakkumulyasiya elektr stansiyalarining parametrlarini hisoblash va asoslash uslubi takomillashtirilgan;

qayta tiklanadigan energiya resurslaridan oqilona ehtiyojga ko‘ra  foydalanishni ta’minlaydigan gidroenergetik,  shamol energetik va  fotoelektrik qurilmalardan maqsadli foydalanish asosida elektr energiyasini ishlab chiqarish texnologik jarayonini boshqarishning  yangi tizimi  ishlab chiqilgan;

gidroakkumulyasiya elektr stansiyasining yangi konstruksiyasi ishlab chiqilgan va mazkur konstruksiyaning tajribaviy tadqiqotlari asosida gidroakkumulyasiya elektr stansiyasi nasos ish rejimida elektr energiyasi sarfini kamaytirish imkoniyati asoslangan;

ilk bor gidroakkumulyasiya elektr stansiyasining nasos rejimida qo‘llaniladigan gidravlik taran qurilmasining napor va suv sarfi  ko‘rsatkichlarini ifoda etadigan empirik tenglama aniqlangan; 

issiqlik elektr stansiyalari va gidroakkumulyasiya elektr stansiyalari orasidagi energiya yuklamalarining eng maqbul taqsimotini, quyi havzadan yuqori havzaga suv etkazib beruvchi nasos qurilmasining suv berish unumdorligi va quvvatini taqsimlashni, uning napor va suv sarfi parametrlarini optimallashtirishning yangi usullari ishlab chiqilgan;

kichik quvvatli  gidroenergetik qurilmalarda suv oqimining gidravlik energiyasidan samarali foydalanish imkonini beradigan yangi texnik echimlar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qayta tiklanuvchi manbalar energiyasidan foydalanish va gidravlik akkumulyasiyalash samaradorligini oshirish asosida:

kichik quvvatli energetik qurilmalarni samarali boshqarish bo‘yicha «Kichik quvvatli energetik qurilmalarni boshqarish tuzilmasi»ga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti (№IAP 04454, 2011 y.) olingan. Natijada shamol, quyosh va gidroenergetik qurilmalardan iborat majmuani energiya iste’moliga mos ravishda avtomatik boshqarish hisobiga elektr energiyasini 6–7 % gacha tejash imkonini bergan;

gidroakkumulyasiya elektr stansiyasida energiya iste’molini kamaytirish bo‘yicha «Gidroakkumulyasiya elektr stansiyasi»ga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining  foydali modelga  patenti (№FAP 01018, 2015 y.) olingan. Natijada gidroakkumulyasiya elektr stansiyasining yangi konstruksiyasi nasos ish rejimidagi iste’mol elektr energiyasi miqdorini 15–30 % gacha kamaytirish imkonini bergan;

gidroelektrostansiyalar qurilish xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha «Erkin oqimli mikrogidroelektrostansiya»ga O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining ixtiroga (№IAP 03639, 2008 y) patenti hamda   «Gidroelektrostansiyali suv chiqarish inshooti»ga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga (№IAP 05378, 2017 y.) patenti olingan. Natijada mazkur konstruksiyalarning qo‘llanishi gidroelektr stansiyasi qurilishiga sarf bo‘ladigan kapital xarajatlarni 20–30%ga kamaytirish imkonini bergan;

gidroakkumulyasiya elektr stansiyalarning parametrlarini aniqlash va texnik  asoslash uslubi  «Gidroloyiha» aksiyadorlik jamiyati tomonidan eletrostansiyalarni loyihalash jarayoniga joriy etilgan («Gidroloyiha» aksiyadorlik jamiyatining 2018 yil 27 sentyabrdagi 01-08/1106-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanishi gidroakkumulyasiya elektr stansiyalarining optimal parametrlarini tanlash va ularning qurilishiga sarf bo‘ladigan eng kam xarajatlarni aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish