Pardaeva Shaxnoza Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sigirlarda pododermatitlarning qiyosiy patomorfologiyasi”, 16.00.02 – Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/V114
Ilmiy rahbar: Dilmurodov Nasriddin Babakulovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019 V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Elmurodov Bozorboy Aktamovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Yulchiev Jasur Baxodirovich, veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahsuldor sigirlarda tuyoq pododermatitlarining mavsumiy uchrash darajasi, yiringsiz va yiringli pododermatitlarda tuyoq shox kapsulasi va yumshoq to‘qimalarining patomorfologik o‘zgarishlarini o‘rganish va qiyosiy tashxislashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sut yo‘nalishidagi qoramolchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklar sharoitidagi zotli sigirlar tuyoqlarida yiringsiz va yiringli pododermatitlarning bir-biriga bog‘liq holda mavsumiy uchrash darajasi bahor faslida eng yuqori bo‘lishi aniqlangan;
sigirlar yiringsiz pododermatitlari tuyoq kaftida sarg‘ish rangga ega bo‘lgan qo‘shaloq taglikning hosil bo‘lishi va yiringli pododermatitlarda shikastlangan oldingi oyoqlarini X-simon qo‘yib tashqi tuyoqchalariga tayanishdek o‘ziga xos klinik belgilari bilan kechishi aniqlangan;
yiringsiz pododermatitlarda teri asosi (derma) va teri osti qatlami (gipoderma) qizarib qalinlashganligi, so‘rg‘ichlari soni kamayganligi va yiringli pododermatitlarda teri asosi (derma) va teri osti qatlamining (gipoderma) shishib qalinlashganligi, so‘rg‘ichlarida gipertrofiya, qon quyilganligi va nekroz kabi patanatomik o‘zgarishlari aniqlanib, qiyosiy tashxislash ilmiy asoslangan;
sigirlarning yiringsiz pododermatitlarida epidermisdagi hujayralar vakuolizatsiyasi, spongiozi va bazal qatlami yupqalashganligi va yiringli jarayonlarida epidermisdagi hujayralarda distrofik o‘zgarishlar, nekroz, shish va hujayralar yadrolarida reksis va piknoz kabi gistopatologik o‘zgarishlarga asoslanib, kasallikni laborator tashxislash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sigirlarda pododermatitlar diagnostikasi va patomorfologiyasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Sigirlarda yiringsiz va yiringli pododermatitlar diagnostikasi va patomorfologiyasi bo‘yicha tavsiyalar» ishlab chiqilib o‘quv jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq ho‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 11.10.2024 yildagi 02/23-566-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarning qo‘llanilishi natijasida hayvonlarda uchraydigan pododermatitlar bo‘yicha mavjud o‘quv va ilmiy ma’lumotlarni boyitish, veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlashda «pododermatitlar» ning uchrash darajasi va kasallikning patomorfologik o‘zgarishlarini aniqlash asosida tashxis qo‘yish imkoniyati yaratilgan;
tadqiqotlarning sigirlar pododermatitida tuyoq shox kapsulasi va yumshoq to‘qimalarida patologoanatomik va gistopatologik ilmiy asoslangan xulosalari «Veterinariya xirurgiyasi» fanining «ortopediya» bo‘limi va «Patologik anatomiya, gavda yorish va veterinariya sud ekspertizasi» fanining «tuyoq kasalliklarning patomorfologiyasi» bo‘limini o‘qitish jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq ho‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 11.10.2024 yildagi 02/23-566-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar asosida sigirlar pododermatitining turi va kechish bosqichlarini inobatga olgan holda tashxis va qiyosiy tashxis qo‘yish hamda davolash va oldini olishning ilmiy asoslangan samarali usullarini ishlab chiqish, sigirlar pododermatitining uchrash darajasi, patologoanatomik va gistopatologik o‘zgarishlarini o‘rganish bo‘yicha talabalarning faollik va o‘zlashtirish darajasini 96% ga etkazishga erishilgan.