Kosimova Zarina Alijon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja berilgan fan ishlab chiqarish nomi): “Maktab ta’limi sifatini baholash tizimida o‘zgarishlarni boshqarishni takomillashtirish”, 08.00.13-“Menejment” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt1342.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.20/13.05.2020.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: i.f.d., prof. Nasimov Dilmurod Abdullaevich, i.f.d., prof. Abdurahmonova Gulnora Qalandarovna.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat Transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Maktab ta’limi sifatini baholash tizimida o‘zgarishlarni boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “o‘zgarishlarni boshqarish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni iqtisodiyotning soha va tarmoqlarida o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun ta’lim sifatini baholashdagi o‘zgarishlarga ehtiyojni his qilish zarurligi, buning uchun mamlakat ta’lim tizimidagi islohotlarni tahlil qilish, xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarni boshqarish yondashuvlarini o‘rganish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
ilmiy-tadqiqot va ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishda o‘z tavsifiga ko‘ra xususiy sektorda nisbatan samarali tashkil etiluvchi va rivojlanuvchi soha va jarayonlarni aniqlash hamda izchil ravishda mazkur sektorga o‘tkazish asosida uning salmog‘ini kengaytirish orqali raqobat muhitini rivojlantirish taklifi ishlab chiqilgan;
ta’lim-tarbiya muassasalarining rahbar xodimlari, pedagog va murabbiylarining faoliyat samaradorligiga qarab rag‘batlantirish mexanizmi maktablarda o‘z-o‘zini baholash faoliyatida “1-darajali o‘qituvchi”, “2-darajali namunali o‘qituvchi” va “3-darajali yetakchi o‘qituvchi” mezonlarini tatbiq etish asosida takomillashtirilgan;
maktab ta’limi sifatini baholash tizimini boshqarishni Xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS, PIRLS) tamoyillari asosida manfaatdor subektlarning baholashdagi o‘zgarishlardan xabardorligini ta’minlash mexanizmi orqali takomillashtirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktab ta’limi sifatini baholash tizimida o‘zgarishlarni boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “o‘zgarishlarni boshqarish” tushunchasining iqtisodiy mazmunini iqtisodiyotning soha va tarmoqlarida o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun ta’lim sifatini baholashdagi o‘zgarishlarga ehtiyojni his qilish zarurligi, buning uchun mamlakat ta’lim tizimidagi islohotlarni tahlil qilish, xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarni boshqarish yondashuvlarini o‘rganish nuqtai nazaridan takomillashtirish bo‘yicha nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Ishlab chiqarish menejmenti” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023 yil 26 iyundagi 211-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda mamlakat ta’lim tizimidagi islohotlarni tahlil qilish hamda xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarni boshqarish yondashuvlarini o‘rganish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “o‘zgarishlarni boshqarish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
ilmiy-tadqiqot va ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishda o‘z tavsifiga ko‘ra xususiy sektorda nisbatan samarali tashkil etiluvchi va rivojlanuvchi soha va jarayonlarni aniqlash hamda izchil ravishda mazkur sektorga o‘tkazish asosida uning salmog‘ini kengaytirish orqali raqobat muhitini rivojlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025 yil 17 yanvardagi 03-33-138-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlarda 573 ta nodavlat ta’lim tashkilotlarini tashkil etish va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish imkoni yaratilgan;
ta’lim-tarbiya muassasalarining rahbar xodimlari, pedagog va murabbiylarining faoliyat samaradorligiga qarab rag‘batlantirish mexanizmi maktablarda o‘z-o‘zini baholash faoliyatida “1-darajali o‘qituvchi”, “2-darajali namunali o‘qituvchi” va “3-darajali yetakchi o‘qituvchi” mezonlarini tatbiq etish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025 yil 17 yanvardagi 03-33-138-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ta’lim-tarbiya muassasalarining rahbar xodimlari, pedagog va murabbiylarining faoliyatining muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida rag‘batlantirish joriy etilgan;
maktab ta’limi sifatini baholash tizimini boshqarishni Xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS, PIRLS) tamoyillari asosida manfaatdor subektlarning baholashdagi o‘zgarishlardan xabardorligini ta’minlash mexanizmi orqali takomillashtirish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 8 maydagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baxolash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rishga yo‘naltirilgan tayanch maktablar faoliyatini tashkil etish haqida”gi 17-son va 23 qq-son Qo‘shma Qarorida o‘z aksini topdi (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025 yil 17 yanvardagi 03-33-138-son ma’lumotnomasi). Natijada tadbirlarning tizimli va samarali tashkil etish maqsadida 348 ta tayanch maktablar faoliyati tashkil etildi, ularga hududdagi yaqin manzillarda joylashgan maktablarni biriktirildi hamda tayanch maktablarda o‘quv mashg‘ulotlari, seminar-treninglar, davra suhbatlarini o‘tkazish belgilandi.