Tulishova Gulzina Ravshanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):    “Tanqid va adabiyotshunosligimiz rivojida Ozod Sharafiddinov ijodining o‘rni va ahamiyati”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam:
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Qosimov Usmonjon, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Nosirov Azmiddin Normamatovich filologiya fanlari doktori, professor, Kuchkarov Raxman Urmanovich filologiya fanlari nomzodi, dotsent v.b.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ozod Sharafiddinov ijodini XX asr ikkinchi yarmi va mustaqillikning dastlabki yillaridagi adabiy hayot va ilmiy, badiiy-estetik jarayonlar bilan bog‘liq tarzdagi yetakchi tamoyillari bo‘yicha asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
XX asr ikkinchi yarmi va mustaqillikning dastlabki yillari (1956-2005) o‘zbek tanqid-adabiyotshunosligi kontekstida Ozod Sharafiddinov ilmiy-ijodiy merosi, ijodkor shaxsiga xos mushohada-tafakkur hamda ruhiy kechinmalar ildiz-manbalari, adabiy jarayon va yetakchi tamoyillari asosida shakllangan tafakkur erkinligi hamda maslak-e’tiqodi sabab-omillari yoritilgan;
olim asarlarining o‘ziga xosliklari yaqin o‘tmish va jadidchilik hamda zamonaviy adabiyot namunalariga xolis munosabat, haqqoniylik, fikriy teranlik, birlamchi va mo‘tabar manbalarga asoslanishi tahlil orqali ochib berilgan;
olimning birinchilardan bo‘lib jadid adiblari ijodini xolisona tadqiq qilganligi Cho‘lpon, Xamza Hakimzoda Niyoziy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadqiqotlari   tahlili asosida isbotlangan;
Ozod Sharafiddinov ijodida badiiy asarlar til xususiyatlari, adiblarning so‘z san’atkorligi yoritilib, ayrim asarlar tili va uslubidagi nuqsonlar haqqoniy ko‘rsatilganiga e’tibor qaratildi, sermahsul tarjimonlik va muharrirlik faoliyati hamda uning xalqimiz, yoshlarimiz ma’naviyati va tafakkuri rivojidagi beqiyos o‘rni dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tanqid va adabiyotshunosligimiz rivojida Ozod Sharafiddinov ijodining o‘rni va ahamiyati tadqiqi davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
XX asr ikkinchi yarmi va mustaqillikning dastlabki yillari (1956-2005) o‘zbek tanqid-adabiyotshunosligi kontekstida Ozod Sharafiddinov ilmiy-ijodiy merosi, ijodkor shaxsiga xos mushohada-tafakkur hamda ruhiy kechinmalar ildiz-manbalari, adabiy jarayon va yetakchi tamoyillari asosida shakllangan tafakkur erkinligi xususidagi xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida amalga oshirilgan PZ-20170927147 “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi”  mavzusidagi loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2024-yil 11-oktyabrdagi № 04/1-2802-son ma’lumotnomasi). Natijada XX asr o‘zbek va jahon adabiyotining o‘nlab mumtoz shoir hamda adiblari ijodiy merosini tadqiq hamda targ‘ib qilishda Ozod Sharafiddinov ijodining beqiyos o‘rni, uning tadqiq obekti, imkoniyatlari keng va rang-barangligini ochib berishga erishilgan.
Olim asarlarining o‘ziga xosliklari yaqin o‘tmish va jadidchilik hamda zamonaviy adabiyot namunalariga xolis munosabat, haqqoniylik, fikriy teranlik, birlamchi va mo‘tabar manbalarga asoslanganligi haqidagi ilmiy takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-005-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti 2024-yil 23-avgustdagi № 344/1-son ma’lumotnomasi). Natijada olim asarlarining mavzu-muammolari va janriy xilma-xilligi, adabiy portret va esse-badia yaratish mahorati, tahlil va talqin saviyasi yuksakligini chuqurroq tahlil qilish va ulardan samarali foydalanish imkonini bergan.
Ozod Sharafiddinov ijodi esse-badialarining o‘ziga xosligi, adabiyot va tanqid-adabiyotshunoslikdagi ahamiyati hamda tarjimonlik, muharrirlik, shuningdek, ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy muammolar talqini masalalari, Yoshlar ishlari agentligining Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan targ‘ibot tadbirlarida hamda adib ijodini yoshlarga targ‘ib qilish maqsadida uchrashuvlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Jizzax viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasining 2024-yil 1-noyabrdagi № 01-08/372-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar jamiyatning badiiy-ilmiy mazmundagi uchrashuvlarini tashkil etishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish