Abduazizova Veronika Vadimovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak kasb ta’limi pedagoglarini pedagogik ijodiyotga tayyorlashning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish», 13.00.05–Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped484. 

Ilmiy rahbar: Djuraev Risboy Xaydarovich, pedagogika fanlari doktori, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy- tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti, DSc.27.06.2017.Ped.48.01.

Rasmiy opponentlar: Sharipova Dilyara Djumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Golish Lyudmila Vladimirovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi:bo‘lajak kasb ta’limi pedagoglarini pedagogik ijodiyotga tayyorlash jarayonining ilmiy-metodik asoslarini  takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

kasbiy ta’lim yo‘nalishlari talabalarining ijodiy salohiyatini shakllantirishning o‘z-o‘zini faollashtirish, produktivlik, abstraktlilik va ekstentivlik kabi psixologik-pedagogik omillarini belgilash asosida talabalarning kreativ, texnologik va diagnostik qobiliyatlarini shakllantirish imkoniyatlari (sub’ektlilik, masofaviylik va innovatsion g‘oyalarni izlash) kengaytirilgan;

bo‘lajak kasb ta’limi pedagoglarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda ularning o‘z-o‘zini rivojlantirish, assotsiativ va nostandart fikrlash ko‘nikmalarini kreativ ta’lim texnologiyalari asosida shakllantirish orqali ijodiy pedagogik salohiyatni xarakterlovchi motivatsion, faoliyatli, pragmatik va novatorlik kabi tashkiliy-funksional komponentlari mazmuni takomillashtirilgan;

talabalarning moslashuvchanlik, mustaqil fikrlash, kasbiy faollik va ijodiy-yaratuvchanlik kabi pedagogik ijodiyotga tayyorgarlik darajalarini oshirishga qaratilgan muammoli o‘qitish texnologiyalari va integrativ amaliy topshiriqlar tizimini ishlab chiqish orqali bo‘lajak kasb ta’limi pedagoglarini tayyorlash metodikasi takomillashtirilgan;

kasbiy ta’lim jarayonida auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar va laboratoriya-tadqiqot ishlarini o‘tkazishda integrativ metodlar (“ariz-triz”, keys-stadi, loyiha) hamda muammoli-izlanishli keyslar banki kabi didaktik vositalardan foydalanishning diagnostik va samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholash mezonlari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bo‘lajak kasb ta’limi pedagoglarini pedagogik ijodiyotga tayyorlashning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

ijodiy-yaratuvchanlik xarakterdagi amaliy topshiriqlar tizimi va muammoli o‘qitish texnologiyalari asosida pedagogik ijodiyot darajasini oshirishning innovatsion usullarini qamrab oluvchi taklif va tavsiyalar tajriba-sinov maydonlaridagi 5111000–Kasbiy ta’lim bakalavriat yo‘nalishlari malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan va o‘quv jarayonida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 31 oktyabrdagi 89-03-2620-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar talabalarni pedagogik ijodga tayyorlash jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan;

kasbiy ta’lim jarayonida auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarni tadqiqotli “ariz-triz” laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda muammoli-izlanishli keyslar banki va zamonaviy didaktik vositalardan foydalanish samaradorligining tashkiliy-diagnostik ko‘rsatkichlarini baholash mezonlari, “Hozirgi davrda dunyoda uzluksiz kasbiy ta’limni rivojlantirishning mayllari va istiqbollari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 31 oktyabrdagi 89-03-2620-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv qo‘llanma bo‘lajak kasb ta’limi pedagoglarining intellektual kasbiy salohiyati va ijodiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qilgan;

pedagogik ijodga tayyorlash bo‘yicha didaktik mexanizmlarini qamrab oluvchi kreativ ta’lim texnologiyalar asosida shaxsning kasb jihatdan ahamiyatli fazilatlarini yuksaltirishga yo‘naltirilgan “Ta’lim oluvchilarda o‘zini o‘zi ifodalash va o‘zini o‘zi namoyon qilish qobiliyatlarini shaxsning asosiy fazilatlari sifatida shakllantirish – davr talabi” va “Bo‘lajak muhandis-pedagoglarni pedagogik ijodga tayyorlash” o‘quv-uslubiy ta’minot mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 31 oktyabrdagi 89-03-2620-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv-uslubiy ta’minot kasb ta’limi yo‘nalishlari talabalarining mustaqil ta’limini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish