Mirzaxalov Xojiakbar Tajibaevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangilanayotgan O‘zbekistonda gender fenomeni: ijtimoiy-falsafiy tahlil” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fal274
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muxandislik qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh. ilmiy darajasi va unvoni: Ismoilov Maxamadixon Isroilovich falsafa fanlari doktori,  professor.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Nasriddin Ataqulovich falsafa fanlari doktori,  professor, Norqulov Do‘stmurod Toshpo‘latovich falsafa fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Yangilanayotgan O‘zbekistonda jamiyat ijtimoiy taraqqiyotiga gender fenomeni ta’sirining ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
jamiyatda gender fenomenini rivojlantirish ijtimoiy munosabatlarda gender stereotiplarini o‘zgarishiga olib kelib, gender prakseologiyasida egalitar madaniy paradigmalarni shakllantirishi falsafiy asoslangan;  
gender munosabatlarida namoyon bo‘luvchi korrelyasion o‘zgarishlar,  jamiyatda gender identifikatsiyasiga (o‘ziga xoslik, ijtimoiy me’yor, stereotip) ijtimoiy ta’sir etib, “erkak” va “ayol” o‘rtasidagi irratsional munosabatlarni tartibga soluvchi ijtimoiy hodisasi sifatida dalillangan;
jamiyatning ijtimoiy-madaniy aloqadorligini ta’minlashda tashqi (ijtimoiy me’yor va faoliyat), ichki (identifikatsiya, sotsializatsiya) omillar, gender munosabatlarida aksiologik manfaatlarni belgilovchi ma’naviy-axloqiy imperativlarni shakllantirishi  aniqlangan;
gender konstruksiyalarining mehnat munosabatlatiga tatbiq etilishi jamiyatda gender essensializmini oldini olib, ayolga xos bo‘lgan dogmatik introspektiv xislatlarning perfeksion ekstrospektiv yondashishga aylanishi  ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangilanayotgan O‘zbekistonda gender fenomeni: ijtimoiy-falsafiy tahlil mavzusida amalga oshirilgan tadqiqoti ishi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
jamiyatda gender fenomenini yuksaltirish ijtimoiy munosabatlarda gender stereotiplarini o‘zgarishiga olib kelishi, gender fenomening o‘ziga xosligi jinsiy dimorfizm haqiqati haqidagi jamiyatning ideal g‘oyalari to‘plamini shakllantirish, shaxsiy ongga tegishli xulq-atvor normalari, fikrlash tarzi va tahlil qilishning konseptual yondashuvlarni rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan. Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining VIII yo‘nalishida belgilangan “Milliy qadriyatlar, ma’naviy fazilatlar va ijtimoiy odoblar targ‘iboti” 40-bandi “Jamiyatda va oilada xotin-qizlarning mavqeyini ko‘tarish, oilaviy ajrimlarni oldini olish, ma’naviy soglom muhitni shakllantirish, farzandlar tarbiyasida ayollarning mas’ulligini oshirish, xotin-qizlar o‘rtasida boqimandalik holatlarini ko‘payishini oldini olish, qizlarda soglom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish yuzasidan “Sharq ayoli ma’rifati” targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 31-avgustdagi 351-son dalolatnomasi). Natijada, shaxs ijtimoiylashuv jarayonida tushuntiruvchi, tartibga soluvchi, farqlovchi retrotranslyasion xulq-atvorini namoyon etishini ta’minlashga ijtimoyi taraqqiyotga ta’sir ko‘rsatuvchi gender omillarini ochib berishga xizmat qilgan;
ijtimoiy taraqqiyotga ta’sir ko‘rsatuvchi gender rollari(ijtimoiy kutishlar, nutq, uslub, kiyinish, xatti-harakatlar) ijtimoiy hodisa sifatida tahlil qilinib, zamonaviy jamiyatning ajralmas ijtimoiy-ma’naviy jihati sifatida “erkak” va “ayol” o‘rtasidagi irratsional munosabatlarni tartibga soluvchi mexanizmlarini yuksaltirishga oid xulosa va takliflaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda xotin-qizlar va erkaklaming teng huquqliligini ta’minlash imkoniyatlari va istiqbollari doirasida bir qator dasturlar (“Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining 2023-yil may-avgust oylaridagi sonlari)ning dasturlarini tayyorlashda va senariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan(O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 16-avgustdagi 04-36-12-41-son dalolatnomasi). Natijada, jamiyatda gender ijtimoiy identifikatsiyasini (o‘ziga xoslik, ijtimoiy me’yor, stereotip) shakllantirilishi hamda “erkak” va “ayol” o‘rtasidagi irratsional munosabatlarni taptibga solishini ochib berishga xizmat qilgan;
jamiyatning ijtimoiy-madaniy taraqqiyoti gender munosabatlarining o‘zaro dialektik birligini ta’minlovchi ekzogen (ijtimoiy me’yor, ijtimoiy faoliyat) va endogen (identifikatsiya, sotsializatsiya) omillarining aniqlashga doir taklif va tavsiyalaridan Farg‘ona davlat universiteti qoshida Gender tengligi tadqiqot markazining 2020-yil 28-dekabrda tasdiglangan Nizomini ishlab chiqishda, markazning 2022-yilda “OTMlarda xotin-qizlarning intellektual va ijtimoiy maqomini yuksaltirishning gender omillari", 2023-yilda o‘tkazilgan “Markaziy Osiyo davlatiari OTMlarida xotin-qizlarni ijtimoiy faolligini oshirish va himoya qilish mexanizmi” hamda “Turkiy xalqlarda milliy urf-odatlarning avlodlararo vorisiyligini ta’minlash omillarining o‘rni” mavzularida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarni tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universiteti qoshida Gender tengligi tadqiqot markazi 2023-yil 13-oktyabrdagi 03-4670-son dalolatnomasi). Natijada, gender fenomeninnig huquqiy aksiologik manfaatlarini ta’minlashga jamiyatda gender madaniyatini yuksaltiruvchi mezonlarni aniqlashga xizmat qilgan;
zamonaviy jamiyatning rivojlanish dinamikasi kishilarda gender konstruksiyalari (oila, ta’lim, din, madaniyat institutlari) ning inklyuziya mexnati munosabatlarni taptibga soluvchi mexanizmlarini aniqlashga doir xulosa va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan. Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining VIII yo‘nalishida belgilangan “Milliy qadriyatlar, ma’naviy fazilatlar va ijtimoiy odoblar targ‘iboti” 40-bandi “Jamiyatda va oilada xotin-qizlarning mavqeyini ko‘tarish, oilaviy ajrimlarni oldini olish, ma’naviy soglom muhitni shakllantirish, farzandlar tarbiyasida ayollarning mas’ulligini oshirish, xotin-qizlar o‘rtasida boqimandalik holatlarini ko‘payishini oldini olish, qizlarda soglom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish yuzasidan “Sharq ayoli ma’rifati” targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 31-avgustdagi 351-son dalolatnomasi). Natijada, mehnat munosabatlarida gender o‘zgarishlarni ta’minlashga va mehnatning gender taqsimoti mexanizmlarini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish