Uzakov Shuxrat Sharapovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Dastlabki tergovda jabrlanuvchining huquq va qonuniy manfaatlarini prokuror tomonidan himoya qilish masalalari”, 12.00.09 - Jinoyat protsessi, kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Yu1368.
Ilmiy rahbar: Karimov Vaxabjan, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Pulatov Baxtiyor Xalilovich; yuridik fanlar doktori, professor To‘laganova Gulchexra Zaxitovna.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sud`yalar Oliy kengashi huzuridagi Sud`yalar oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dastlabki tergovda jabrlanuvchining huquq va qonuniy manfaatlarini prokuror tomonidan ta’minlanishini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
prokuror guvoh va jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar)ning ko‘rsatuvlarini oldindan mustahkamlab qo‘yish to‘g‘risidagi tergovchining qarorini asosligini tekshirishga haqli ekanligi asoslantirilgan;
sudda ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda prokurorning ma’ruzasi bilan boshlanishi zarurligi asoslab berilgan;
ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlash jarayonida (gumon qilinuvchi, ayblanuvchining ishtiroki) guvoh yoki jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar)ning xavfsizligiga tahdid soladigan yoki ruhiyatiga ta’sir qiladigan holat yuzaga kelish xavfi mavjud bo‘lganida, gumon qilinuvchi va ayblanuvchini sud majlisiga chaqirmaslik zarurligi ilmiy asoslangan;
jabrlanuvchi va uning vakili sudning hukmi (ajrimi) ustidan tegishincha apellyasiya, kassasiya va taftish tartibida shikoyat berishga, prokuror protest bildirishga haqli ekanligi asoslantirilgan;
guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va boshqa shaxslar elektron ma’lumotlarni ushbu ma’lumotlarning ko‘chirma nusxasini elektron jismdan elektron ma’lumotlar mavjud bo‘lgan boshqa elektron jismga olish orqali taqdim etishga haqli degan takliflari asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
prokuror guvoh va jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar)ning ko‘rsatuvlarini oldindan mustahkamlab qo‘yish to‘g‘risidagi tergovchining qarorini asosligini tekshirishga haqli ekanligi to‘g‘risidagi takliflaridan O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 18 fevraldagi “Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-675-sonli Qonunida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024 yil 17 sentyabrdagi №3/08-175-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi dastlabki tergov jarayonida jinoyat protsessi ishtirokchilarining ko‘rsatuvlarini oldindan mustahkamlab qo‘yishga doir prokurorning vakolatlarini takomillashtirishga hizmat qilgan;
sudda ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish prokurorning ma’ruzasi bilan boshlanishi zarurligi degan takliflaridan O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 18 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-675-sonli Qonunida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024 yil 17 sentyabrdagi №3/08-175-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish to‘g‘risidagi iltimosnomani sudda ko‘rib chiqishda prokurorning ishtirokini ta’minlash imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilgan;
ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlash jarayonida gumon qilinuvchi, ayblanuvchining ishtiroki guvoh yoki jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar)ning xavfsizligiga tahdid soladigan yoki ruhiyatiga ta’sir qiladigan holat yuzaga kelish xavfi mavjud bo‘lganida, gumon qilinuvchi va ayblanuvchini sud majlisiga chaqirmaslik zarurligini asoslaydi degan takliflaridan O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 18 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-675-sonli Qonunida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024 yil 17 sentyabrdagi №3/08-175-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy qilinishi ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlash jarayonida prokurorning jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar)ning xavfsizligini ta’minlashga doir vakolatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
jabrlanuvchi va uning vakili sudning hukmi (ajrimi) ustidan tegishincha apellyasiya, kassasiya va taftish tartibida shikoyat berishga, prokuror protest bildirishga haqli degan takliflaridan O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-869-sonli Qonunida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024 yil 25 sentyabrdagi 27/2-250-24-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy qilinishi sudning hukmi (ajrimi) ustidan jabrlanuvchi va uning vakilining tegishincha apellyasiya, kassatsiya va taftish tartibida shikoyat berishga doir huquqlarini, prokurorning protest keltirishga doir vakolatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va boshqa shaxslar elektron ma’lumotlarni ushbu ma’lumotlarning ko‘chirma nusxasini elektron jismdan elektron ma’lumotlar mavjud bo‘lgan boshqa elektron jismga olish orqali taqdim etishga haqli degan takliflaridan O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 21 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1003-sonli Qonunida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 12 fevraldagi №3/dn-22-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy qilinishi guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va boshqa shaxslarning elektron ma’lumotlarning ko‘chirma nusxasini olish va taqdim etishga doir huquqlarini ta’minlash imkoniyatlarini yanada oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish