Xudayorov Sanjarbek Sarvarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Me’da saratoni jarrohligida yangi texnologiyalar» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Tib564.
Ilmiy rahbar: Djuraev Mirjalol Dexkanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Muxammedaminov Shuxrat Karimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ligay Ruslan Efimovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: I.M.Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti (Rossiya)
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: me’da o‘rnini bosuvchi rezervuar va funksional jihatdan adekvat invaginatsion-muftasimon qizilo‘ngach-ichak anastomozini yaratish orqali gastrektomiyadan keyingi bemorlarning bevosita va funksional natijalari va hayot sifatini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gastrektomiyaning rekonstruktiv bosqichida invaginatsion-muftasimon anastomoz qo‘yish usuli ishlab chiqilgan (ixtiro patenti №IAP 04468, 13.05.2010y.);
gastrektomiyaning Ru bo‘yicha rekonstruksiyasida qoniqarsiz funksional natijalar Ru-staz va gipoglikemik sindromlar, agastral anemiya va reflyuks-ezofagit o‘n ikki barmoq ichakdagi peysmekerdan Ru afferent innervatsiyasining buzilishi bog‘liq bo‘lganligi isbotlangan;
me’daning rezervuar funksiyasini qoplash, ovqatning porsiyali tushishini ta’minlash va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi gastrektomidan keying qizilo‘ngach-ichak anastomozini qo‘yish usuli ishlab chiqilgan (ixtiro patenti №IAP 05391, 04.02.2015y.);
«me’da o‘rnini bosuvchi» rezervuarni o‘n ikki barmoq ichak orqali o‘tish yo‘lini qaytarish yoki qaytarmasdan shakllantirish o‘n ikki barmoq ichakni ovqat passajidan istisno qilish va ko‘tariluvchi qismining o‘tkir burchagi hisobiga demping-sindrom va reflyuks-ezofagitning oldini olishini ta’minlashi isbotlangan;
eyunoplastikada transduodenal ovqat o‘tish yo‘lini tiklash bilan reduodenizatsiya va antireflyuks anastomoz shakllantirish yo‘qotilgan me’daning motor-evakuator funksiyasini pasayishi va saqlamasining porsiyali evakuatsiyasi hisobiga dispepsiya simptomlarining oldini olishini isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 oktyabrdagi 09/15 -son qaroriga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: gastrektomiyaning rekonstruktiv bosqichida invaginatsion-muftasimon anastomoz qo‘yish usuli ishlab chiqilganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston filiali jarrohlik bo‘limida 2023 yil 11 avgustdagi №43-sonli buyruq bilan, Samarqand filiali jarrohlik bo‘limida 2023 yil 3 iyuldagi №18i-sonli buyruq bilan joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Ishlab chiqilgan invaginatsion-muftasimon anastomozning gastrektomiyada joriy etilishi yaxshiroq funksional holat bilan xarakterlanib, anastomoz etishmovchiligi xavfini kamaytiradi. Bu esa operatsiyadan keyingi davrning yaxshiroq kechishini ta’minlab, asoratlarning oldini olishga va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon yaratgan. Iqtisodiy samaradorligi: Ishlab chiqilgan invaginatsion-muftasimon anastomozning gastrektomiyada qo‘llanilishi bemorlarning funksional holatini yaxshilash va anastomoz etishmovchiligi xavfini pasaytirish hisobiga byudjet mablag‘larining 15,5% gacha tejalishiga imkon bergan. Xulosa: Ishlab chiqilgan invaginatsion-muftasimon anastomozning gastrektomiyada joriy etilishi yaxshiroq funksional holat bilan tavsiflanib, anastomoz etishmovchiligi xavfini kamaytirishi isbotlangan. Bu esa operatsiyadan keyingi davrning yaxshiroq kechishini ta’minlab, asoratlarning oldini olishga, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga, byudjet mablag‘larining 15,5% gacha tejalishiga va statsionarda qolish muddatining 1-2 kunga qisqarishiga imkon yaratgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: gastrektomiyaning Ru bo‘yicha rekonstruksiyasida qoniqarsiz funksional natijalar Ru-staz va gipoglikemik sindromlar, agastral anemiya va reflyuks-ezofagit o‘n ikki barmoq ichakdagi peysmekerdan Ru afferent innervatsiyasining buzilishi bog‘liq bo‘lganligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston filiali jarrohlik bo‘limida 2023 yil 11 avgustdagi №43-sonli buyruq bilan, Samarqand filiali jarrohlik bo‘limida 2023 yil 3 iyuldagi №18i-sonli buyruq bilan joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Gastrektomiyadan keyin Ru bo‘yicha rekonstruksiyada kuzatilishi mumkin bo‘lgan qoniqarsiz funksional natijalar — Ru-staz, gipoglikemik sindromlar, agastral anemiya va reflyuks ezofagitning oldini olish hisobiga operatsiyadan keyingi asoratlar soni kamaygan va bemorlarning hayot sifati yaxshilangan. Iqtisodiy samaradorligi: Me’da saratonini davolashda gastrektomiyadan so‘ng Ru bo‘yicha rekonstruksiyada kuzatilishi mumkin bo‘lgan qoniqarsiz funksional natijalar — Ru-staz, gipoglikemik sindromlar, agastral anemiya va reflyuks ezofagitning oldini olish operatsiyadan keyingi asoratlar sonini kamaytirishga, statsionarda qolish muddatini 1-2 kunga qisqartirishga va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan. Bu esa davlat byudjeti xarajatlarining 10,5% ga kamayishiga olib kelgan. Xulosa: Yangicha davolash usulini qo‘llash natijasida gastrektomiyadan keyin Ru bo‘yicha rekonstruksiyada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qoniqarsiz funksional holatlar — Ru-staz, gipoglikemik sindromlar, agastral anemiya va reflyuks ezofagitning oldi olinib, operatsiyadan keyingi asoratlar soni kamaygan, statsionarda qolish muddati 1-2 kunga qisqargan va bemorlarning hayot sifati yaxshilangan. Bu esa davlat byudjeti xarajatlarini 10,5% ga qisqartirish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik me’daning rezervuar funksiyasini qoplash, ovqatning porsiyali tushishini ta’minlash va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi gastrektomidan keying qizilo‘ngach-ichak anastomozini qo‘yish usuli ishlab chiqilganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston filiali jarrohlik bo‘limida 2023 yil 11 avgustdagi №43-sonli buyruq bilan, Samarqand filiali jarrohlik bo‘limida 2023 yil 3 iyuldagi №18i-sonli buyruq bilan joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Ishlab chiqilgan qizilo‘ngach-ichak anastomozini qo‘llash me’daning rezervuarlik funksiyasini qoplashga, oziq-ovqatning porsiyalab tushishini ta’minlashga va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: Takomillashtirilgan qizilo‘ngach-ichak anastomozini qo‘llash bemorlarning statsionarda bo‘lish muddatini 3 kunga qisqartirishga imkon bergan va bu esa choklar etishmovchiligi holatlarining kamayishi, erta o‘lim holatlarining pasayishi va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash hisobiga davlat mablag‘lari xarajatlarining 25,5% ga kamayishiga olib kelgan. Xulosa: Ishlab chiqilgan qizilo‘ngach-ichak anastomozini qo‘llash me’daning rezervuarlik funksiyasini qoplash va oziq-ovqatning porsiyalab tushishini ta’minlash hisobiga bemorlarning statsionarda bo‘lish muddatini 3 kunga qisqartirgan. Shuningdek, choklar etishmovchiligi holatlarining kamayishi, erta o‘limning pasayishi va bemorlarning hayot sifatining yaxshilanishi orqali davlat xarajatlarining 25,5% ga kamayishiga olib kelgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: «me’da o‘rnini bosuvchi» rezervuarni o‘n ikki barmoq ichak orqali o‘tish yo‘lini qaytarish yoki qaytarmasdan shakllantirish o‘n ikki barmoq ichakni ovqat passajidan istisno qilish va ko‘tariluvchi qismining o‘tkir burchagi hisobiga demping-sindrom va reflyuks-ezofagitning oldini olishini ta’minlashi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston filiali jarrohlik bo‘limida 2023 yil 11 avgustdagi №43-sonli buyruq bilan, Samarqand filiali jarrohlik bo‘limida 2023 yil 3 iyuldagi №18i-sonli buyruq bilan joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Taklif etilgan "me’da o‘rnini bosuvchi" rezervuarni duodenal passajni saqlab yoki undan voz kechib qo‘llash, ovqatning hazm jarayonidagi harakatidan va yo‘g‘on ichakning ko‘tariluvchi qismidagi o‘tkir burchakdan chiqarib tashlash hisobiga demping-sindrom va reflyuks-ezofagitning namoyon bo‘lishini kamaytirishga hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: Taklif etilgan "me’da o‘rnini bosuvchi" rezervuarni duodenal passajni saqlab yoki undan voz kechib qo‘llash ovqatning hazm jarayonidagi harakatidan va yo‘g‘on ichakning ko‘tariluvchi qismidagi o‘tkir burchakdan chiqarib tashlash hisobiga demping-sindrom va reflyuks-ezofagit namoyon bo‘lishini kamaytirishga, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga, statsionarda qolish muddatini 1 kunga qisqartirishga va davlat byudjeti xarajatlarini 9,5% ga tejashga imkon bergan. Xulosa: Taklif etilgan "me’da o‘rnini bosuvchi" rezervuarni duodenal passajni saqlab yoki undan voz kechib qo‘llash demping-sindrom va reflyuks-ezofagitning namoyon bo‘lishini kamaytirib, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga olib kelgan. Shuningdek, statsionarda qolish muddatini 1 kunga qisqartirib, davlat byudjeti xarajatlarini 9,5% ga tejash imkonini yaratgan.
beshinchi ilmiy yangilik: eyunoplastikada transduodenal ovqat o‘tish yo‘lini tiklash bilan reduodenizatsiya va antireflyuks anastomoz shakllantirish yo‘qotilgan me’daning motor-evakuator funksiyasini pasayishi va saqlamasining porsiyali evakuatsiyasi hisobiga dispepsiya simptomlarining oldini olishini isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston filiali jarrohlik bo‘limida 2023 yil 11 avgustdagi №43-sonli buyruq bilan, Samarqand filiali jarrohlik bo‘limida 2023 yil 3 iyuldagi №18i-sonli buyruq bilan joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: antireflyuks anastomozining shakllantirilishi bilan eyunoplastika paytida ovqatning transduodenal passajini tiklash bilan reduodenizatsiya me’daning yo‘qolgan motor evakuatsiya funksiyasini pasaytirish va tarkibni porsion evakuatsiya qilish orqali dispeptik simptomlarning paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qilishga imkon bergan. Bu esa tezroq reabilitatsiyaga yordam bergan va statsionarda qolish muddatini qisqartirgan. Iqtisodiy samaradorligi: antireflyuks anastomozining shakllantirilishi bilan eyunoplastika paytida ovqatning transduodenal passajini tiklash bilan reduodenizatsiya me’daning yo‘qolgan motor evakuatsiya funksiyasini pasaytirish va tarkibni porsion evakuatsiya qilish orqali dispeptik simptomlarning paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qilishga imkon bergan. Bu tez tiklanishga, statsionarda qolish muddatini 2-3 kunga qisqartirishga va davlat byudjeti xarajatlarini 15% ga tejash imkonini bergan. Xulosa: taklif etilgan antireflyuks anastomozining shakllantirilishi bilan eyunoplastika paytida ovqatning transduodenal passajini tiklash bilan reduodenizatsiya me’daning yo‘qolgan motor evakuatsiya funksiyasini pasaytirish va tarkibni porsion evakuatsiya qilish orqali dispeptik simptomlarning paydo bo‘lishining oldini olgan va tez tiklanishga yordam bergan. Bu esa statsionarda qolish muddatini 2-3 kunga qisqartirib, davlat byudjeti xarajatlarini 15% ga tejash imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish