Raximov Muhammadsodiq Davronjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Transport vositalaridan foydalanib sodir etilayotgan terrorchilik harakatlarining oldini olish choralarini takomillashtirish”, “12.00.15 – Kriminologiya” ixsosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Yu459.
Ilmiy rahbar: Kulmatov Sharof Asadovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Zakirova Adina Gulyamovna, yuridik fanlar doktori, professor; O‘razaliev Murod Qoraevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat Xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi transport vositalaridan foydalangan holda sodir etilayotgan terrorchilik harakatlarining oldini olishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholi o‘rtasida ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari targ‘ibotchilarining buzg‘unchi maqsadlarini fosh etishga qaratilgan tashviqot va targ‘ibot chora-tadbirlarini o‘tkazishda ilmiy-tadqiqot institutlari, OAV va NNTning huquqiy va diniy falsafiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritib kelayotgan ekspertlari imkoniyatlaridan keng foydalanish zarurligi asoslantirilgan;
terrorizm bilan bog‘liq jinoiy harakatlarga to‘liq baho berish, shu jumladan, terrorchilik harakatlarini amalga oshirishda paydo bo‘layotgan yangi usullarga tez va aniq huquqiy baho berishni tashkillashtirishga qaratilgan qonunchilikka qo‘shimcha mexanizmlarni kiritishga oid takliflar asoslantirilgan;
transport vositalari yordamida sodir etilishi mumkin bo‘lgan terrorchilik harakatlarining oldini olish maqsadida jamoat ob’ektlarida (ya’ni yirik bozorlar, saylgohlar, ta’lim muassasalari va boshq.), ularning turidan kelib chiqqan holda joriy etilishi lozim bo‘lgan alohida xavfsizlik talablarni belgilash lozimligi asoslantirilgan;
terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlarni oldini olishda media sohasidagi amaliyotchi mutaxassislarning malakasini oshirish, shuningdek, ekstremizm va terrorizmning ko‘rinishlarini mas’uliyat bilan yoritish bo‘yicha amaliy qo‘llanmalar ishlab chiqish zarurati asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasida terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashish va uning oldini olishda huquqiy va kriminologik jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aholi o‘rtasida ekstremistik va terroristik tashkilotlar targ‘ibotchilarining buzg‘unchi maqsadlarini fosh etuvchi tashviqot va targ‘ibot chora-tadbirlarini o‘tkazishda ilmiy-tadqiqot institutlari, OAV va NNTning huquqiy va diniy falsafiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritib kelayotgan ekspertlar imkoniyatlaridan to‘g‘ri va keng foydalanishga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2021-yil 1-iyuldagi PF-6255-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha 2021 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Milliy strategiyasi”ning 2-bobi 6-paragrafi “b” bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 2022-yil 12-dekabrdagi 1212-son dalolatnomasi). Natijada, OAV va butun jahon internet ijtimoiy tarmoqlaridagi ekstremizm va terrorizmning barcha turdagi targ‘ibotlarining salbiy oqibatlari yanada minimallashtirilmoqda;
terrorizm bilan bog‘liq jinoiy harakatlarga aniq baho berish, shu jumladan, terroristik harakatlarni amalga oshirishda paydo bo‘layotgan yangi usullarga tez va aniq huquqiy baho berishni tashkillashtirishga oid takliflardan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2021-yil 7-apreldagi O‘RQ-683-son Qonunining 123-moddasi
10-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 15-noyabrdagi 02/6-09-16-son dalolatnomasi). Natijada zamonaviy bosqichda terrorizm bilan bog‘liq holda yangi usullardan foydalanib sodir etilayotgan noqonuniy harakatlarga nisbatan huquqni qo‘llash amaliyotidagi ayrim kamchiliklar bartaraf etilishiga erishilmoqda.
transport vositalari yordamida sodir etilishi mumkin bo‘lgan terrorchilik harakatlarining oldini olish maqsadida jamoat ob’ektlarida (ya’ni yirik bozorlar, saylgohlar va boshq.), ularning turidan kelib chiqqan holda joriy etilishi lozim bo‘lgan alohida xavfsizlik talablarni belgilash bilan bog‘liq takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2024 yil 27 noyabrdagi 791-son Qarori bilan tasdiqlangan “Yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash va yong‘in xavfsizligini ta’minlash tartibi to‘g‘risida” Nizomning 6-bandi 6-xatboshi hamda 7-bandi 8,10,11-xatboshilarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining 2025 yil 24 fevraldagi 12-16-10-son dalolatnomasi). Natijada, ayrim yirik jamoatchilik ob’ektlarida terrorchilik xavflaridan himoyalanish choralarini yanada takomillashtirilishiga erishilmoqda;
terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlarni oldini olishda media sohasidagi amaliyotchi mutaxassislarning malakasini oshirish, shuningdek, ekstremizm va terrorizmning ko‘rinishlarini mas’uliyat bilan yoritish bo‘yicha amaliy qo‘llanmalar ishlab chiqishga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-iyuldagi PF-6255-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha 2021 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Milliy strategiyasi”ning 2-bobi 6-paragrafi “g” bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 2022-yil 12-dekabrdagi 1212-son dalolatnomasi). Ushbu taklif kelgusida ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish yo‘nalishda media sohasidagi yuqori malakali mutaxassislarning ko‘payishiga hamda bu yo‘nalishdagi amaliy tadbirlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi;

Yangiliklarga obuna bo‘lish