Qurbanov Hamidjon Xujaniyozovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda yarim additiv funksionallarga oid tushunchalarni smart texnologiyalar asosida shakllantirish metodikasi”, 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6838.
Ilmiy rahbar: Zaitov Adilbek Ataxanovich, fizika-matematika fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Seitnazarov Kuanishbay Kenesbaevich, texnika fanlari doktori, professor; Ibraymov Askar Esbosinovich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda yarim additiv funksionallarga oid tushunchalarni Smart texnologiyalar asosida shakllantirish metodikasiga oid tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:   
yarim additiv funksionallarga oid tushunchalar SMART texnologiyalar asosida shakllantirishning didaktik imkoniyatlari talabalarning individual akademik traektoriyasini kasbiy yo‘nalganlik muhitda tashkil etishning barqaror natijadorligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
yarim additiv funksionallarga oid tushunchalarni SMART texnologiyalar asosida shakllantirishning elektron ma’lumotlar bazalaridan foydalanish modeli reglamentli interval, vizual dizayn kabi talabalarda ijodiy faollik, ma’lumotlarni tezkor filtrlash ko‘nikmalarini tizimli rivojlantiruvchi tamoyillarni adaptiv o‘qitish muhitiga interpritativ ta’sirchanlikda kiritish asosida takomillashtirilgan;
yarim additiv funksionallarga oid tushunchalarni SMART texnologiyalar asosida shakllantirishning raqamli ta’lim resursidan foydalanish metodikasi o‘qituvchi va talabaning ehtiyojlarini hisobga olib, bilim darajasini aniqlash, o‘quv jarayonini avtomatik boshqarish va baholash tizimlarini qo‘llash orqali interaktiv topshiriqlar va testlarni avtomatik tekshirishga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini samarali hamda individual tarzda tashkil etishning dinamik ketma-ketligining innovatsion integratsiyasiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
yarim additiv funksionallarga oid tushunchalar mustaqil ta’limini sun’iy intellektga asoslangan Wolfram Alpha, Mathematica va Python dasturlaridan foydalanish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Interaktiv raqamli ta’lim resursini yaratish va uni o‘quv jarayoniga qo‘llash bo‘yicha olingan natijalari asosida:
Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalariga yarim additiv funksionallarga oid tushunchalar SMART texnologiyalar asosida shakllantirishning didaktik imkoniyatlari talabalarning individual akademik traektoriyasini kasbiy yo‘nalganlik muhitda tashkil etishning barqaror natijadorligini aniqlashda ijodiy yondashuvchi va faol fikrlovchi pedagog, ta’lim jarayonini modellashtirish usuli va o‘z faoliyati natijalarini oldindan bashorat qilishni talab etadi. Raqamli ta’lim resurslari va o‘quv-metodik majmualarni SMART-ta’limda qo‘llanilishi uchun loyihalash ko‘nikmasi o‘qituvchi professionalizmining bir qismi hisoblanadi. Shuningdek 60110600 – Matematika va informatika bakalavriat talim yo‘nalishi talabalari uchun “Pedagogik dasturiy vositalar” nomli o‘quv qo‘llanmasining mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 16-oktyabrdagi 4/17-03/2242-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak mutaxassislarning dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanish hamda ta’lim natijalarini amaliyotda samarali qo‘llay olish ko‘nikmalari rivojlantirilgan;
Talabalar yarim additiv funksionallarga oid tushunchalarni SMART texnologiyalar asosida shakllantirishning elektron ma’lumotlar bazalaridan foydalanish modeli reglamentli interval, vizual dizayn kabi talabalarda ijodiy faollik, ma’lumotlarni tezkor filtrlash ko‘nikmalarini tizimli rivojlantiruvchi tamoyillarni adaptiv o‘qitish muhitiga interpritativ ta’sirchanlikda kiritishga doir tavsiyalar 60110600 – Matematika va informatika bakalavriat talim yo‘nalishi talabalari uchun “Pedagogik dasturiy vositalar” nomli o‘quv qo‘llanmasining mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-son buyrugʻiga muvofiq, nashr ruxsatnomasi berilgan). Natijada talabalarga matematika va informatika fanlarini o‘qitishda o‘quv-metodik ta’minot darajasini oshirish imkonini bergan;
Talabalarning mustaqil ta’limini samarali tashkil etishga sun’iy intellektga asoslangan Wolfram Alpha, Mathematica va Python dasturlaridan foydalanish, ishlab chiqish va amalga tatbiq etishga doir taklif va tavsiyalardan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti qoshidagi “Avtosanoat innovatsiya markazi”da PZ-202008263 “Ishlab chiqarish korxonalarida programmalashtirilgan mantiqiy kontroller (PMK) asosida ishlaydigan simulyatorni ishlab chiqish”(2022-2024 yy.) amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 16-oktyabrdagi 4/17-03/2242-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihani bajarishda PMK asosida ishlaydigan simulyatorni ishlab chiqishni ilmiy asoslash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish