Rajabova Dilfuza Abdumajitovnining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Raqamli ta’lim sharoitida bo’lajak texnologik ta’lim o’qituvchilarining kreativligini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8269.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Isyanov Ravil Gennadievich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Panjiev Qurbonniyoz Berdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamatov Dilmurod Normurodovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Yetakchi tashkilot: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli ta’lim sharoitida bo’lajak texnologik ta’lim o’qituvchilarning kreativligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli ta’lim sharoitida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kreativligini rivojlantirish metodikasining didaktik imkoniyatlari kasbiy faoliyatning motivatsion, kommunikativ, ijodiy va gnostik komponentlarini yaxlitlash, pedagogik jarayonning uzviylik, ko‘rgazmalilik prinsiplari didaktik uyg‘unligini bosqichma-bosqich ta’minlash hamda ta’limiy muhitda qayta aloqali munosabatni qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;  
raqamli ta’lim sharoitida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kreativligini rivojlantirish modeli spiralli o‘qitishning psixofiziologik va kognitiv jarayonlarga mazmunli mosligini tasniflash hamda vizual xotira va fikrlashning moslashuvchanligiga ustuvorlik berilgan muhitda frontal qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
 raqamli ta’lim sharoitida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kreativligini rivojlantirish metodikasi jarayonli, muammoli-mazmunli, tashkiliy-texnologik, natijaviy-mezonli ko‘rsatkichlari bilan o‘quv jarayonni modellashtirishning operatsion-texnologik, kognitiv-didaktik, refleksiv-baholash bosqichlari idientiv mosligini ta’minlash hamda sotsiologik va kibernetik o‘quv topshiriqlari uyg‘unligini kvalimetrik nisbatda ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
 raqamli ta’lim sharoitida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kreativligini rivojlantirish samaradorligi muammolarni ko‘rish, kuzatish va umumlashtirish diagnostikasining pedagogik elementlarining umumiy va xususiy mazmunini hisobga olish hamda elektron o‘quv kontentning grafikli modellarini mustaqil qayta ishlash munosabatini qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli ta’lim sharoitida bo’lajak texnologik ta’lim o’qituvchilarining kreativligini rivojlantirish metodikasi bo’yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
raqamli ta’lim sharoitida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kreativligini rivojlantirish metodikasining didaktik imkoniyatlari kasbiy faoliyatning motivatsion, kommunikativ, ijodiy va gnostik komponentlarini yaxlitlash, pedagogik jarayonning uzviylik, ko‘rgazmalilik prinsiplari didaktik uyg‘unligini bosqichma-bosqich ta’minlash hamda ta’limiy muhitda qayta aloqali munosabatni qo‘llash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 16-sentyabrdagi 11-05-5092/02 raqamli dalolatnomasi). Natijada, raqamli ta’lim sharoitida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kreativligini rivojlantirish metodikasi takomillashtirilgan;
raqamli ta’lim sharoitida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kreativligini rivojlantirish modeli spiralli o‘qitishning psixofiziologik va kognitiv jarayonlarga mazmunli mosligini tasniflash hamda vizual xotira va fikrlashning moslashuvchanligiga ustuvorlik berilgan muhitda frontal qo‘llash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash” o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan.( Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 16-sentyabrdagi 11-05-5092/02 raqamli dalolatnomasi). Natijada, takomillashtirilgan ilmiy-metodik ta’minotni amaliyotga tatbiq etish orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirilishiga imkon yaratilgan.
raqamli ta’lim sharoitida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kreativligini rivojlantirish metodikasi jarayonli, muammoli-mazmunli, tashkiliy-texnologik, natijaviy-mezonli ko‘rsatkichlari bilan o‘quv jarayonni modellashtirishning operatsion-texnologik, kognitiv-didaktik, refleksiv-baholash bosqichlari idientiv mosligini ta’minlash hamda sotsiologik va kibernetik o‘quv topshiriqlari uyg‘unligini kvalimetrik nisbatda ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 16-sentyabrdagi 11-05-5092/02 raqamli dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni axborotlashtirilgan ta’lim muhitda tashkil etish asosida ularning kreativligini oshirishga erishilgan;
raqamli ta’lim sharoitida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kreativligini rivojlantirish samaradorligi muammolarni ko‘rish, kuzatish va umumlashtirish diagnostikasining pedagogik elementlarining umumiy va xususiy mazmunini hisobga olish hamda elektron o‘quv kontentning grafikli modellarini mustaqil qayta ishlash munosabatini qo‘llash asosida takomillashtirishga oid takliflar bo‘yicha “Xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024 yil 25-fevraldagi 7/3.1-sonli qarori). Natijada, takomillashtirilgan ilmiy-metodik ta’minotni amaliyotga tatbiq etish orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirilishiga imkon yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish