Sabirova Dilnoza Shuxratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi xakida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogi nomi): “Ona organizmi orkali embrional tarakkiyot davrida pestisidlar bilan zaxarlangan avlodlar buyrak usti bezining usishi va shakllanishi”- 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ruyxatga olingan rakam: B2021.1.PhD/Tib1623.
Ilmiy raxbar: Oripov Firdavs Suratovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Nargiza Baxodirovna Zokirova, tibbiyot fanlari doktori; Adilbekova Dilorom Baxtiyarovna, tibbiyot fanlari doktori..
Yetakchi tashkilot: Osh davlat universiteti (Qirg‘iziston)
II. Tadqiqotning maqsadi: onaning tanasi orqali pestisidning eksperimental ta’sirida tug‘ruqdan keyingi rivojlanishning turli davrlarida buyrak usti bezining rivojlanishi va differensiatsiyasi jarayonidagi reaktiv o‘zgarishlarning morfologik va funksional xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
homiladorlik va laktatsiya davrida onaning organizmida pestisidlarning surunkali ta’sirida kalamushlar naslida tug‘ruqdan keyingi ilk rivojlanishning turli davrlarida buyrak usti bezlari po‘stlog‘ining o‘sishi, shakllanishi va differensial rivojlanishi asoslangan;
prenatal, tug‘ruqdan keyingi ilk rivojlanish va laktatsiya davrida turli xil turdagi pestisidlarning buyrak usti bezi po‘stlog‘ining rivojlanishi va shakllanishiga bir xil salbiy ta’siri asoslangan;
pestisidlarning stress ta’siri, boshqa, masalan autoimmun patologiyalar, qalqonsimon bez va boshqa organlarning kasalliklari ta’siri kabi, buyrak usti bezi po‘stlog‘i hujayralarida apoptozni rivojlantiradi, bu esa proliferatsiya va apoptoz jarayonlari o‘rtasidagi muvozanatning buzilishiga olib kelishi, bu esa buyrak usti bezi po‘stlog‘ining postnatal rivojlanish davrida shakllanishi va rivojlanishining buzilishini asosiy sabablaridan biri bo‘lishi mumkinligi aniqlangan;
erta postnatal ontogenezda pestisidlar ta’sirida buyrak usti bezlari po‘stlog‘ining rivojlanishi va shakllanishidagi salbiy reaksiyalarning keltirilgan morfofunksional algoritmi patogenetik mexanizmni, homiladorlik va tug‘ruqdan keyingi ilk postnatal davrda atrof-muhitning ifloslanishi sharoitida pestisidlarning salbiy ta’siri bilan bog‘liq asoratlarni oldini olish, diagnostika qilish, shuningdek davolash usullarini ishlab chiqish uchun asos bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Eksperimental tajriba hayvonlarida pestisidlar ta’sirida buyrak usti bezi po‘stlog‘ida morfofunksional o‘zgarishlarning morfologik, elektronmikroskopik, zamonaviy immunogistokimyoviy va immunoferment tekshirish usullari solishtirma tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: homiladorlik va laktatsiya davrida onaning organizmida pestisidlarning surunkali ta’sirida kalamushlar naslida tug‘ruqdan keyingi ilk rivojlanishning turli davrlarida buyrak usti bezlari po‘stlog‘ining o‘sishi, shakllanishi va differensial rivojlanishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2024 yil 29-maydagi 10 - sonli ilmiy kengashning qarori bilan tasdiqlangan «Izuchenie morfofunksional`nix osobennostey kori nadpochechnikov i vliyanie pestisidov na razvitie i stanovlenie ix u potomstva» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sog‘liqni saqlash amaliyotiga, akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy markazi Samarqand viloyati filialining amaliy va klinik amaliyotiga (№25-u&2, 11.06.2024, son buyrug‘i, 06.11.2024), shuningdek Navoiy viloyati endokrinologiya dispanseriga 2024 yil 20 iyundagi №66-son buyruq bilan joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/33-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Pestisidlarning surunkali ta’siri natijasida homilador ayollar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda buyrak usti bezi po‘stlog‘idagi morfofunksional o‘zgarishlarni va uning natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan og‘ir kasalliklar rivojlanishini oldini olishda profilaktik chora – tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: Pestisidlarning surunkali ta’siri natijasida buyrak usti bezining po‘stlog‘ida yuzaga kelgan morfofunksional o‘zgarishlar va uning natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar homiladorlik va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda morfologik, laborator tekshiruvlar yordamida erta tashhislash natijasida bemorlarning shifoxonada davolanish kunining kamayishi, boshqa sarf-xarajatlarning qisqarishi hisobidan byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni tejab-iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: prenatal, tug‘ruqdan keyingi ilk rivojlanish va laktatsiya davrida turli xil turdagi pestisidlarning buyrak usti bezi po‘stlog‘ining rivojlanishi va shakllanishiga bir xil salbiy ta’siri asoslanganligi Sog‘liqni saqlash amaliyotiga, akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy markazi Samarqand viloyati filialining amaliy va klinik amaliyotiga (№25-u&2, 11.06.2024, son buyrug‘i, 06.11.2024), shuningdek Navoiy viloyati endokrinologiya dispanseriga 2024 yil 20 iyundagi №66-son buyruq bilan joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/33-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Yangi zamonaviy pestisidlarning surunkali salbiy ta’sirini o‘rganish, homiladorlik davrida bo‘lgan onalarning avlodlarida tug‘ruqdan keyingi rivojlanish davrida gipofiz-buyrak usti bezi tizimining rivojlanishidagi buzilishlarini morfofunksional mexanizmlarini ochib berishning zamonaviy usullari ishlab chiqilganligi ushbu muammo bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlarning oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: pestisidlarning surunkali ta’siri natijasida homilador ayollar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda buyrak usti bezi po‘stlog‘idagi morfofunksional o‘zgarishlarni va uning natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni, hamda gormonal va antioksidant terapiya zaruratini oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan patogenetik mexanizmdan foydalanish natijasida tibbiy va iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.
uchinchi ilmiy yangilik: pestisidlarning stress ta’siri, boshqa, masalan autoimmun patologiyalar, qalqonsimon bez va boshqa organlarning kasalliklari ta’siri kabi, buyrak usti bezi po‘stlog‘i hujayralarida apoptozni rivojlantiradi, bu esa proliferatsiya va apoptoz jarayonlari o‘rtasidagi muvozanatning buzilishiga olib kelishi, bu esa buyrak usti bezi po‘stlog‘ining postnatal rivojlanish davrida shakllanishi va rivojlanishining buzilishini asosiy sabablaridan biri bo‘lishi mumkinligi aniqlangangani Sog‘liqni saqlash amaliyotiga, akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy markazi Samarqand viloyati filialining amaliy va klinik amaliyotiga (№25-u&2, 11.06.2024, son buyrug‘i, 06.11.2024), shuningdek Navoiy viloyati endokrinologiya dispanseriga 2024 yil 20 iyundagi №66-son buyruq bilan joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/33-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: pestisidlarning surunkali ta’siri natijasida buyrak usti bezining po‘stlog‘ida yuzaga kelgan morfofunksional o‘zgarishlar va uning natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar homiladorlik va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda morfologik, laborator tekshiruvlar yordamida erta tashhislash natijasida asoratlarning kamayishiga erishiladi. Iqtisodiy samaradorligi: pestisidlarning surunkali ta’siri natijasida buyrak usti bezining po‘stlog‘ida rivojlanishi mumkin bo‘lgan morfofunksional o‘zgarishlar va asoratlar homiladorlik va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda laborator tekshiruvlar yordamida erta tashhislash natijasida bemorlarning shifoxonada davolanish kunining kamayishi natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larining 854000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan va iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: erta postnatal ontogenezda pestisidlar ta’sirida buyrak usti bezlari po‘stlog‘ining rivojlanishi va shakllanishidagi salbiy reaksiyalarning keltirilgan morfofunksional algoritmi patogenetik mexanizmni, homiladorlik va tug‘ruqdan keyingi ilk postnatal davrda atrof-muhitning ifloslanishi sharoitida pestisidlarning salbiy ta’siri bilan bog‘liq asoratlarni oldini olish, diagnostika qilish, shuningdek davolash usullarini ishlab chiqish uchun asos bo‘lishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash amaliyotiga, akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy markazi Samarqand viloyati filialining amaliy va klinik amaliyotiga (№25-u&2, 11.06.2024, son buyrug‘i, 06.11.2024), shuningdek Navoiy viloyati endokrinologiya dispanseriga 2024 yil 20 iyundagi №66-son buyruq bilan joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/33-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Tadqiqot natijalarini amalga oshirish tug‘ruqdan keyingi ontogenezda pestisidlarning salbiy ta’sirini o‘z vaqtida erta tashxislash va diagnostika qilishning yangi usullarini ishlab chiqishga, nogironlik davrining 25-35% ga qisqarishi imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: pestisid bilan zaharlanishning dastlabki oqibatlarini oldini olish va davolash samaradorligini oshirish davolash xarajatlarini kamaytiradi va bolalarda turli rivojlanish davrida yuzaga keladigan kasalliklarning oldi olinadi. Natijada bemorlarning shifoxonada davolanish kunining kamayishi natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larining 854000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan va iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Ona organizmi orkali embrional tarakkiyot davrida pestisidlar bilan zaxarlangan avlodlar buyrak usti bezining usishi va shakllanishi» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengash raisiga Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori tomonidan 2024 yil 17 oktyabrdagi 11379--son xat yuborilgan.