O‘lmasov Firdavs G‘ayratovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qorin parda orti noorgan o‘smalari hamda ularning residivlarini tashhislash va davolash samaradorligini oshirishning klinik-tashkiliy jihatlari», 14.00.27 – «Xirurgiya», 14.00.33 – «Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Tib928.
Ilmiy maslahatchilar: Jo‘raev Mirjalol Dexkanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Ro‘ziboev Sanjar Abdusalomovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. Yarmuxamedova Nargiza Anvarovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. Junichi Sakamoto, tibbiyot fanlari doktori, professor (Yaponiya).
Yetakchi tashkilot: Sog‘liq bilimlari universiteti (Turkiya Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
qorin parda orti noorgan o‘smalar, ularning qaytalanishi diagnostikasi va davolashni takomillashtirishga karatilgan chora-tadbirlar ishlab chikish va samaradorligini baxolashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor qaytalanuvchi qorin parda orti noorgan o‘smalarida qayta jarroxlik amaliyotini utkazishning samaradorligi taxlili asosida sitoreduktiv jarroxlik amaliyotini kullash natijasida bemorlarning urtacha yashovchanlik yoshi uzaytirilganligi isbotlangan;
ilk borqorin parda orti noorgan o‘smalari bilan og‘rigan bemorlarni davolash samaradorligini oshirish va qaytalanishlarini profilaktika qilish uchun kimyoterapiya va nur terapiyasi bilan birgalikda minimal invaziv jarrohlik usullari hamda fotodinamik terapiya usullarini o‘z ichiga olgan maxaliy endovaskulyar o‘smani qon bilan taminlovchi qon tomirni blokada qilish asoslangan;
qorin parda orti noorgan o‘smalari bilan og‘rigan bemorlarda o‘smaning sitometrik, klinik xususiyatlarini hamda gistologik tekshiruv asosida qaysi xujayradan kelib chiqganini inobatga olgan holda qaytalanish saloxiyati asoslangan;
qorin parda orti noorgan o‘smalari rivojlanishi xavfi bulgan bemorlarga tibbiy-skrining tartibini amalga oshirish orkali kasallikni erta tashxislashga erishish isbotlangan;
birlamchi rezeksiya qilinmaydigan yuqori darajadagi o‘smalar uchun klassik fraksiyalash rejimida 40-46 Gr SOD bilan operatsiyadan oldingi nur terapiyasini o‘tkazish asosida davolash protokollari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qorin parda orti noorgan o‘smalari hamda ularning residivlarini tashhislash va davolash samaradorligini oshirishning klinik-tashkiliy jihatlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 22.10.2024 y. 07/48-son xulosasi):
Birinchi ilmiy yangilik: ilk bor qaytalanuvchi qorin parda orti noorgan o‘smalarida qayta jarroxlik amaliyotini utkazishning samaradorligi taxlili asosida sitoreduktiv jarroxlik amaliyotini kullash natijasida bemorlarning urtacha yashovchanlik yoshi uzaytirilganligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax filiali 15.10.2024 y. 73/2024-son buyrug‘i, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdare filiali 15.10.2024 y. 77-T/2024-son buyrug‘i, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali 02.10.2024 y. 84-T/2024-son buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali 14.10.2024 y. 120/2024-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: asoslangan tashkiliy mezonlar qorin parda orti noorgan o‘smalari bilan kasallangan bemorlarni dispanser monitoringi bosqichlarida tibbiy faoliyat samaradorligini oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qorin parda orti noorgan o‘smalari tashxisi qo‘yilgan bemorlarning klinik monitoringi bilan bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 1 nafar bemor uchun 2730000 so‘m, budjetdan tashqari 1570000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imqonini bergan. Amaliy tibbiyot uchun miniinvaziv texnologiyalardan foydalanish bemorlarning statsionarda qolish muddatining qisqarishi, dori-darmon sarfi kamayishi hisobiga 1 bemor hisobida 1790000 sum tejalishiga olib kelgan. Bu mablag‘ning tejalishi statsionarda davolanish muddatini kamaytirdi, shu asosda tibbiy xizmatga sarflanadigan mablag‘ni tejalishi bilan asoslangan. Xulosa: har beshinchi (61 - 22,1%) bemorda kuzatuvning birinchi yilida o‘smaning qaytalanishi 48 bemorda (17,4%), 40 bemorda (14,5%) o‘smaning qaytalanishi qayd etilgan. Bemorlarning atigi 35,1 foizi 5 yilgacha qaytalanishsiz omon qolgan. 5 yilgacha tirik qolgan 97 bemordan 20 oy ichida birlamchi ta’sir qilish sohasida keyingi shakllanish paydo bo‘ldi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk borqorin parda orti noorgan o‘smalari bilan og‘rigan bemorlarni davolash samaradorligini oshirish va qaytalanishlarini profilaktika qilish uchunkimyoterapiya va nur terapiyasi bilan birgalikda minimal invaziv jarrohlik usullari hamda fotodinamik terapiya usullarini o‘z ichiga olgan maxaliy endovaskulyar o‘smani qon bilan taminlovchi qon tomirni blokada qilish asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax filiali 15.10.2024 y. 73/2024-son buyrug‘i, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdare filiali 15.10.2024 y. 77-T/2024-son buyrug‘i, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali 02.10.2024 y. 84-T/2024-son buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali 14.10.2024 y. 120/2024-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qorin parda orti noorgan o‘smalari bilan og‘rigan bemorlarni boshqarish amaliyotini retrospektiv baholash bizga dastlabki tashxis qo‘yilgan qorin parda orti noorgan o‘smalari va qaytalanishlarni dispanser monitoringi bosqichlarida ularni davolashda qo‘llaniladigan strategiya va taktikalarning o‘rni va rolini baholash imqonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: miniinvaziv texnologiyalardan foydalanish bemorlarning statsionarda qolish muddatining qisqarishi, dori-darmon sarfi kamayishi hisobiga 1 bemor hisobida 1790000 sum tejalishiga olib keldi. Bu mablag‘ning tejalishi statsionarda davolanish muddatini kamaytirdi, shu asosda tibbiy xizmatga sarflanadigan mablag‘ni tejalishi bilan asoslangan. Xulosa: Bemorlarning klinik kuzatuv ostida bo‘lishiga qaramay, takroriy qorin parda orti noorgan o‘smalarining erta tashxisi bemorlarning atigi 9,8% ni tashkil qiladi. qorin parda orti noorgan o‘smalari bilan og‘rigan bemorlar uchun biz ishlab chiqqan kuzatuv usuli (1-ilova) o‘smaning sitometrik va klinik xususiyatlarini hisobga olgan holda optimal hisoblanadi va o‘sma jarayonining qaytalanishini erta tashxislashni yaxshilaydi va shu bilan o‘sma jarayonining natijasiga ta’sir qiladi. 58,4% hollarda qorin parda orti noorgan o‘smalari tasodifan tashxis qo‘yilgan, bu retroperitoneal bo‘shliqqa, ayniqsa kasallikni ultratovush tekshiruvi vaqtida diqqat bilan profilaktika tekshiruvlarini o‘tkazishni muhim qiladi. Shuningdek, kadrlarni tasvirlash usullari bo‘yicha o‘qitish va qayta tayyorlash jarayonida retroperitoneal shakllanishlarni tashxislashga bag‘ishlangan alohida kursni o‘tkazish kerak.
uchinchi ilmiy yangilik: qorin parda orti noorgan o‘smalari bilan og‘rigan bemorlarda o‘smaning sitometrik, klinik xususiyatlarini hamda gistologik tekshiruv asosida qaysi xujayradan kelib chiqganini inobatga olgan holda qaytalanish saloxiyati asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax filiali 15.10.2024 y. 73/2024-son buyrug‘i, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdare filiali 15.10.2024 y. 77-T/2024-son buyrug‘i, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali 02.10.2024 y. 84-T/2024-son buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali 14.10.2024 y. 120/2024-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kimyoterapiya va nur terapiyasi bilan birgalikda minimal invaziv jarrohlik usullari bemorlarning davolash samarorligini oshirish imqonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kaminvaziv aralashuvlarni ustuvor qo‘llash bilan instrumental va laboratoriya imqoniyatlaridan odatda umumiy o‘rtacha 1180400 so‘m sarflanadi. Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan minimal invaziv jarrohlikni hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 5311800 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Operatsiyadan keyingi erta asoratlar qorin parda orti noorgan o‘smalarini davolashda tajribasi bo‘lmagan shifokorlar orasida ikki baravar ko‘p uchraydi va 3,1% ga nisbatan 7,7% ni tashkil qiladi, operatsiyadan keyingi kech asoratlar 3 baravar ko‘p, 11,5% ga nisbatan 4%, 36,5% hollarda tegishli tajribaga ega bo‘lmagan mutaxassislar operatsiyadan keyingi davr, qoldiq o‘sma qoldi. Shu munosabat bilan qorin bo‘shlig‘i onkologik jarrohligi bo‘yicha ixtisoslashgan shifokorlar va tibbiy tasvirlash bo‘yicha mutaxassislar, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim kurslarida retroperitoneal o‘smalarni tashxislash va davolash bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash dasturini tayyorlash zarur. Shuningdek, qorin parda orti noorgan o‘smalari bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash va davolash natijalarini yaxshilash uchun xodimlar tarkibiga "Retropareotolog" tor mutaxassisligini qo‘shish kerak.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qorin parda orti noorgan o‘smalaririvojlanishi xavfi bulgan bemorlarga tibbiy-skrining tartibini amalga oshirish orkali kasallikni erta tashxislashga erishish isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax filiali 15.10.2024 y. 73/2024-son buyrug‘i, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdare filiali 15.10.2024 y. 77-T/2024-son buyrug‘i, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali 02.10.2024 y. 84-T/2024-son buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali 14.10.2024 y. 120/2024-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qorin parda orti noorgan o‘smalari bilan og‘rigan bemorlarni boshqarish amaliyotini retrospektiv baholash bizga dastlabki tashxis qo‘yilgan qorin parda orti noorgan o‘smalari va qaytalanishlarni dispanser monitoringi bosqichlarida ularni davolashda qo‘llaniladigan strategiya va taktikalarning o‘rni va rolini baholash imqonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kaminvaziv aralashuvlarni ustuvor qo‘llash bilan instrumental va laboratoriya imqoniyatlaridan odatda umumiy o‘rtacha 2480400 so‘m sarflanadi. Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan minimal invaziv jarrohlikni hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 7186400 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Takroriy qorin parda orti noorgan o‘smalarini davolashning to‘liq kursini tugatgandan so‘ng, bemorlarning har uchdan birida (36,9%) vaziyat deyarli sog‘lom deb baholandi. Bemorlarning qariyb yarmi (45,7%) davriy tibbiy kuzatuv, simptomatik terapiya yoki parvarishlovchiga muhtoj edi. Bemorlarning 14,9 foizi amalda ishga yaroqsiz edi. Bemorlarning 2,5 foizi hayotning oxirgi bosqichida. qorin parda orti noorgan o‘smalari qaytalanishlarini davolash, bemorlarning 33,3 foizida samaradorlik tiklandi, turli darajadagi nogironlik 63,1 foizni tashkil etdi.
beshinchi ilmiy yangilik: birlamchi rezeksiya qilinmaydigan yuqori darajadagi o‘smalar uchun klassik fraksiyalash rejimida 40-46 Gr SOD bilan operatsiyadan oldingi nur terapiyasini o‘tkazish asosidadavolash protokollari takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax filiali 15.10.2024 y. 73/2024-son buyrug‘i, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdare filiali 15.10.2024 y. 77-T/2024-son buyrug‘i, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali 02.10.2024 y. 84-T/2024-son buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali 14.10.2024 y. 120/2024-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: diagnostika usullarini takomillashtirish, jarrohlik davolash, qaytalanishlarni boshqarish va davolash standartlarini yaratishda namoyon bo‘ladi, bu esa bemorlarning xayot sifati va umr ko‘rish davomiyligini oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 4893350 so‘m sarflanadi. Bu summaning ichida operativ davo va 2 kun reanimatsiya va 5-7 kun intensiv terapiya bo‘limidagi o‘rin-kunlar 1829900 (431300 + 1398600) so‘mni tashkil qiladi. Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan kompleks davo natijasida laparoskopik jarrohlik amaliyotini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 3659800 so‘mni (2 ta bemorga) tashkil etadi. Xulosa: Bir yoki bir nechta a’zo va to‘qimalarning qo‘shimcha rezeksiyasi bilan multivisseral aralashuvlardan kengroq foydalanish zarur, bu esa 44 (61,1%) kombinatsiyalangan rezeksiya qilingan 33 (45,8%) bemorda amalga oshirilgan, bu bajarilgan operatsiyalarda qo‘shimcha radikalizmni ta’minlaydi.