Abulkasimova Xulkar Xasanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Birlamchi ochiq burchakli glaukoma bilan kasallangan bemorlarni zamonaviy iqtisodiy sharoitda davolash uslubini ishlab chiqish» 14.00.08 – Oftal`mologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022/1.PhD/Tib2436.
Ilmiy rahbar: Karimova Muyassar Xamitovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ihtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01.
Rasmiy opponentlar: Makaeva Sakinat Magametovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Bilalov Erkin Nazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qozog‘iston ko‘z kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti (Qozog‘iston Respublikasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: birlamchi ochiq burchakli glaukomada davolash usullarining farmakoiqtisodiy tahlilini hisobga olgan holda, bemorning komplaentlik darajasini oshirish va ko‘z ichki bosimini nazorat qilishni yaxshilashga qaratilgan davolash uslublarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy iqtisodiy sharoitida BOBG bilan kasallangan bemorlarning komplaentlik darajasini modifikatsiyalangan Moriski-Grin shkalasi bo‘yicha tashxislangan va davo rejasiga amal qilmaslikning ko‘p sonli dorilar, tez-tez instilatsiya qilish zarurati va ko‘z ichi bosimini o‘z vaqtida o‘lchanmasligi asosiy sabablari sifatida aniqlangan;
birlamchi ochiq burchakli glaukoma bilan og‘rigan bemorlarning komplaentlik darajasiga qarab zamonaviy iqtisodiy sharoitda mahalliy terapiya uchun glaukomaga qarshi dori vositalarining farmakoiqtisodiy tahlilining narxlaridagi o‘zgarishi bemorlarning komplaentlik darajasiga bevosita bog‘liqligi isbotlangan;
BOBG bilan kasallangan bemorlarda va KIBning kunlik tebranishlarini mustaqil nazorat qilishi ularning komplaentlik darajasini bevosita oshirishi isbotlangan;
BOBG bilan kasallangan bemorlarning komplaentlik darajasini baholash va takomillashtirish maqsadida mobil ilovani amaliyotda qo‘llash va bemorlarda KIBning kunlik tebranishlarini mustaqil nazorat qilish maqsadida bemorlarni olib borish algoritmi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Birlamchi ochiq burchakli glaukoma bilan kasallangan bemorlarni zamonaviy iqtisodiy sharoitda davolash uslubini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: zamonaviy iqtisodiy sharoitida BOBG bilan kasallangan bemorlarning komplaentlik darajasini modifikatsiyalangan Moriski-Grin shkalasi bo‘yicha tashxislangan va davo rejasiga amal qilmaslikning ko‘p sonli dorilar, tez-tez instilatsiya qilish zarurati va ko‘z ichi bosimini o‘z vaqtida o‘lchanmasligi asosiy sabablari sifatida aniqlangan. Ushbu natijalar "Birlamchi ochiq burchakli glaukoma bilan og‘rigan bemorlarda komplaentlik darajasini baholash" (RIKMIATM 2021 yil 27 yanvardagi 1-sonli ekspertlar kengashi tomonidan tasdiqlangan) va (O‘zbekiston Respublikasining Sog‘liqni saqlash vazirligining xulosasi 2021 yil 24 maydagi 8n-d/416-son) uslubiy tavsiyalariga kiritilgan. Ilmiy yangilikni joriy etish: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika ko‘z kasalliklari shifoxonasi amaliyotiga (buyruq №30-P 10.06.2024), Toshkent shahar hokimligi sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi Bektemir tuman tibbiyot birlashmasi (buyruq № 822-14-198-TB/2024, 18.09.2024) va Toshkent viloyat ko‘z shifoxonasi (19.09.2024 yildagi 52-son buyrug‘i) amaliyotlariga tadbiq etildi. Ijtimoiy samaradorlik shundan iboratki, komplaentlik darajasi past bo‘lgan bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash nafaqat glaukomaning rivojlanishini va uning nazoratini kamaytirishga yordam beradi, balki bemorlarning umumiy hayot sifatini yaxshilaydi va ularda nogironlik holatlarini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: BOBG bilan kasallangan bemorlarning o‘z vaqtida shifokor muolajalariga rioya qilmasligini va uning sabablarini o‘z vaqtida aniqlash BOBG ning rivojlanib ketishini oldini oladi va  glaukoma natijasida ko‘rlik va nogironlik holatlarini kamaytirishga xizmat qilganligi sababli harajatlarni kamaytirish va bemorlarning mexnatga layoqatligini saqlab qolish imkonini beradi. Xulosa: glaukoma bilan og‘rigan bemorlarda komplaentlik darajasi past bo‘lgan bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash, uni oshirish uchun tegishli usullarni ishlab chiqish va qo‘llash glaukoma terapiyasining samaradorligini oshiradi, uning rivojlanish ehtimolini kamaytiradi va bemorlarda ko‘ruv funksiyalarni  uzoq yillar saqlash imkoniyatini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: birlamchi ochiq burchakli glaukoma bilan og‘rigan bemorlarning komplaentlik darajasiga qarab zamonaviy iqtisodiy sharoitda mahalliy terapiya uchun glaukomaga qarshi dori vositalarining farmakoiqtisodiy tahlilining narxlaridagi o‘zgarishi bemorlarning komplaentlik darajasiga bevosita bog‘liqligi isbotlangan. Ushbu natijalar "Birlamchi ochiq burchakli glaukoma bilan og‘rigan bemorlarda komplaentlik darajasini baholash" (RIKMIATM 2021 yil 27 yanvardagi 1-sonli ekspertlar kengashi tomonidan tasdiqlangan) va (O‘zbekiston Respublikasining Sog‘liqni saqlash vazirligining xulosasi 2021 yil 24 maydagi 8n - d/416-son) uslubiy tavsiyalariga kiritilgan. Ilmiy yangilikni joriy etish: amaliy sog‘liqni saqlashga tizimiga, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika ko‘z kasalliklari shifoxonasi amaliyotiga (buyruq №30-P 10.06.2024), Toshkent shahar hokimligi sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi Bektemir tuman tibbiyot birlashmasi (buyruq № 822-14-198-TB/2024, 18.09.2024) va Toshkent viloyat ko‘z shifoxonasi (19.09.2024 yildagi 52-son buyrug‘i) amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: BOBG uchun birinchi tanlov monoterapiya uchun qo‘llaniladigan dori vositalarining asosiy guruhlari farmakoiqtisodiy ko‘rsatkichlarining ijtimoiy samaradorlik tahlili, narx-gipotenziv ta’sir nisbati bo‘yicha eng foydali bo‘lgan preparatlar aniqlandi va natijalar davolovchi shifokorga qo‘llanma sifatida xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: komplaentlik darajasi yuqori bo‘lgan bemorlar kam davolash xarajatlari bilan maqsadli KIB ko‘rsatkichlariga erishganligi, aksincha past komplaentlik darajasi, qimmatroq davolash kombinatsiyalaridan foydalanish tufayli, yillik xarajatlarni oshiradi va iqtisodiy samaradorlikni pasaytirganligi isbotlandi. Bemorlarning davolovchi shifokor tavsiyalariga to‘liq rioya qilishi kasallikning avj olishini pasaytirgan holda yillik xarajatini kamaytirish va bemorlarning mehnatga layoqatligini saqlab qolish imkonini beradi. Xulosa: BOBG bilan og‘rigan bemorlarning komplaentlik darajasidan kelib chiqib dori-darmonlarni davolashga yillik xarajatlarning bevosita bog‘liqligini farmakoiqtisodiy tahlili oftalmolog shifokor amaliyotida antigipertenziv dorilarning ayrim guruhlarini buyurish samaradorligini nafaqat ularning antigipertenziv ta’siriga, balki bemor uchun iqtisodiy foydasiga qarab baholandi va amalga oshirishga imkoniyat berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: BOBG bilan kasallangan bemorlarda va KIBning kunlik tebranishlarini mustaqil nazorat qilishi ularning komplaentlik darajasini bevosita oshirishi isbotlangan. Ushbu mobil ilova bepul va Play Market xizmatida mavjud bo‘lib, u Android va IOS platformalari uchun mo‘ljallangan. Ushbu natijalar "Birlamchi ochiq burchakli glaukoma bilan og‘rigan bemorlarda muvofiqlikni yaxshilash usuli" uslubiy tavsiyalariga kiritilgan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etilgan RIKMIATM (2021 yil 27 yanvardagi 1-sonli ekspertlar kengashi tomonidan tasdiqlangan) va O‘zbekiston Respublikasining Sog‘liqni saqlash vazirligining xulosasi (30.04.2021 8n – d/371-son) uslubiy tavsiyalariga kiritilgan. Ilmiy yangilikning joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan, Respublika Ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasi amaliyotiga (buyruq №30-P 10.06.2024), Toshkent shahar hokimligi sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi Bektemir tuman tibbiyot birlashmasi (buyruq № 822-14-198-TB/2024, 18.09.2024) va Toshkent viloyat ko‘z shifoxonasi (19.09.2024 yildagi 52-son buyrug‘i) amaliyotlariga tadbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: ta’riflangan mobil ilovasi bemorlarning komplaentlik darajasini takomillashtirish metodologiyasini o‘z vaqtida amalga oshirish bemorlarga dori tomchilarni o‘z vaqtida tomizishni eslatib borganligi tufayli  glaukoma terapiyasining samaradorligini oshiradi, mustaqil tonometriya esa 24 soatlik KIBning monitoringini uzoq vaqt davomida KIBni baholash va nazorat qilishning samarali usuli hisoblanadi, KIBning kunlik tebranishini o‘z-o‘zini nazorat qilishi bemorlarning komplaentlik darajasi oshishiga bevosita bog‘liq bo‘lib, uning rivojlanish ehtimolini kamaytiradi, bemorlarda ko‘rish funksiyalarini uzoq yillar saqlab qoladi. Iqtisodiy samaradorligi: uning yuqorida tavsiflangan klinik samaradorlik mezonlarini hisobga olgan holda, bemordan qo‘shimcha xarajatlarni talab qilmaydi, chunki mobil ilovaning o‘zi mutlaqo bepul va ushbu jarayon uning individual konfiguratsiyasi smartfonning ishlashi bilan tanish bo‘lgan har bir shifokor va bemor tomonidan amalga oshirilishi mumkin. ICARE®TA01i tonometridan foydalanish KIBni "maqsadli" darajasiga erishgan bemorlarning ulushi 29,8% ga oshdi, bu esa kasallikning avj olishini pasaytirgan holda yillik xarajatini kamaytirish va bemorlarning mehnatga layoqatligini uzoq yillar saqlab qolish imkonini beradi. Xulosa: BOBG bilan og‘rigan bemorlarda “Eye Drop Reminder Lite 1.8” mobil ilovasi ko‘rinishida muvofiqlikni yaxshilash usulini joriy etish mos keladigan bemorlarning ulushini 39.9% ga oshirgan va ICARE®TA01i tonometridan foydalanish bemorlarning komplaentlik darajasini oshirishga yordam beradi va dori terapiyasi rejimini KIB ko‘tarilishining individual kunlik cho‘qqilariga mos ravishda moslashtirishga imkon berib, KIBning "maqsadli" darajasiga erishildi va glaukomatoz jarayonni barqarorlashtirishga sabab bo‘ldi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: BOBG bilan kasallangan bemorlarning komplaentlik darajasini baholash va takomillashtirish maqsadida mobil ilovani amaliyotda qo‘llash va bemorlarda KIBning kunlik tebranishlarini mustaqil nazorat qilish maqsadida bemorlarni olib borish algoritmi takomillashtirilgan. Ushbu natijalar "Birlamchi ochiq burchakli glaukoma bilan og‘rigan bemorlarda komplaentlik darajasini yaxshilash usuli" uslubiy tavsiyalariga kiritilgan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etilgan. RIKMIATM (2021 yil 27 yanvardagi 1-sonli ekspertlar kengashi tomonidan tasdiqlangan) va O‘zbekiston Respublikasining Sog‘liqni saqlash vazirligining xulosasi (30.04.2021 8n – d/371-son) uslubiy tavsiyalariga kiritilgan. Ilmiy yangilikning joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlashga tizimiga, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika Ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasi amaliyotiga (buyruq №30-P 10.06.2024), Toshkent shahar hokimligi sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi Bektemir tuman tibbiyot birlashmasi (buyruq № 822-14-198-TB/2024, 18.09.2024) va Toshkent viloyat ko‘z shifoxonasi (19.09.2024 yildagi 52-son buyrug‘i) amaliyotlariga tadbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: ushbu algoritm BOBG bilan kasallangan bemorlarni parvarishlash jarayonida nafaqat bemorlarning qabul qilayotgan davolash rejasiga davolovchi shifokorlarning e`tibor berishi, balkim davo rejalarini o‘z vaqtida bajarilayotganini nazorat qilishga va bemorlarning komplaentlik darajasini oshirishga qaratilgan. Iqtisodiy samaradorligi: birlamchi ochiq burchakli glaukoma bilan kasallangan bemorlarning komplaentlik darajasini baholash va parvarishlash bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritm ularni davolash uchun sarflanadigan harajatlarni qisqartirish imkonini beradi. Xulosa: olingan natijalarni joriy etilishi birlamchi ochiq burchakli glaukomani bilan kasallangan bemorlarni komplaentlik darajasini tashhislash, davolash va parvarishlash samaradorligini oshirish imkonini berdi, bu esa o‘z navbatida davolash uchun harajatlarni qisqartirdi va glaukomatoz jarayonni barqarorlashtirishga sabab bo‘ldi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish