Eshqulova Xilola Shoyimqul qizing
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sut chorvachiligida kichik tadbirkorlikni rivojlantirishning tashkiliy – iqtisodiy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3705.
Ilmiy rahbar: Sattorkulov Obidkul Turdikulovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Allayarov Piratdin Atabaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Adilchaev Rustem Tursinbaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sut chorvachiligida kichik tadbirkorlikni rivojlantirishning tashkiliy - iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalarni hamda amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chorvachilikning sutchilik tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni grantlar ajratish shaklida amalga oshirishda xo‘jalikdagi mavjud qoramollar soni va ulardan olinayotgan mahsulotlar hajmini oshirish bilan bir qatorda ularning ozuqa bazasini ham sifat, ham miqdor jihatdan mustahkam tashkil etish uchun subsidiyalar ajratishni yo‘lga qo‘yish taklifi asoslangan;
agrosanoat majmuasining sut chorvachiligida davlat-xususiy sheriklik asosida investisiya loyihasini amalga oshirish modeli dehqon va tomorqa xo‘jaliklari, mayda tovar ishlab chiqaruvchilarning loyihani amalga oshirish jarayonida foydaning bir qismini olish va loyiha oxirida ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etilgan samarali ishlab chiqarish jarayoniga egalik qilishdan iborat manfaatlari kafolatlash tartibini kiritish orqali takomillashtirilgan;
sut chorvachiligiga uzoq muddatli investisiyalarni kiritish istagida bo‘lgan yirik moliyaviy barqaror tashkilotlar tomonidan kichik xo‘jaliklar tomonidan etishtirilgan xom sutning ma’lum qismini aniq belgilangan vaqt va tartibda sutning mazkur hududdagi o‘rtacha qiymatidan past bo‘lmagan narxda sotib olinishini kafolatlash taklifi asoslangan;
Sirdaryo viloyatida ishlab chiqarish barqarorligiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida sutchilik yo‘nalishidagi kichik tadbirkorlik subektlarining soni va sut ishlab chiqarish hajmining 2030-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sut chorvachiligida kichik tadbirkorlikni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
chorvachilikning sutchilik tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni grantlar ajratish shaklida amalga oshirishda xo‘jalikdagi mavjud qoramollar soni va ulardan olinayotgan mahsulotlar hajmini oshirish bilan bir qatorda ularning ozuqa bazasini ham sifat, ham miqdor jihatdan mustahkam tashkil etish uchun subsidiyalar ajratishni yo‘lga qo‘yish taklifi Sirdaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (Sirdaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2024 yil 23 oktabrdagi 01/05-07-175-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining 2024 yil 5 dekabrdagi 01-04-5/328-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida dehqon va fermer xo‘jaliklarida sut etishtirish samaradorligini va tarmoqda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirib aholi daromadlarini oshirish imkonini bergan;
agrosanoat majmuasining sut chorvachiligida davlat-xususiy sheriklik asosida investisiya loyihasini amalga oshirish modeli dehqon va tomorqa xo‘jaliklari, mayda tovar ishlab chiqaruvchilarning loyihani amalga oshirish jarayonida foydaning bir qismini olish va loyiha oxirida ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etilgan samarali ishlab chiqarish jarayoniga egalik qilishdan iborat manfaatlari kafolatlash tartibini kiritish orqali takomillashtirish taklifi Sirdaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (Sirdaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2024 yil 23 oktabrdagi 01/05-07-175-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining 2024 yil 5 dekabrdagi 01-04-5/328-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kichik sut etishtiruvchi va uni qayta ishlovchi subektlar faoliyatiga investisiya jalb etish hajmi oshishiga erishilgan;
sut chorvachiligiga uzoq muddatli investisiyalarni kiritish istagida bo‘lgan yirik moliyaviy barqaror tashkilotlar tomonidan kichik xo‘jaliklar tomonidan etishtirilgan xom sutning ma’lum qismini aniq belgilangan vaqt va tartibda sutning mazkur hududdagi o‘rtacha qiymatidan past bo‘lmagan narxda sotib olinishini kafolatlash taklifi Sirdaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (Sirdaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2024 yil 23 oktabrdagi 01/05-07-175-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Sirdaryo viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasining 2024 yil 5 dekabrdagi 01-04-5/328-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida yangi sut etishtiruvchi va uni qayta ishlovchi xo‘jaliklar hamda tadbirkorlik subektlari yaratilishiga va tarmoqda qo‘shilgan qiymat zanjiri ta’minlanishiga erishilgan;
Sirdaryo viloyatida ishlab chiqarish barqarorligiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida sutchilik yo‘nalishidagi kichik tadbirkorlik subektlarining soni va sut ishlab chiqarish hajmining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz parametrlari Sirdaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (Sirdaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2024 yil 23 oktabrdagi 01/05-07-175-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining 2024 yil 5 dekabrdagi 01-04-5/328-son ma’lumotnomalari). 2024 yilda 405 236,5 tonnadan boshlangan ishlab chiqarish hajmi, 2030 yilga kelib 473 539,9 tonnaga etadi. Bu o‘sish o‘rtacha 2.6% ni tashkil etadi va bu ishlab chiqarish samaradorligi va bozor talabining o‘sishini ko‘rsatadi. Yangi ochilgan tadbirkorlik sub’ektlari soni esa yiliga 1 yoki 2 birlikdan ortib borishi ta’sirida bozor raqobatining kuchayishi va innovatsiyalarni joriy etish imkoniyatining yaratilishi aniqlangan.