Bazarova Nigora Ravshanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklarining jismoniy shaxslarni kreditlash faoliyatini rivojlantirish», 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Norov Akmal Ruzimatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Alisher A’zamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Zaynalov Djaganxir Rasulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda tijorat banklarining jismoniy shaxslarga kreditlash faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «jismoniy shaxslarni kreditlash» tushunchasining iqtisodiy mazmuni tijorat banklari yoki boshqa moliya-kredit tashkilotlari tomonidan alohida jismoniy shaxslar va aholiga qimmatbaho iste’mol tovarlari va xizmatlarini sotib olish yoki boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun maqsadli va maqsadsiz kreditlarni qaytarib berish, muddatlilik va to‘lovlilik kabi muayyan shartlar asosida taqdim etish jarayoni nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan;
tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga barqaror ekologik loyihalarni moliyalashtirish maqsadida kreditlarni «yashil» va «an’anaviy» karidorlar orqali ajratish asosida foiz stavkasini 6 foizga qadar pasaytirish hamda kredit muddatini 2 yilga qadar uzaytirish taklifi asoslangan;
kredit xavflarini boshqarish maqsadida tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlarni «yaxshi» (0,65 – 1,0), «o‘rtacha» (0,35 – 0,64) va «yomon» (0 – 0,34) toifalarga ajratuvchi «10 balli kredit toifalari» orqali baholash tizimi taklif qilingan;
«Poytaxt bank» aksiyadorlik jamiyati tomonidan jismoniy shaxslarni kreditlash amaliyotini takomillashtirish asosida ajratiladigan kredit hajmining 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda tijorat banklarining jismoniy shaxslarga kreditlash faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «jismoniy shaxslarni kreditlash» tushunchasining iqtisodiy mazmunini tijorat banklari yoki boshqa moliya-kredit tashkilotlari tomonidan alohida jismoniy shaxslar va aholiga qimmatbaho iste’mol tovarlari va xizmatlarini sotib olish yoki boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun maqsadli va maqsadsiz kreditlarni qaytarib berish, muddatlilik va to‘lovlilik kabi muayyan shartlar asosida taqdim etish jarayoni nuqtai-nazaridan takomillashtirishga oid nazariy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan «Banklarning investision faoliyati» darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2024-yil 29-yanvardagi 21-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda «jismoniy shaxslarni kreditlash» tushunchasining iqtisodiy mazmuniga oid yangi nazariy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga barqaror ekologik loyihalarni moliyalashtirish maqsadida kreditlarni «yashil» va «an’anaviy» koridorlar orqali ajratish asosida foiz stavkasini 6 foizga qadar pasaytirish hamda kredit muddatini 2 yilga qadar uzaytirish taklifi «Poytaxt bank» AJning kreditlash amaliyotida qo‘llanilgan («Poytaxt bank» aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 20-fevraldagi PX 01/12-178-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Poytaxt bank» AJning kredit portfeli 2023-yilda 2022-yilga nisbatan 4,5 milliard so‘mga ko‘payib, 78,7 milliard so‘mni tashkil etgan;
kredit xavflarini boshqarish maqsadida tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlarni «yaxshi» (0,65 – 1,0), «o‘rtacha» (0,35 – 0,64) va «yomon» (0 – 0,34) toifalarga ajratuvchi «10 balli kredit toifalari» orqali baholash tizimidan foydalanish taklifi «Poytaxt bank» AJning kreditlash amaliyotida qo‘llanilgan («Poytaxt bank» aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 20-fevraldagi PX 01/12-178-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyati tomonidan jismoniy shaxslarga berilgan kreditlarning qaytarilmasligi (yaratilgan zaxira) xavfini oldingi yillarning mos davriga nisbatan kamaytirish imkonini bergan;
«Poytaxt bank» aksiyadorlik jamiyati tomonidan jismoniy shaxslarni kreditlash amaliyotini takomillashtirish asosida ajratiladigan kredit hajmining 2028 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari «Poytaxt bank» AJning kreditlash amaliyotida qo‘llanilgan («Poytaxt bank» aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 20-fevraldagi PX 01/12-178-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Poytaxt bank» aksiyadorlik jamiyatini rivojlantirish strategiyasining istiqboldagi asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarining aniqligini oshirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish