Alixonov Sardorbek Abduvaxobovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Parkinson kasalligi erta va kechki bosqichlarida davolash usullariga differensial yondashuv», 14.00.13-Nevrologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3033.
Ilmiy rahbar: Raimova Malika Muxamedjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Raxmatullaeva Gulnora Kutbitdinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Abdullaeva Nargiza Nurmamatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ritmik transkranial magnit stimulyasiya orqali Parkinson kasalligi erta va kechki bosqichlarida motor va nomotor simptomlarni davolash samaradorligini aniqlash va optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Parkinson kasalligi shakli, yetakchi simptomi va kasallik bosqichiga mos ravishda rTMS muolajasi o‘tkazish davo samaradorligini oshirishi va uni uzoq vaqt saqlanishiga yordam berishi aniqlangan;
motor simptomlar uchun tormozlovchi va nomotor simptomlar uchun qo‘zg‘atuvchi ta’sirga ega impulslardan foydalanish, simptomlarni og‘irlik darajasini kamaytirishi va impulslar ta’sirida motor simptomlar nisbatan yuqori darajada pasayishi aniqlangan;
bir seans vaqtida ham motor, ham nomotor simptomlarni davolash uchun protokolarni birgalikda qo‘llashni o‘z ichiga olgan patogenetik asoslangan terapiya usuli ishlab chiqilgan va bu yondashuv nomotor simptomlarni kamaytirishi, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashi isbotlangan;
rTMSda miyacha soxasiga tormozlovchi impulslar qo‘yish titroq va boshqa motor simptomlarni davolashda yuqori samaradorlikka ega ekanligi aniqlangan va kasallik motor va nomotor simptomlar darajasi va kasallik bosqichlariga ko‘ra transkranial magnit stimulyasiya orqali davolash usulini maqbullashtirilgan mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:                    
Tadqiqot davomida PK erta va kechki bosqichlarida motor va nomotor simptomlar TMS terapiya orqali davolash natijasida olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: PK turi, yetakchi simptomi va kasallik bosqichiga mos ravishda rTMS muolajasi o‘tkazish davo samaradorligini oshirishi va uni uzoq vaqt saqlanishiga yordam berishi aniqlandi. Tadqiqotimiz davomida bir seans mobaynida ham motor, ham nomotor simptomlarni davolash imkoniyati yaratildi. rTMS bilan PK motor va nomotor simptomlarni jamlangan shaklda davolash, bemorlarning hayot sifatiga ta’sirini baholashga qaratilgan tadqiqotlar davomida olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotida qo‘llanadi, xususan, 2024-yil 25-iyundagi №95 buyrug‘i bilan Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy markazi va 2024-yil 14-iyuldagi 116 va 118-son buyrug‘i asosida Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazida amaliy faoliyatga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan rTMS davolash terapiyasi strategiyalarini amalga oshirish PK erta va kechki bosqichlarida motor va nomotor simptomlar mavjud bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga olib keladi. Bemorlar jismoniy va psixologik faollikni yuqori darajada ushlab turishga qodir, bu ularning umumiy reabilitatsiyasiga va invalidlik darajasini kamaytirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalariga asoslangan rTMS terapiyadan foydalanish umumiy hisobda statsionar sharoitda o‘tkazilgan davolash xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi. Bemorlarning hayot sifati va funksional holatini yaxshilash qo‘shimcha tibbiy aralashuvlar va kasalxonaga yotqizish zaruratini kamaytiradi, bu esa sog‘liqni saqlash resurslarini tejaydi va taxminan, 3 million 500 ming so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: motor simptomlar uchun tormozlovchi va nomotor simptomlar uchun qo‘zg‘atuvchi ta’sirga ega impulslardan foydalanish, simptomlarni og‘irlik darajasini kamaytirishi aniqlandi. rTMS motor simptomlar uchun tormozlovchi, nomotor simptomlar uchun qo‘zg‘atuvchi ta’sirga ega protokollarini takomillashtirish va PK barcha bosqichlarini davolashda simptomlar og‘irlik darajasini baholagan holatda davolashga shaxsiy yondashuv uchun asos bo‘ladi. Tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash tizimining amaliy faoliyatiga joriy etilmoqda. Xususan, 2024-yil 25-iyundagi №95 son buyrug‘i bilan Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy markazining va Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi 2024-yil 14-iyuldagi 116 va 118-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: rTMSda motor simptomlarga tormozlovchi, nomotor simptomlarga qo‘zg‘atuvchi shakldagi protokollarni joriy etilishi PK erta va kechki bosqichlaridagi bemorlar hayot sifatini yaxshilash, o‘z-o‘ziga xizmatni saqlab qolish va invalidlik darajasini kamaytirish imkonini beradi. Bu bemorlar reabilitatsiyasini osonlashtiradi va og‘ir nevrologik asoratlarning rivojlanish xavfini kamaytiradi, bu esa bemorlarning maishiy muhitga osonroq ko‘nikishi va ularning funksional holatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: PK motor va nomotor simptomlarni moslashtirilgan rTMS bilan davolashni optimallashtirish, qo‘shimcha va qimmat tibbiy muolajalarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish imkonini beradi. Bu esa bemorlarni davolash va reabilitatsiya qilish xarajatlarining kamayishiga, 2 million 500 mingdan to 4 million so‘mgacha mablag‘ tejalishiga olib kelmoqda.
uchinchi ilmiy yangilik: Bir vaqtni o‘zida ham motor, ham nomotor simptomlarni kamaytirishga qaratilgan protokollar ishlab chiqish yo‘lga qo‘yildi. An’anaviy usul bilan o‘tkazilgan rTMS muolajalarida aynan bir simptomga qaratilgan impulslar yuborilib, boshqa simptomlar chetda qoldirilgan. Tadqiqotimiz vaqtida ham motor, ham nomotor simptomlarni davolash uchun bir seans vaqtida protokolarni birgalikda qo‘llashni o‘z ichiga olgan patogenetik asoslangan terapiya usuli ishlab chiqildi va yuqori samaradorlikni ko‘rsatdi. PK erta va kechki bosqichlarida simptomlar uchrash chastotasi farqlanishi va nomotor simptomlar uchrash chastotasi 75% dan yuqori ko‘rsatkichlarni tashkil qilgani sababli bemorlarni davolashda davolashning yangi usuli qo‘llanadi, bu davolash natijalarini yaxshilash va bemorlarning hayot sifatini engillashtirishga yordam berdi. Ijtimoiy samaradorligi: erta va kechki bosqichlarni solishtirganda nisbatan kechki bosqichlarda nomotor simptomlar ko‘p kuzatilgani sababli davolashga kombinatsiyalangan yondashuvni joriy etish PK kechki bosqichidagi bemorlarda nevrologik asoratlarning chastotasi va og‘irligini kamaytirishga yordam beradi. Bu ularning umumiy ahvoli va funksonal faolligining yaxshilanishiga olib keladi, bu ularning ijtimoiy integratsiyalashuvi va mehnat qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy samaradorligi: kombinirlangan rTMS terapiya usulidan foydalanish qo‘shimcha tibbiy aralashuvlar va kasalxonaga yotqizish zaruratini kamaytiradi, bu esa bemorlarni davolash va reabilitatsiya qilish uchun umumiy xarajatlarni kamaytiradi. Davolashning samaradorligini oshirish, shuningdek, tiklanish vaqtlarini qisqartirishga va sog‘liqni saqlashning iqtisodiy samaradorligini oshirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorlik o‘rtacha  6 million so‘mni tashkil etadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: rTMSda miyacha soxasiga tormozlovchi impulslar qo‘yish, titroq va boshqa motor simptomlarni davolashda yuqori effektivlikka egaligi isbotlandi. U har bir bemorning individual patofiziologiyasini hisobga olgan holda, qarshi ko‘rsatmalar o‘rganilib, davolashning yanada aniq va samarali usullarini taqdim etadi. Bemorlar uchun diagnostika va terapevtik natijalarni yaxshilash imkonini beruvchi yangi diagnostika va davolash algoritmidan foydalaniladi. Tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash tizimining amaliy faoliyatiga joriy etilmoqda. Jumladan, ular 2024-yil 25-iyundagi №95 son buyrug‘i bilan Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy markazining amaliy faoliyatiga joriy etilgan; Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi 2024-yil 14-iyuldagi 116 va 118-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: PKda davolashning yangi mezonlarini joriy etish titroq va muvozanat buzilishini sezilarli darajada kamaytirishga va bemorlarning funsional holatini yaxshilashga yordam beradi, bu omil ularning hayot sifati va funksonal harakatlarini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: Tavsiya etilgan usul va mezonlarga asoslangan TMS muolajasi o‘tkazish uchun ko‘p shart-sharoit talab qilmaganligi, qo‘llanilish soxalari va vaqti chegaralanmaganligi xamda statsionar sharoit talab qilmaganligi bois bemorlar ambulator shaklda davo muolajalari qabul qilishi mumkin xisoblanadi. Statsionar shaklda yoki kunduzgi ambulator shaklda davo muolajalari qabul qilish xarajatlariga nisbatan o‘rtacha 3 milliondan to 5 million so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ tejash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish