Olimova Aziza Zokirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bosh miya shikastlanishlari turli bosqichlarida jigar morfometrik parametrlarining qiyosiy tavsifi», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1. RhD/Tib2369.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02. 2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Zokirova Nargiza Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ishigov Ibragim Agaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Turkiya sog‘lik bilimlari universiteti (Turkiya Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: jigarning morfometrik ko‘rsatkichlarini me’yorda va bosh miya shikastlanishining turli bosqichlarida o‘rganish, uni korreksiyalash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uch oylik oq zotsiz kalamushlar jigarining o‘ziga hos me’yoriy morfologik va morfometrik parametrlari aniqlangan;
ilk bor simulyasiya qilingan bosh miya shikastlanishining turli davrlarida oq zotsiz kalamushlarda jigar kapillyarlari holati va ichki o‘t yo‘llari, jigarning strukturaviy tuzilishi jigar to‘qimasi destruksiyasi rivojlanishi va ushbu holatning morfofunksional o‘zgarishlari aniqlangan;
bo‘lakchalararo arteriya, vena va o‘t yo‘lining shikastlanishning boshlanishida kengayib, keyinchalik torayib borishi jigarda qon aylanishining buzilishiga va shu sohadan yog‘li distrofiya boshlanishiga olib kelishi aniqlangan;
uch oylik oq zotsiz kalamushlar jigarining morfometrik ko‘rsatkichlarini neyroprotektor dori vositalari bilan korreksiyadan keyin solishtirilgan va bosh miya shikastlanishlarida neyroproteksiya dori vositalarini qo‘llash jigarda og‘ir asoratlarni oldini olishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bosh miya shikastlanishlari turli bosqichlarida jigar morfometrik parametrlarining qiyosiy tavsifini o‘rganish orqali erta tashxislash va asoratlarning oldini olish usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: uch oylik oq zotsiz kalamushlar jigarining o‘ziga hos me’yoriy morfologik va morfometrik parametrlari aniqlangani bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limining 07.01.23 yil №8n-r/41-son xulosasi bilan tasdiqlangan «Bosh miya shikastlanishlarining turli davrlarida jigarning morfometrik parametrlarini aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyat patologik anatomiya byurosining 25.10.2023 yildagi 9-son, Xorazm viloyat patologik anatomiya byurosining 25.10.2023 yildagi 46-son, hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi (RIO va RIATM) Buxoro filialining 31.10.2023 yildagi 01/327-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2023 yil 1 iyundagi 01/04/2997-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: jigar to‘qimasining me’yoriy morfologik va morfometrik parametrlarini bilish bemorlarni erta tashxislash va asoratlarning oldini olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: jigar to‘qimasining me’yoriy morfologik va morfometrik parametrlarini bilish bemorlarni erta tashxislash va asoratlarning oldini olish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishilgan bo‘lib 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 134700 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 34000 so‘mga iqtisod qilinadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor simulyasiya qilingan bosh miya shikastlanishining turli davrlarida oq zotsiz kalamushlarda jigar kapillyarlari holati va ichki o‘t yo‘llari, jigarning strukturaviy tuzilishi jigar to‘qimasi destruksiyasi rivojlanishi va ushbu holatning morfofunksional o‘zgarishlari aniqlanganligi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limining 07.01.23 yil №8n-r/41-son xulosasi bilan tasdiqlangan «Bosh miya shikastlanishlarining turli davrlarida jigarning morfometrik parametrlarini aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyat patologik anatomiya byurosining 25.10.2023 yildagi 9-son, Xorazm viloyat patologik anatomiya byurosining 25.10.2023 yildagi 46-son, hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi (RIO va RIATM) Buxoro filialining 31.10.2023 yildagi 01/327-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2023 yil 1 iyundagi 01/04/2997-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bosh miya shikastlanishining turli davrlarida jigar to‘qimasi parametrlarining o‘zgarishi isbotlanganligini hisobga olinishi davolanish samarasini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bosh miya shikastlanishi paytida jigar to‘qimasi parametrlarining o‘zgarishi isbotlanganligini hisobga olinishi davolanish samarasini oshirishga imkon berishi isbotlanganligi: bemorning shifoxonada qolish muddatini qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 360000 so‘mga iqtisod qilinadi.
uchinchi ilmiy yangilik: bo‘lakchalararo arteriya, vena va o‘t yo‘lining shikastlanishning boshlanishida kengayib, keyinchalik torayib borishi jigarda qon aylanishining buzilishiga va shu sohadan yog‘li distrofiya boshlanishiga olib kelishi aniqlanganligi to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limining 07.01.23 yil №8n-r/41-son xulosasi bilan tasdiqlangan «Bosh miya shikastlanishlarining turli davrlarida jigarning morfometrik parametrlarini aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyat patologik anatomiya byurosining 25.10.2023 yildagi 9-son, Xorazm viloyat patologik anatomiya byurosining 25.10.2023 yildagi 46-son, hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi (RIO va RIATM) Buxoro filialining 31.10.2023 yildagi 01/327-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2023 yil 1 iyundagi 01/04/2997-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bosh miya shikastlanishi turli davrlarida jigar to‘qimasi gemomikrotsirkulyator o‘zanidagi o‘zgarishlarni bilish erta tashxislash va asoratlarning oldini olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bosh miya shikastlanishi turli davrlarida jigar to‘qimasi gemomikrotsirkulyator o‘zanidagi o‘zgarishlarni o‘rganilganligi o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning oldini olish chora tadbirlarini belgilashga imkon berishi isbotlanganligi: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 3 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 500000 so‘mga byudjet mablag‘laridan iqtisod qilinadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: uch oylik oq zotsiz kalamushlar jigarining morfometrik ko‘rsatkichlarini neyroprotektor dori vositalari bilan korreksiyadan keyin solishtirilgan va bosh miya shikastlanishlarida neyroproteksiya dori vositalarini qo‘llash jigarda og‘ir asoratlarni oldini olishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limining 07.01.23 yil №8n-r/41-son xulosasi bilan tasdiqlangan «Bosh miya shikastlanishlarining turli davrlarida jigarning morfometrik parametrlarini aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyat patologik anatomiya byurosining 25.10.2023 yildagi 9-son, Xorazm viloyat patologik anatomiya byurosining 25.10.2023 yildagi 46-son, hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi (RIO va RIATM) Buxoro filialining 31.10.2023 yildagi 01/327-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2023 yil 1 iyundagi 01/04/2997-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bosh miya shikastlanishlarida neyroproteksiya dori vositalarini qo‘llash jigarda rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni oldini olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bosh miya shikastlanishlarida neyroproteksiya dori vositalarini qo‘llash jigarda rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 3,0 kunga qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 540000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 75000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan va iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.