Mambetkarimov Bayniyaz Meyrmanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim tizimida dasturlash tillarini interfaol metodlar asosida o‘rgatishni takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1PhD/Ped7079.
Ilmiy rahbar: Seitnazarov Kuanishbay Kenesbaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori, professor, Kayumova Nasiba Ashurovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim tizimida dasturlash tillarini interfaol metodlar asosida o‘rgatish mexanizmini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
oliy ta’lim tizimida dasturlash tillarini o‘qitish mazmuni triangulyaktiv yondashuv asosida discussion-based learning, project-based learning, problem-based learning metodlarining kombinatsiyasi orqali pedagoglarning subektiv-refleksiv pozisiyasiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan.
oliy ta’lim tizimida talabalar tomonidan dasturlash tillarini o‘zlashtirish samaradorligini oshirish jarayonida multimediali vositalar va o‘yin texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlariga ustuvorlik berish orqali interfaol mashg‘ulot tuzilmasi ishlab chiqilgan;
talabalarning dasturlash qobilyatini rivojlantirish bosqichida tanlangan dasturlash tilini mukammal o‘rganishda mashg‘ulot tashkil qilish va uni boshqarishda o‘qituvchining ta’lim berish muhitini PTE (Personal Teaching Environment) va talaba uchun shaxsiy bulitli talim PLE (Personal Learning Environment) muhitining integratsiya qilingan modeli takomillashtirilgan hamda raqamli ta’lim resursi sayti ishlab chiqilgan.
talabalarga dasturlash tillarini chuqur o‘rgatish loyiha algoritmlarni tuzish, mashg‘ulotlarda egallangan bilimlarini mustahkamlashga mo‘ljallangan Crocodile ICT dasturiy muhitini o‘z ichiga oluvchi kombinatsiyalangan triangulyasiya yondashuvi asosida ta’limning texnologik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim tizimida dasturlash tillarini interfaol metodlar asosida o‘rgatishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
interfaol ta’limni tashkil etishda ta’lim samaradorligini oshirish uchun intellektual salohiyatini, analitik tafakkurini takomillashtirish bo‘yicha bilimlar, ijodkorlik, o‘z-o‘zini tarbiyalash, talabalarda kognitiv jarayonlarni rag‘batlantirish va ijobiy ish muhitini yaratishda ustuvorlik berish orqali aniqlashtirihga doir taklif va tavsiyalardan “Python dasturlash tili” nomli darslikni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 4-martdagi 55-son buyrug‘i, 199899-raqamli ruxsatnomasi). Natijada, talabalarda dasturlash qobiliyatini rivojlantitish asosida o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
talabalarning dasturlash tillarini o‘rganish va bilim salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha interfaol mashg‘ulotni tashkil etishning muhim qoidalari va turli mashg‘ulotlar (ma’ruza, amaliy,
seminar, laboratoriya va mustaqil ta’lim)da dasturlash tillarini o‘rganish mahoratini takomillashtirishga doir takliflardan “Matematikadan amaliy misollar va amaliy masalalar echish usullari” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekison Respublikasi oliy va o‘rta maxsus tta’lim vazirligining 2018-yil 14-yanvardagi 531-son buyrug‘i, 531-191 raqamli guvohnomasi). Natijada, talabalarga dasturlash tillarini interfaol metodlar asosida o‘zlashtirish samaradorligini takomillashtirishga xizmat qilgan;
talabalarga dasturlash tillarini o‘rgatishda zamonaviy dasturlash tillari darslarida o‘qituvchi va talaba o‘rasidagi hamkorlik modeli va ularning o‘zaro faoliyatini modellashtirish, raqamli ta’lim resurs (https://prog-int.uz/) sayti, interfaol darlarsni tashkil etish qoidalari shuningdek, dars jarayonida o‘yin texnologiyalarini qo‘llash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Evropa hamjamiyatining Erasmus plus ERASMUS-EDU-2022-101082242- raqamli “I2-PLEDGE” (2023-2024 yy.) mavzusidagi xalqaro loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 29-oktyabrdagi 11-05-6197/04-son dalolatnomasi). Natijada, dasturlash tillarini interfaol metodlar asosida o‘qitishni takomillashtirish va ta’lim samaradorligini oshirishga erishilgan.