Djuraev Akbar Salimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’limda o‘quv-tarbiya jarayonlarini adaptiv boshqarishning tashkiliy-pedagogik tizimini takomillashtirish”, 13.00.07 – Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Ped983.
Ilmiy maslahatchi: Ismadiyarov Yashin O‘tkirovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, PhD.03/30.09.2023.Ped.173.01. raqamli ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Tojiboeva Xilola Maxmutovna – pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Adizov Baxtiyor Raxmonovich – pedagogika fanlari doktori, professor, Xo‘jaev Alijon Atabekovich – pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.  
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’limda o‘quv-tarbiya jarayonlarini adaptiv boshqarishning tashkiliy-pedagogik tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’limda o‘quv-tarbiya jarayonlarini adaptiv boshqarishning ustuvor jihatlari tashqi va ichki muhit omillarini hisobga olgan holda tizimlarning kuchli tomonlaridan faol foydalanish, aksincha salbiy ta’sirlardan himoyalashga qaratilgan maqbul harakatlar kombinatsiyasiga muvofiq natijalar maqsadini ko‘zda tutadigan poliparadigmal yondashuvning prognozlash, modellashtirish kabi bosqichlarining o‘zaro bog‘liqligi va shartlanganligini hisobga olish orqali aniqlashtirilgan;
oliy ta’limda o‘quv-tarbiya jarayonlarini adaptiv boshqarish mazmuni ta’lim siyosati va rivojlanish strategiyasini oqilona tanlash, jahon ta’lim tendensiyalarini to‘liq hisobga olish, xalqaro me’yor va standartlarga muvofiq rivojlanish teraektoriyalarini belgilab olish orqali samarali va uzoq muddatli ta’limiy investisiya sifatida bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalari tizimini loyihalash jarayonlari produktivligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
paradigmal xilma-xillik yondashuvi asosida oliy ta’limda o‘quv-tarbiya jarayonini adaptiv boshqarishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari integratsion mexanizmlarga asoslangan innovatsion o‘zgarish va barqaror rivojlanish maqsadlariga bir vaqtning o‘zida erishishni ta’minlaydigan yaxlit tizimli, ichki va shaxsiy boshqaruv darajalari bilan bog‘liq qonuniyat va tamoyillarning metodologik ahamiyatini qat’iy belgilash orqali takomillashtirilgan;
innovatsion rivojlanish sharoitida oliy ta’lim sifatini adaptiv boshqarishning konseptual modelining tashkiliy-texnologik komponenti markazlashgan, nomarkazlashgan, shaxsiy boshqaruv darajalarining jarayonli, loyihaviy, funksional modellari, rivojlanish samaradorligini nazorat qilish va baholash metodikasi kabi texnologiyalarning o‘quv-tarbiya jarayonlarining integratsion va faollashtiruvchi mexanizmlari bilan qayta aloqasi identivligini bevosita hisobga olish orqali takomillashtirilgan;
oliy ta’limda o‘quv-tarbiya jarayonlarini adaptiv boshqarishning tashkiliy-pedagogik tizimining innovatsion salohiyat bilan bog‘liqlikda tashqi muhit bilan transformatsiyalashuv bosqichi loyihaviy modelga muvofiq klasterli va tarmoqli o‘zaro birgalikdagi faoliyatini rivojlantirish, standartlar va dastur asosida fasilitatsion ta’lim jarayonini amalga oshirishning tashkiliy, pedagogik-psixologik, didaktik-tarbiyaviy shart-sharoitlarni ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’limda o‘quv-tarbiya jarayonlarini adaptiv boshqarishning tashkiliy-pedagogik tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’limda o‘quv-tarbiya jarayonlarini adaptiv boshqarishning ustuvor jihatlarini tashqi va ichki muhit omillarini hisobga olgan holda tizimlarning kuchli tomonlaridan faol foydalanish, aksincha salbiy ta’sirlardan himoyalashga qaratilgan maqbul harakatlar kombinatsiyasiga muvofiq natijalar maqsadini ko‘zda tutadigan poliparadigmal yondashuvning prognozlash, modellashtirish kabi bosqichlarining o‘zaro bog‘liqligi va shartlanganligini hisobga olish orqali aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan rahbar kadrlarining malakasini oshirish mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 21-oktyabrdagi 4/17-4/4-20309-son ma’lumotnomasi). Natijada, rahbar kadrlarining innovatsion kompetentligi, ta’lim sifati menejmenti borasidagi zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
oliy ta’limda o‘quv-tarbiya jarayonlarini adaptiv boshqarish mazmunini ta’lim siyosati va rivojlanish strategiyasini oqilona tanlash, jahon ta’lim tendensiyalarini to‘liq hisobga olish, xalqaro me’yor va standartlarga muvofiq rivojlanish teraektoriyalarini belgilab olish orqali samarali va uzoq muddatli ta’limiy investisiya sifatida bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalari tizimini loyihalash jarayonlari produktivligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentyabrdagi 797-son “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzlyuksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 21-oktyabrdagi 4/17-4/4-20309-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’limda o‘quv-tarbiya jarayonlarini adaptiv boshqarishning samaradorligini monitoring qilish va baholashning kompleks metodologiyasini malaka oshirish tizimiga joriy qilishga xizmat qilgan;
paradigmal xilma-xillik yondashuvi asosida oliy ta’limda o‘quv-tarbiya jarayonini adaptiv boshqarishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarini integratsion mexanizmlarga asoslangan innovatsion o‘zgarish va barqaror rivojlanish maqsadlariga bir vaqtning o‘zida erishishni ta’minlaydigan yaxlit tizimli, ichki va shaxsiy boshqaruv darajalari bilan bog‘liq qonuniyat va tamoyillarning metodologik ahamiyatini qat’iy belgilash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-iyuldagi 415-son “Oliy ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori asosida mutaxassisligi bo‘yicha mustaqil malaka oshirish tartibiga kiritilgan o‘zgarishlarni aniqlashtirishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 21-oktyabrdagi 4/17-4/4-20309-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’limda o‘quv-tarbiya jarayonlarini adaptiv boshqarish hamda rahbar va pedagog kadrlarning mustaqil malaka oshirish jarayonlari uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qilgan;
 innovatsion rivojlanish sharoitida oliy ta’lim sifatini adaptiv boshqarishning konseptual modelining tashkiliy-texnologik komponentini markazlashgan, nomarkazlashgan, shaxsiy boshqaruv darajalarining jarayonli, loyihaviy, funksional modellari, rivojlanish samaradorligini nazorat qilish va baholash metodikasi kabi texnologiyalarning o‘quv-tarbiya jarayonlarining integratsion va faollashtiruvchi mexanizmlari bilan qayta aloqasi identivligini bevosita hisobga olish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Oliy ta’lim tizimi kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida bajarilgan IL-4821091576. “Masofaviy texnologiyalardan foydalangan holda oliy ta’lim va qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimlarida o‘quv faoliyatini tashkil etish” (2022-2024 yy.) amaliy loyihasi doirasida o‘quv-tarbiya jarayonlarini boshqarishning adaptiv tizimini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 21-oktyabrdagi 4/17-4/4-20309-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim sifatini adaptiv boshqaruv tizimi samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan;
oliy ta’limda o‘quv-tarbiya jarayonlarini adaptiv boshqarishning tashkiliy-pedagogik tizimini innovatsion salohiyat bilan bog‘liqlikda tashqi muhit bilan transformatsiyalashuv bosqichini loyihaviy modelga muvofiq klasterli va tarmoqli o‘zaro birgalikdagi faoliyatini rivojlantirish, standartlar va dastur asosida fasilitatsion ta’lim jarayonini amalga oshirishning tashkiliy, pedagogik-psixologik, didaktik-tarbiyaviy shart-sharoitlarni ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Oliy ta’lim tizimi kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida bajarilgan OT-2019-23. “Zamonaviy AKTdan foydalanish orqali pedagog kadrlarni tayyorlashning ilmiy-metodik ta’minoti” (2019-2021 yy.) amaliy loyihasining pedagog kadrlarni o‘quv-tarbiya jarayonlarini adaptiv boshqarishga tayyorlash qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 21-oktyabrdagi 4/17-4/4-20309-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagoglarning o‘quv-tarbiya jarayonlarini adaptiv boshqarishga doir kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish