Axmedova Gulchexra Abdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 dan keyin kelib chiqqan miokardit va mioperikardit rivojlanishida polimorf genlar matriks metaloprotienaza va uning to‘qima ingibitorlarining roli» 14.00.05 - Ichki kasalliklar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1501.
Ilmiy rahbar: Ziyadullaev Shuxrat Xudoyberdievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiet universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, PhD 04/30.09.2020.Tib.123.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Nilufar Sharipovna, tibbiyot fanlari       doktori, dotsent; Miraxmedova Xilola Tuxtasinovna, tibbiyot  fanlari  doktori,  dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: SARS-CoV-2 keltirib chiqaradigan miokardit va mioperikardit rivojlanishida MMP-9 polimorf genlari va TIMP-1 metalloproteinazalarining to‘qima ingibitori rolini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor diagnostika va monitoring ko‘rsatkichlarning muhimligini tasdiqlovchi hamda zamonaviy tadqiqotlarga mos keladigan laborator markerlarining diagnostik xususiyatlarini (troponin, C-reaktiv oqsil, D-dimer, kreatinkinaza-MB, mioglobin darajasining oshishi), instrumental tadqiqot ma’lumotlarini (EKG va exokardiografiya natijalari: miokardit va mioperikardit bilan og‘rigan bemorlarda chap qorincha hajmining oshishi va qiskaruvchanlikning buzilishi) COVID-19 kasalligi bilan bog‘liqligi aniqlangan.
O‘zbekistonda ilk bor COVID-19 bilan bog‘liq miokardit va mioperikardit bilan og‘rigan bemorlarda gipertoniya, II-tip qandli diabet, semizlik va O‘SOK kabi xamrox kasalliklarning chastotasi baholangan va olingan ma’lumotlar ushbu kasalliklarga chalingan bemorlarda COVID-19 bilan miokardit va mioperikardit rivojlanish xavfi yuqoriligi kasalliklarni erta tashxislash va davolash muhimligi isbotlangan.
ilk bor MMP-9 va TIMP-1 genlarining polimorf variantining allellari va genotiplarining tarqalishi bo‘yicha tahlil o‘tkazilib, ularda COVID-19 sabab bo‘lgan miokardit va mioperikardit MMP-9 genining 8202 A>G (rs11697325) A alleli va AA - gomozigot genotipi miokard yallig‘lanishining yuqori darajalari va yurak funksiyasi buzilishlar bilan bog‘liq miokardit xavfining oshishiga olib kelishi kuzatilgan va  tadqiqotlar natijasida TIMP-1 genining 536 C>T (rs11551797) polimorfizmi COVID-19 sabab bo‘lgan miokardit rivojlanishi uchun muhim xavf omili emasligi aniklangan.
COVID-19da miokardit va mioperikardit rivojlanishi bilan bog‘liq genetik markerlar aniqlangan, MMP-9 genining 8202 A>G (rs11697325) polimorfizmi ushbu kasalliklarning rivojlanish xavfini bashorat qilishi va ularning himoya qiymatini tasdiqlashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarkand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashining 2024 yil 29 maydagi 10-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: Ilk bor diagnostika va monitoring ko‘rsatkichlarning muhimligini tasdiqlovchi hamda zamonaviy tadqiqotlarga mos keladigan laborator markerlarining diagnostik xususiyatlarini (troponin, C-reaktiv oqsil, D-dimer, kreatinkinaza-MB, mioglobin darajasining oshishi), instrumental tadqiqot ma’lumotlarini (EKG va exokardiografiya natijalari: miokardit va mioperikardit bilan og‘rigan bemorlarda chap qorincha hajmining oshishi va qiskaruvchanlikning buzilishi) COVID-19 kasalligi bilan bog‘liqligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi kardiologiya bo‘limi 2024 yil 30 iyuldagi №123-K-sonli buyruq, Samarqand viloyati Urgut tuman tibbiyot birlashmasi 2024 yil 15 iyundagi 1685-7-105-TB-2024-son buyruq  va Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Karshi filiali 2024 yil 10 iyuldagi №439-K-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy qilingan.  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Olingan ma’lumotlar COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda miokardit va mioperikarditni diagnostikalash va davolashning samaraliroq strategiyalarini ishlab chiqish va joriy qilish imkonini berib, tibbiy yordam sifatini oshirish va COVID-19 hamda uning kardial asoratlarini erta oldini olishi bilan izoxlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ushbu usulni amaliyotga joriy etish natijasida og‘ir asoratlar sonini sezilarli darajada kamaytirishga va bemorlarning statsionarda bo‘lish davomiyligini o‘rtacha 2 kunga qisqartirishga imkon berilgan va davlat byudjetidan 260 000 so‘m (Samarqandning ko‘p tarmoqli klinikasi kardiologiya bo‘limidagi bir koyka-kun qiymati 130 000 so‘mni tashkil etadi) mablag‘larni tejashga erishilgan. Xulosa: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda miokardit va mioperikarditni diagnostikalash va davolashning samaraliroq strategiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish bemorlarnining statsionarda bo‘lish davomiyligini o‘rtacha 2 kunga, bir koyka-kun qiymati 130 000 so‘mni ya’ni, davlat byudjetidan 260 000 so‘m xarajatlar tejalishiga erishilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: O‘zbekistonda ilk bor COVID-19 bilan bog‘liq miokardit va mioperikardit bilan og‘rigan bemorlarda gipertoniya, II-tip qandli diabet, semizlik va O‘SOK kabi xamrox kasalliklarning chastotasi baholangan va olingan ma’lumotlar ushbu kasalliklarga chalingan bemorlarda COVID-19 bilan miokardit va mioperikardit rivojlanish xavfi yuqoriligi kasalliklarni erta tashxislash va davolash muhimligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi kardiologiya bo‘limi 2024 yil 30 iyuldagi №123-K-sonli buyruq, Samarqand viloyati Urgut tuman tibbiyot birlashmasi 2024 yil 15 iyundagi 1685-7-105-TB-2024-son buyruq  va Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Karshi filiali 2024 yil 10 iyuldagi №439-K-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 bilan kasallangan bemorlar kon tarkibida natriy, kaliy, kal`siy darajalari va troponin hamda D-dimer kabi kardiomarkerlar darajalarini kasallik og‘irligining markerlari va noxush oqibatlarning prediktorlari sifatida qo‘llash monitoring va davolashni yaxshilashga, shuningdek, terapiya samaradorligini oshirishga va bemorlar uchun prognozlarni yaxshilashga yordam berdi. Bu natijalar esa erta tashxislashni takomillashtirish, profilaktik chora-tadbirlarni optimallashtirish, bemorlarda hayot sifatini yaxshilash, asoratlarni kamaytirish va tibbiy yordam sifatini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Iqtisodiy samaradorlik: COVID-19 bilan bog‘liq miokarditga chalingan bemorlarda  muntazam zarur bo‘ladigan umumiy va biokimyoviy qon taxlillari (35400 so‘m va 115000 so‘m) va instrumental  tekshirishlar (EKG 51 900 so‘m va ExoKG 60 900 so‘m) tekshiruvlarga talab kamaygan va umumiy 263 200 so‘m mablag‘ iqtisod qilingan. Xulosa: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda miokardit va mioperikarditga chalingan bemorlarda  muntazam zarur bo‘ladigan umumiy va biokimyoviy qon taxlillari (35400 so‘m va 115000 so‘m) va instrumental  tekshirishlar (EKG 51 900 so‘m va ExoKG 60 900 so‘m) tekshiruvlarga talab kamaygan va umumiy 263 200 so‘m, umumiy 526 400 so‘m davlat byudjetidan xarajatlar tejalishiga erishilgan.
 uchinchi ilmiy yangilik: Ilk bor MMP-9 va TIMP-1 genlarining polimorf variantining allellari va genotiplarining tarqalishi bo‘yicha tahlil o‘tkazilib, ularda COVID-19 sabab bo‘lgan miokardit va mioperikardit MMP-9 genining 8202 A>G (rs11697325) A alleli va AA - gomozigot genotipi miokard yallig‘lanishining yuqori darajalari va yurak funksiyasi buzilishlar bilan bog‘liq miokardit xavfining oshishiga olib kelishi kuzatilgan va  tadqiqotlar natijasida TIMP-1 genining 536 C>T (rs11551797) polimorfizmi COVID-19 sabab bo‘lgan miokardit rivojlanishi uchun muhim xavf omili emasligi aniklangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi kardiologiya bo‘limi 2024 yil 30 iyuldagi №123-K-sonli buyruq, Samarqand viloyati Urgut tuman tibbiyot birlashmasi 2024 yil 15 iyundagi 1685-7-105-TB-2024-son buyruq  va Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Karshi filiali 2024 yil 10 iyuldagi №439-K-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: MMP-9 geni polimorfizmlarini genetik testlashni joriy qilish kardial asoratlar rivojlanishining yuqori xavfi bo‘lgan bemorlarni erta aniqlashga yordam berishi mumkin, bu esa ushbu xavfni kamaytirish uchun kardial asoratlar rivojlanishini bashoratlash sifatini yaxshilashga xamda nogironlik darajasini pasaytirishga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Genetik va laboratoriya markerlarning erta diagnostikasi va monitoringi tufayli asoratlar soni va intensiv terapiyaga bo‘lgan ehtiyoj sezilarli darajada kamaygan, natijada reanimatsiya bo‘limlarida davolash xarajatlarini qisqartirish hisobiga har bir bemor uchun 180 000 so‘m iqtisod qilishga erishilgan.
 to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19da miokardit va mioperikardit rivojlanishi bilan bog‘liq genetik markerlar aniqlangan, MMP-9 genining 8202 A>G (rs11697325) polimorfizmi ushbu kasalliklarning rivojlanish xavfini bashorat qilishi va ularning himoya qiymatini tasdiqlashi isbotlangan. Ilmiy yangilikning mohiyati: Klinik amaliyotga COVID-19 tufayli rivojlangan miokardit va mioperikarditni diagnostikalash va davolashning yangi yondashuvlari joriy qilindi, bu yondashuvlar klinik-demografik ma’lumotlar, laboratoriya ko‘rsatkichlari va genetik markerlarning kompleks tahlili asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, bu klinik natijalarni yaxshilashga va bemorlar o‘rtasida o‘lim darajasini kamaytirishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Klinik amaliyotga COVID-19 tufayli rivojlangan miokardit va mioperikarditni diagnostikalash va davolashning yangi yondashuvlari joriy qilindi, bu yondashuvlar klinik-demografik ma’lumotlar, laboratoriya ko‘rsatkichlari va genetik markerlarning kompleks tahlili asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, bu klinik natijalarni yaxshilashga va bemorlar o‘rtasida o‘lim darajasini kamaytirishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi kardiologiya bo‘limi 2024 yil 30 iyuldagi №123-K-sonli buyruq, Samarqand viloyati Urgut tuman tibbiyot birlashmasi 2024 yil 15 iyundagi 1685-7-105-TB-2024-son buyruq  va Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Karshi filiali 2024 yil 10 iyuldagi №439-K-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: MMP-9 geni -8202 A>G (rs11697325) kabi genetik polimorfizmlarning COVID-19 bo‘lgan bemorlarda kardial asoratlarning rivojlanishiga ta’siri tahlil natijasiga ko‘ra COVID-19 tufayli rivojlangan miokardit va mioperikardit patogenezini chuqurroq tushunish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: terapevtik rejimlarni optimallashtirish orqali COVID-19 bilan bog‘liq miokarditga chalingan bemorlarni davolash xarajatlari kamaygan, samarasiz terapevtik vositalar buyurilishi sonini va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarini kamaytirgan. Buning natijasida statsionarda davolanish muddati o‘rtacha 2 kunga qisqarganligi xisobiga 518 000 so‘m (Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Karshi filialida 1 kunlik koyka puli 259 000 so‘m) va shifoxonada o‘rtacha 2 kunlik dori vositalari uchun 520 300 so‘m  mablag‘ iqtisod qilishiga erishilgan  Xulosa: Genetik va laboratoriya markerlarning erta diagnostikasi va monitoringi tufayli asoratlar soni va intensiv terapiyaga bo‘lgan ehtiyoj sezilarli darajada kamaydi, bu esa reanimatsiya bo‘limlarida davolash xarajatlarini qisqartirish hisobiga har bir bemor uchun 520 300 so‘m xarajatlar tejalishiga erishilgan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: Axmedova Gulchexra Abdullaevnaning «COVID-19 dan keyin kelib chiqqan miokardit va mioperikardit rivojlanishida polimorf genlar matriks metaloprotienaza va uning to‘qima ingibitorlarining roli» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand Davlat tibbiyot universitetining 2024 yil 02 iyuldagi 6882-sonli xati yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish