Xujaqulov Fayzi Mardanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sirdaryo viloyati tuproq-iqlim sharoitiga mos uzum navlarini tanlash va ko‘chatini etishtirish texnologiyasini ishlab chiqish”, 06.01.07-Mevachilik va uzumchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Qx1396
Ilmiy rahbar Sultonov Komolitdin Sadriddinovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Buriev Xasan Chutbaevich, biologiya fanlari doktori, professori; Malikov Azim Ne’matovich, qishloq xo‘jaligi  fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Akademik M.Mirzaev nomli Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sirdaryo viloyati tuproq-iqlim sharoitiga mos uzumning xo‘raki, kishmishbop va sharobbop navlarini tanlash va ko‘chat etishtirish agrotexnikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Sirdaryo viloyatining sho‘rlangan tuproq-iqlimi sharoitida istiqbolli etishtirish mumkin bo‘lgan xo‘raki Tayfi rozoviy, kishmishbop Kishmish Sogdiana va sharobbop Bayan shirey navlari tanlangan;
tok qalamchalari ekishdan oldin kilchyovka qilinganda Tayfi rozoviy navida tutuvchanlik 81,0 %, Kishmish Sogdiana navida 81,5 % hamda Bayan shirey navida 84,0 % gacha etishi aniqlangan;
qalamchalarni ekishdan oldin tuproqqa 40 tonna organik, o‘suv davrida N70 P50 K20 mineral o‘g‘itlar solinganda tutuvchanlik xo‘raki Tayfi rozoviy navida 88,5 % Kishmish Sogdiana navida 83,5 % va Bayan shirey navida 89,0 % ga etishi aniqlangan;
tok qalamchalarida eng yuqori tutuvchanlik IMKning 50 mg/l suv eritmasi bilan ishlov berilganda – Tayfi rozoviy navida 92,5 %, Kishmish Sogdiana navida 84,5 % va Bayan shirey navida 93,0 % bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sirdaryo viloyati tuproq-iqlim sharoitiga mos uzum navlarini tanlash va etishtirish agrotexnikasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
tok ko‘chatlarini yog‘ochlashgan qalamchalardan etishtirishda organik va mineral o‘g‘itlarni qo‘llash ishlanmasi Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani “Akobir Azamat Sabina Fayz” fermer xo‘jaligida 0,5 gektar, “Lapas ota anorlari” fermer xo‘jaligida 0,5 gektar va Boyovut “Abduvoit Mirziyo” fermer xo‘jaligida 1,0 gektar, jami 1,5 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va iinovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 7-avgustdagi 05/06-04-362-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida qalamchalarni ekishdan oldin tuproqqa 20 dan 40 tonnagacha me’yorda organik va o‘suv davrida N30P20K10 dan N70P50K20 me’yorda mineral o‘g‘itlar qo‘llanilganda 1,3 mingdan 4,2 mingtagacha qo‘shimcha ko‘chat etishtirilgan, iqtisoddiy samaradorlik 130,4 % ni tashkil etgan;
tok ko‘chatlarini yog‘ochlashgan qalamchalardan etishtirishda ularga ekish oldi mexanik ishlov berish va o‘stiruvchi moddalardan foydalanish ishlanmasi Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani “Akobir Azamat Sabina Fayz” fermer xo‘jaligida 0,5 gektar, “Lapas ota anorlari” fermer xo‘jaligida 0,5 gektar va Boyovut “Abduvoit Mirziyo” fermer xo‘jaligida 1,0 gektar, jami 1,5 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va iinovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 7-avgustdagi 05/06-04-362-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida qalamchalarni ekishdan oldin kilchyovkalash va ularga o‘stiruvchi IMK moddasi bilan 50 mg/l me’yorda ishlov berilganda 3,7 mingdan 7,5 ming tagacha qo‘shimcha ko‘chat va ularning realizatsiyasidan navlar bo‘yicha mos holda 22857 ming so‘mdan 34068 ming so‘mgacha qo‘shimcha daromad olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish