Qurbonov Shovqi Djuraevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sitrus mevalar etishtirishni iqtisodiy rag‘batlantirish yo‘llari”, 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt.2122.
Ilmiy rahbar: Aliev Yashnarjon Egamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Ubaydullaev Kayrulla, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Farmanov Jonibek Ziyadullaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Respublikada sitrus mevalarni yetishtirish tizimini rivojlantirish va tarmoq samaradorligini oshirish rag‘batlantirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
issiqlikdan foydalanish samaradorligi hamda uglevod ajratmalari kabi indekslarga ko‘ra barqaror qishloq xo‘jaligi amaliyotini joriy etishni “nobarqaror” [0,1-0,33], “turg‘un” [0,34-0,61] va “barqaror” [0,62-1,0] darajalardagi baholash mezonlari asoslangan;
sitrus mevalarni etishtirishni davlat tomonidan iqtisodiy rag‘batlantirishda eksportyor korxonalarning transport xarajatlarining bir qismini qoplab berishda valyuta kursiga asoslanish, energiya sarfini liberallashtirish, tomorqa erining sifat ko‘rsatkichidan kelib chiqqan holda tabaqali soliq qo‘llash taklifi asoslangan;
kichik hajmda mahsulot etishtiruvchi dehqon xo‘jaliklariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati oshirish maqsadida “Sitrus mevalar etishtiruvchilarga xizmatlar ko‘rsatish markazi” hamda markaz tarkibida hududlarda faoliyat yurituvchi “Sitrus diagnostika markazlari”ni tashkil etish taklifi asoslangan;
Qashqadaryo viloyatida istiqbolda aholi bandligi, energiya ta’minoti va eksport-import ko‘rsatkichlaridagi tendensiyalarni inobatga olgan holda sitrus mevalarni etishtirish hajmi o‘zgarishining 2030 yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda sitrus mevalarni etishtirish tizimini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
issiqlikdan foydalanish samaradorligi hamda uglevod ajratmalari kabi indekslarga ko‘ra barqaror qishloq xo‘jaligi amaliyotini joriy etishni “nobarqaror” [0,1-0,33], “turg‘un” [0,34-0,61] va “barqaror” [0,62-1,0] darajalardagi baholash mezonlaridan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 8 oktyabrdagi 05/06-02-874-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ushbu ko‘rsatkichlar turli toifadagi xo‘jaliklar kesimida ishlab chiqarish samaradorligini tahlil qilish va ular orqali yirik va mayda sitrus mahsulotlarini etishtirayotgan xo‘jaliklarda xarajatlar hisobini yuritish, resurslarni to‘g‘ri taqsimlash imkonini bergan;
sitrus mevalarni etishtirishni davlat tomonidan iqtisodiy rag‘batlantirishda eksportyor korxonalarning transport xarajatlarining bir qismini qoplab berishda valyuta kursiga asoslanish, energiya sarfini liberallashtirish, tomorqa erining sifat ko‘rsatkichidan kelib chiqqan holda tabaqali soliq qo‘llash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 8 oktyabrdagi 05/06-02-874-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ushbu taklif sitrus etishtiruvchi fermer xo‘jaliklarini iqtisodiy rag‘batlantirish maqsadida ularga soliq, kredit, bojxona imtiyozlarini berish, subsidiyalar ajratish va xarajatlarning bir qismini qoplash, shuningdek, ajratilgan erlarda iqlim sharoitini hisobga olgan holda iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, mazkur fermer xo‘jaliklarida hududiy yondashuvlarni ishlab chiqish orqali tabaqalashtirilgan rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish ishlab chiqarish samaradorligini 20-25 foizga oshirish imkonini bergan;
kichik hajmda mahsulot etishtiruvchi dehqon xo‘jaliklariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati oshirish maqsadida “Sitrus mevalar etishtiruvchilarga xizmatlar ko‘rsatish markazi” hamda markaz tarkibida hududlarda faoliyat yurituvchi “Sitrus diagnostika markazlari”ni tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 8 oktyabrdagi 05/06-02-874-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sitrus mevalarni etishtirishda ilmiy salohiyatli kadrlar tayyorlash ko‘lamini kengaytirish, sitrus mevalarining integratsiyalashuv jarayonidagi xizmatlar samardorligini kengaytirish borasidagi ilmiy tadqiqotlar natijasida ularga xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlar faoliyatini rivojlantirish, maslahat-servis tuzilmalarini rag‘batlantirish orqali ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati va bozorgirligini oshirishga va raqobatbardosh mahsulotlar hajmini 25-30 foizga oshirish imkonini bergan;
Qashqadaryo viloyatida istiqbolda aholi bandligi, energiya ta’minoti va eksport-import ko‘rsatkichlaridagi tendensiyalarni inobatga olgan holda sitrus mevalarni etishtirish hajmi o‘zgarishining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 8 oktyabrdagi 05/06-02-874-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida prognoz ko‘rsatkichlaridan mahsulot ishlab chiqarish, sotish, bozor talabini qondirish, hududlarda qisqa va o‘rta muddatli dasturlarni yaratish va ulardan samarali foydalanish hamda iste’mol tovarlari bozorida talab va taklif muvozanatini to‘g‘ri taqsimlash, savdo va xizmat ko‘rsatish samaradorligini 25 foizgacha oshirish imkoni yaratilgan.