Axunov Ulugbek Abdumutalovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Oziq-ovqat xavfsizligiga oid qonun  hujjatlarining  ijrosi ustidan  prokuror nazoratini takomillashtirish masalalari”, 12.00.07 - Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Yu1157
Ilmiy rahbar: Mamasiddiqov Muzaffarjon Musajonovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Djo‘raev Ixtiyor Baxtiyorovich; yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Raximov Shavkatjon Jo‘raevich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oziq-ovqat xavfsizligiga oid qonun hujjatlari ijrosi ustidan prokuror nazoratini tashkil etishni huquqiy tartibga solish bo‘yicha ilmiy-nazariy qoidalar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oziq-ovqat xavfsizligiga oid qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan prokuror nazoratini tashkil etishda prokurorlar e’tibori oziq-ovqat mahsulotlari etishtirishni ko‘paytirishga oid nazorat mexanizmlarini takomillashtirish, muttasil o‘sib borayotgan aholini ozuqa bilan ta’minlash maqsadida sug‘oriladigan unumdor erlarni muhofaza qilish, oziq-ovqat etishtiriladigan sug‘oriladigan erlardan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik choralarini qat’iy qo‘llashga qaratilishi lozimligi ilmiy asoslab berilgan;
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga tadbirkorlik sub’ektlarining mansabdor shaxslari yoki boshqa xodimlari tomonidan qonunchilik talablarini buzish holatlari bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazolarni qo‘llash huquqining berilishi, qishloq xo‘jaligiga oid qonunlarga rioya etilishi ustidan amalga oshiriladigan nazorat tadbirlari, istisno tariqasida, tekshiruvlarning “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olinmagan holda amalga oshirilishi zarurati ilmiy asoslantirilgan;
oziq-ovqat xavfsizligini tartibga soluvchi yagona qonunni ishlab chiqish va unda davlatning oziq-ovqat mustaqilligi, oziq-ovqat mahsulotlari zahirasi, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, oziq-ovqat balansi, oziq-ovqat tanqisligi, iste’molning oqilona normalari, mazkur yo‘nalishdagi davlat organlarining vazifalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari vakolatlari, oziq-ovqat xavfsizligini nazorat qilish va boshqarish tartibini belgilash taklifi ilmiy asoslantirilgan;
oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligiga, uni ishlab chiqarish, tayyorlash, xarid qilish, qayta ishlash, etkazib berish, saqlash, transportda tashish hamda realizatsiya qilish shart-sharoitlariga doir talablarni o‘z ichiga olgan texnik reglamentlarni, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini, fitosanitariya normalarini, qoidalarini hamda gigiena normativlarini, milliy standartlarni, texnik shart-sharoitlarni belgilash yo‘li bilan amalga oshirilishini huquqiy ta’minlash taklifi ilmiy asoslantirilgan;
issiqxona xo‘jaliklarida oziq-ovqat mahsulotlarini etishtirish ustidan prokuror nazoratini takomillashtirish maqsadida issiqxona  xo‘jaliklariga  nisbatan  huquqiy  ta’sir  choralarini qo‘llash,  tergovga  qadar  tekshiruv,  surishtiruv  va  dastlabki tergovni  amalga  oshirishda  tadbirkorlik  sub’ektlarining  huquq va   erkinliklarini   to‘laqonli   ta’minlash   choralarini kuchaytirish zarurati asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natija-laridan quyidagilarda foydalanilgan:
Oziq-ovqat xavfsizligiga oid qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini tashkil etishda prokurorlar e’tibori oziq-ovqat mahsulotlari etishtirishni ko‘paytirishga oid nazorat mexanizmlarini takomillashtirish, muttasil o‘sib borayotgan aholini ozuqa bilan ta’minlash maqsadida sug‘oriladigan unumdor erlarni muhofaza qilish, buning uchun zarur shart-sharoitlarni va imkoniyatlarni yaratish, oziq-ovqat etishtiriladigan sug‘oriladigan erlardan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik choralarini qat’iy qo‘llashga qaratilishi lozimligi to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Er uchastkalaridan samarali foydalanish sohadagi huquqbuzarliklarni oldini olish mexanizmlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori loyihasini ishlab chiqishda (O‘zbekiston Respublikasi Kadastr agentligi direktorining 2023 yil 30 noyabrdagi 01-01-376-sonli dalolatnomasi) foydalanilgan. Mazkur taklifning joriy etilishi oziq-ovqat xavfsizligiga oid qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan prokuror nazoratini samarali tashkil etishni ta’minlashga imkon bergan;  
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga tadbirkorlik sub’ektlarining mansabdor shaxslari yoki boshqa xodimlari tomonidan Inspeksiya vakolati doirasidagi qonunchilik talablarini buzish holatlari bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazolarni qo‘llash huquqi berilishi, inspeksiya tomonidan mulkchilik shaklidan qat’i nazar qishloq xo‘jaligiga oid qonunlarga rioya etilishi ustidan amalga oshiriladigan nazorat tadbirlari, istisno tariqasida, tekshiruvlarning “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olinmagan holda amalga oshirilishi haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 iyundagi “Ma’muriy islohotlar doirasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-90-sonli Farmonini, “O‘zagroinspeksiya”ga mustaqil idora maqomini berish taklifi 2024 yil 22 oktyabrdagi “Agrosanoat majmuida davlat nazorati tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-164-sonli Farmonini ishlab chiqishda (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosarining 2023 yil
11 dekabrdagi 11.1/3-23-470-sonli va 2025 yil 1 fevraldagi 11.1/3-25-55-sonli dalolatnomasi) foydalanilgan. Mazkur taklifning joriy etilishi oziq-ovqat mahsulotlarini etishtirishni ko‘paytirish maqsadida ekinlarni ekilishidan yig‘ishtirib olishgacha bo‘lgan jarayonlar ustidan prokuror nazoratni yanada kuchaytirishni ta’minlashga imkon bergan;  
oziq-ovqat xavfsizligini tartibga soluvchi yagona qonun loyihasini ishlab chiqish va unda davlatning oziq-ovqat mustaqilligi, oziq-ovqat mahsulotlari zahirasi, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, oziq-ovqat balansi, oziq-ovqat tanqisligi, iste’molning oqilona normalari, mazkur yo‘nalishdagi davlat organlarining vazifalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari vakolatlari, oziq-ovqat xavfsizligini nazorat qilish va boshqarish tartibini belgilash haqidagi takliflardan “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqishda (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 4 dekabrdagi 03/24-05/6197-sonli dalolatnomasi) foydalanilgan. Mazkur taklifning joriy etilishi oziq-ovqat xavfsizligi sohasida prokuror nazoratini va davlat nazoratini boshqarish tartibini takomillashtirishga xizmat qiladi;
oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat tomonidan normalashtirish oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligiga, uni ishlab chiqarish, tayyorlash, xarid qilish, qayta ishlash, etkazib berish, saqlash, transportda tashish hamda realizatsiya qilish shart-sharoitlariga doir talablarni o‘z ichiga olgan texnik reglamentlarni, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini, fitosanitariya normalarini, qoidalarini hamda gigiena normativlarini, milliy standartlarni, texnik shart-sharoitlarni belgilash yo‘li bilan amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 3 noyabrdagi “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni 28-moddasiga kiritilgan o‘zgartishda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisining 2023 yil 4 dekabrdagi 04/08-10-04-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning amalga kiritilishi oziq-ovqat xavfsizligiga oid qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan prokuror nazoratini samarali tashkil etishni ta’minlashga imkon bergan;  
issiqxona xo‘jaliklarida oziq-ovqat mahsulotlarini etishtirish ustidan prokuror nazoratini takomillashtirish masalalari Oliy sud, Bosh prokuratura, DXX va IIV o‘rtasidagi “Issiqxona  xo‘jaliklariga  nisbatan  huquqiy  ta’sir  choralarini qo‘llash,  tergovga  qadar  tekshiruv,  surishtiruv  va  dastlabki tergovni  amalga  oshirishda  tadbirkorlik  sub’ektlarining  huquq va   erkinliklarini   to‘laqonli   ta’minlash   choralari   haqida”gi 25.04.2024 yildagi 34-QK-sonli Qo‘shma qarorda aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosarining 2024 yil 3 maydagi 11.1/3-24-153-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi oziq-ovqat xavfsizligi sohasida ilm-fan va ilmiy tadqiqotlar ustidan prokuror nazoratni yanada kuchaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish