Karabaev Nodir Abduhamidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklari faoliyatini reyting tizimi asosida baholashni takomillashtirish», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt108.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Farxod Isamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.15.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sultonboeva Munira Baxodirovna, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tijorat banklari faoliyatini reyting tizimi asosida baholashni takomillashtirish yuzasidan ilmiy-uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari faoliyatini reyting tizimi asosida baholash tartibi sof barqaror moliyalashtirish me’yorini kiritish orqali takomillashtirilgan;
tijorat banklari reytingi o‘zgarishi ehtimolligini aniqlash va prognozlash amaliyoti banklar kapitallashuv darajasini oshirishning muqobil mezonlari asosida takomillashtirilgan;
tijorat banklarining majburiyatlar bo‘yicha renkingini oshirishda bank marketing bo‘limi faoliyatini kengaytirish orqali aholi uchun qulay manfaatli omonat turlarini jalb etishning «marketing-aholi-omonat» mexanizmi asoslangan;
tijorat banklarining kapital bo‘yicha renkingini oshirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish asosida yangi interaktiv bank xizmatlarini joriy etish tartibi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklari faoliyatini reyting tizimi asosida baholashni takomillashtirish bo‘yicha oling ilmiy natijalar asosida:
tijorat banki reytingini to‘g‘ri baholashda sof barqaror moliyalashtirish me’yorini kiritish bo‘yicha taklifi «Aloqabank» ATB amaliyotiga joriy etilgan («Aloqabank» ATBning 2018 yil 29 oktyabrdagi 19-12/4789-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida tijorat bankining 2018 yilda milliy valyutadagi depozitlari – B1/NP, xorijiy valyutadagi depozitlari – B2/NP ko‘rsatkichlari bo‘yicha reyting prognozi Moody’s xalqaro reyting agentligi tomonidan «Barqaror» prognozi berilgan;
Xalqaro Early Warning Systems (EWS) modeliga asoslangan holda tijorat banklari reytingini o‘zgarishi ehtimolligini aniqlash va prognozlash bo‘yicha taklifi «Aloqabank» ATB amaliyotiga joriy etilgan («Aloqabank» ATBning 2018 yil 29 oktyabrdagi 19-12/4789-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi asosida bank reyting ko‘rsatkichlarining ehtimoliy o‘zgarishi monitoringi natijasida «Axbor-Reyting» milliy reyting kompaniyasi tomonidan AT «Aloqabank»ning 2017 yildagi “UzA+”(yuqori) kreditga layoqatlilik reytingi 2018 yilda ham qayta tasdiqlanishga erishilgan;
tijorat banki majburiyatlar bo‘yicha renkingini oshirishda aholi bo‘sh pul mablag‘larini omonatlarga jalb etish hamda aholi uchun qulay manfaatli omonat turlarini «Manfaat», «Iftixor 2017», «Agrolyuks» va «SPK muddatli» jalb etish bo‘yicha taklifi «Agrobank» ATB amaliyotiga joriy etilgan («Agrobank» ATBning 2018 yil 20 apreldagi 21-03/120-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida aholining muddatli va jamg‘arma omonatlari qoldig‘i 2017 yil boshiga nisbatan 106,3 mlrd. so‘m yoki 119 foizga oshgan, majburiyatlar bo‘yicha bank renkingi 2016 yilga nisbatan 1 pog‘onaga, bank sektoridagi ulushi (2,9%) 3,8% ga oshgan;
tijorat bankida interaktiv bank xizmatlari, jumladan «Agrobankmobile» innovatsion xizmat turiga byudjet va maktabgacha ta’lim muassasalariga to‘lovlarni kiritish orqali kapital bo‘yicha renkingini oshirish taklifi «Agrobank» ATB amaliyotiga joriy etilgan («Agrobank» ATBning 2018 yil 20 apreldagi 21-03/120-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida «Agrobankmobile» innovatsion xizmat turi bo‘yicha mijozlar soni 32,2 ming nafar kishini tashkil etib, 140 ga yaqin to‘lovlarni amalga oshirish imkonini bergan.