Safoev Husen Aminovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Globallashuv sharoitida talabalarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning pedagogik mexanizmini takomillashtirish” 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8550
Ilmiy rahbar: Sattorov Anvar Ergashovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Kadirov Kuvondiq Ayitbaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Akramova Shaxnoza Abrorovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi globallashuv sharoitida talabalarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning pedagogik mexanizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
globallashuv sharoitida harbiy-vatanparvarlik tarbiyaning tarkibiy qismlari – Vatanga muhabbat, burchga sadoqat, dovyuraklik, qat’iylik, fidoyilik, jasorat, qahramonlik, insonparvarlik sifatlarini talabalarda shakllantirish mexanizmlarining pedagogik shart-sharoitlari aniqlangan;
oliy ta’lim muassasalari “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” yo‘nalishi talabalarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi axborot xurujlariga nisbatan mafkuraviy immunitetni mustahkamlashni ta’minlovchi aksiologik yondashuvga yo‘naltirilgan ma’naviy-ahloqiy, tarixiy-madaniy, siyosiy-huquqiy mazmundagi intensiv natijadorlikka ega “innovatsion loyiha” texnologiyasi takomillashtirilgan;
harbiy-vatanparvarlik tarbiyaning asosiy tarkibiy elementlari – ahloqiy-siyosiy, harbiy-texnik va jismoniy tayyorgarlikni oliy ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etish orqali talabalarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mexanizimining takomillashtirilgan modeli ishlab chiqilgan;
ajdodlar merosi va rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasiga asoslangan holda talabalarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan pedagogik kompetensiyalar va kasbiy tayyorgarlik samaradorligini kafolatlovchi ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Globallashuv sharoitida talabalarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning pedagogik mexanizimini takomillashtirish bo’yicha tadqiqot natijalari asosida:
globallashuv sharoitida harbiy-vatanparvarlik tarbiyaning tarkibiy qismlari – Vatanga muhabbat, burchga sadoqat, dovyuraklik, qat’iylik, fidoyilik, jasorat, qahramonlik, insonparvarlik sifatlarini talabalarda shakllantirish mexanizmlarining pedagogik shart-sharoitlari aniqlashtirishga oid tavsiyalaridan “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Harbiy qismlarda tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar uslubiyoti” darsligini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-sonli buyrug‘i; 232-528 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada Vatan himoyachisi bo‘lgan harbiy pedagogining asosiy talablari huquqiy asosga ega bo‘lishiga, shaxsiy tarkib o‘rtasida harbiy intizomni mustahkamlash, uyushqoqlik va harbiy xizmatchilarda vatanparvarlik hissiyotlarini uyg‘otishga amaliy yordam beruvchi dasturulamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
oliy ta’lim muassasalari “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” yo‘nalishi talabalarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi axborot hurujlariga nisbatan mafkuraviy immunitet shakllantirishning ma’naviy-ahloqiy, tarixiy, siyosiy-huquqiy yo‘nalishlari asosida innovatsion loyiha texnologiyasini ishlab chiqishga oid tavsiyalaridan “Harbiy rahbar mahorati va etikasi” darsligini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-sonli buyrug‘i; 429-565 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada harbiy xizmat o‘tayotgan barcha toifadagi harbiy xizmatchilarning o‘z kasbini chuqur egallashi, faoliyatini samarali tashkillashtirishning zamonaviy yondashuvlari orqali faol, mehnatsevar, malakali mutaxassis, etuk harbiy-vatanparvar shaxs qilib tarbiyalash jarayoni amaliyotiga joriy etilgan.
Harbiy-vatanparvarlik tarbiyaning asosiy tarkibiy elementlari – axloqiy-siyosiy, harbiy-texnik va jismoniy tayyorgarlikni oliy ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etish orqali talabalarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni mexanizimining takomillashtirilgan modeli boʻyicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan “Harbiy rahbar mahorati va etikasi” nomli darsligini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noybrdagi 429-sonli buyrug‘i; 429-565 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari talabalari shaxsiy tarkibini harbiy an’analar asosida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, har bir harbiy pedagogning ongi va qalbida harbiy vatanparvarlikni qaror toptirish va rivojlantirish, shuningdek, ta’lim tizimida yoshlarni mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik, milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik va sadoqat tamoyillari asosida tarbiyalash imkoniyati “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etilgan.