Umarova Go‘zalxon Botirjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining raqamli savodxonligini rivojlantirishning elektron didaktik ta’minotini takomillashtirish metodikasi”, 13.00.06 - Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8921.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Sodikova Munira Rustambekovna, texnika fanlari doktori (DSc), dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Sultonova O‘g‘iloy Nabievna, pedagogika fanlari doktori, professor;
Bozorov G‘iyosiddin Sadullaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining raqamli savodxonligini rivojlantirishning elektron didaktik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini raqamli savodxonligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari o‘qitishning didaktik tizimi yaxlitligini ta’minlashga qaratilgan mobil va smart texnologiyalari bilan uyg‘unlashuv hamda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarining uslubiy-didaktik ta’minotga proporsional uyg‘unligini tasniflash asosida aniqlangan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining raqamli savodxonligini rivojlantirishning elektron didaktik ta’minotini takomillashtirish metodikasi modeli maqsadli ta’lim mazmuni va o‘quv jarayonini tashkil etuvchilarining asosiy yo‘nalishlarining maqsadli belgilashga yo‘naltirilgan baholash va natija komponentlari uzviyligida mobillik, kasbga yo‘naltirilganlik, axborot-kommunikativlik va uzlyuksizlik tamoyillariga ustuvorlik berish hamda aralash o‘qitish tizimining interaktivlik, moslashuvchanlik, multimedialilik xususiyatlariga moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining raqamli savodxonligini rivojlantirishning elektron didaktik ta’minotini mazmuni Mathematica, GeoGebra, Maple, Wolfram Alpha, Fliplar kabi zamonaviy dasturiy vositalardan rasional foydalanish hamda aralash ta’lim modeliga moslashtirish va elektron metodik ta’minotining ergonomik, maxsus, metodik talablariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini raqamli savodxonligini rivojlanishning elektron metodik ta’minotini joriy etish metodikasi ta’lim jarayoniga loyihalash, kollabrativ o‘qitish, o‘z-o‘zini baholash kabi interfaol ta’lim metodlarini qo‘llash hamda baholashning motivasion, qadriyatli, kognitiv, faoliyatli, kreativ mezonlarini reproduktiv, produktiv va kreativ darajalariga idientiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida raqamli savodxonligini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini raqamli savodxonligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari o‘qitishning didaktik tizimi yaxlitligini ta’minlashga qaratilgan mobil va smart texnologiyalari bilan uyg‘unlashuv hamda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarining uslubiy-didaktik ta’minotga proporsional uyg‘unligini tasniflash asosida aniqlashga oid takliflar “Matematika va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-057579/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini raqamli savodxonligini rivojlantirishning pedagogik shart – sharoitlarini aniqlashtirish imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining raqamli savodxonligini rivojlantirishning elektron didaktik ta’minotini takomillashtirish metodikasi modeli maqsadli ta’lim mazmuni va o‘quv jarayonini tashkil etuvchilarining asosiy yo‘nalishlarining maqsadli belgilashga yo‘naltirilgan baholash va natija komponentlari uzviyligida mobillik, kasbga yo‘naltirilganlik, axborot-kommunikativlik va uzlyuksizlik tamoyillariga ustuvorlik berish hamda aralash o‘qitish tizimining interaktivlik, moslashuvchanlik, multimedialilik xususiyatlariga moslashtirish asosida takomillashtirishga oid xulosalar “Matematika va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-057579/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining raqamli savodxonligini rivojlantirishning modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining raqamli savodxonligini rivojlantirishning elektron didaktik ta’minotini mazmuni Mathematica, GeoGebra, Maple, Wolfram Alpha, Fliplar kabi zamonaviy dasturiy vositalardan rasional foydalanish hamda aralash ta’lim modeliga moslashtirish va elektron metodik ta’minotining ergonomik, maxsus, metodik talablariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Matematika va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-057579/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining raqamli savodxonligini rivojlantirishning elektron-metodik ta’minotini mazmunini takomillashtirish samaradorligi oshgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini raqamli savodxonligini rivojlanishning elektron metodik ta’minotini joriy etish metodikasi ta’lim jarayoniga loyihalash, kollabrativ o‘qitish, o‘z-o‘zini baholash kabi interfaol ta’lim metodlarini qo‘llash hamda baholashning motivasion, qadriyatli, kognitiv, faoliyatli, kreativ mezonlarini reproduktiv, produktiv va kreativ darajalariga idientiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Matematika va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-057579/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining raqamli savodxonligini rivojlantirish elektron metodik ta’minotini joriy etish metodikasini takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish