Yuldasheva Shaxlo Shukurlaevnaning
pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Raqamlashtirish sharoitida o‘zbek tilini oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishning lingvometodik tizimi (qardosh tillarda o‘qitiladigan guruhlar misolida)», 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4DSc/Ped408.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sapa Matchanov, pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Yusupova Shohida Jaloliddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Raximov Baxtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Aynur Öz Özcan, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi OTMlarining qardosh tilli guruhlarida o‘zbek tilini raqamli texnologiyalar asosida o‘qitishning lingvometodik tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oliy ta’limda raqamli texnologiyalar integratsiyasida o‘zbek tilini qardosh til sifatida o‘qitish mazmuni ta’lim tili, o‘qitish muddatiga bog‘liq o‘quv yuklamasi, talabalarning ehtiyoji, o‘quv natijalari, o‘zbek tilini bilish darajasi, qardosh tillarning lingvistik mushtarakligiga ko‘ra kurrikulum resurslar, tillar transferensiyasi va interferensiyasi orqali aniqlashtirilgan;
OTMlarda o‘zbek tilini qardosh til sifatida o‘qitishning lingvometodik ta’minoti didaktik, metodik va baholash strategiyalarini aniqlash va raqamli texnologiyalarni joriy qilishning SWOT tahlilidagi kuchli tomonlar, imkoniyatlar komponentlariga ko‘ra transdissiplinarlik ustuvorligi (turli mavzular mujassamlashgan nutq va til materiali) va ta’limni diversifikatsiya qilish (an’anaviy, aralash ta’lim, gibrid ta’lim shakllari) asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tilini raqamli o‘qitish kontenti raqamli lingvodidaktika, ona tilining ta’sirini hisobga olish va lingvokulturologik prinsiplarga ko‘ra qardosh tillarni lingvometodik qiyoslash, raqamli mashq va topshiriqlar, lug‘atlar, baholash fondi, o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyasi, talabalarning transdissiplinar kompetensiyasiga ustuvorlik berish orqali ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tilini qardosh til sifatida o‘qitishda an’anaviy vositalarni raqamli transformatsiyalash talaba–gajet–o‘qituvchi paradigmasiga ko‘ra BYoD (bring your own device), vazifaga asoslangan o‘rganish (task-based learning), o‘quv loyihalari (project-based learning) natijalari, muammoli ta’lim, ta’limiy o‘yin, klouz-test, interfaol ish varaqlari, mobil ilovalar, ta’limiy platformalar, 8 bosqichdan iborat teskari sinf texnologiyasiga ustunlik berish orqali asoslangan;
respondentlarning raqamli o‘qitishga munosabati va tayyorgarligini, o‘zbek tilini raqamli texnologiyalar integratsiyasida o‘qitishning kuchli va kuchsiz jihatlarini, nutqiy, lingvistik va transdissiplinar kompetensiyalarga erishish darajasi yuqori, o‘rta va past guruhlarga ajratilgan respondentlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari orasidagi differensiallikni (7,76%) aniqlash orqali o‘zbek tilini tabiiy til va multilingval muhitda qardosh til sifatida raqamli texnologiyalar integratsiyasida o‘qitish samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilini qardosh til sifatida raqamli texnologiyalar integratsiyasida o‘qitishning lingvometodik tizimi tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’limda o‘zbek tilini qardosh til sifatida raqamli texnologiyalar integratsiyasida o‘qitish mazmuni ta’lim tili va o‘qitish muddatiga bog‘liq o‘quv yuklamasi, talabalarning ehtiyoji va o‘quv natijalari, o‘zbek tilini bilish darajasi, qardosh tillarning lingvistik mushtarakligiga ko‘ra kurrikulum resurslar, tillar transferensiyasi va interferensiyasi orqali aniqlashga doir ilmiy natijalar “O‘zbek tili.B2” darsligi mazmuniga singdirilgan (OO‘MTVning 2020-yil 28-dekabrdagi 676-son buyrug‘i, 676-202 raqamli guvohnoma). Natijada, raqamli texnologiyalar integratsiyasi talabalarning nutqiy, lingvistik, raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
OTMlarda o‘zbek tilini qardosh til sifatida o‘qitishning lingvometodik ta’minotini didaktik, metodik va baholash strategiyalarini aniqlash va raqamli texnologiyalarni joriy qilishning SWOT tahlilidagi kuchli tomonlar, imkoniyatlar komponentlariga ko‘ra transdissiplinarlik ustuvorligi (turli mavzular mujassamlashgan nutq va til materiali) va ta’limni diversifikatsiya qilish (an’anaviy, aralash ta’lim, gibrid ta’lim shakllari) takomillashtirishga doir tavsiyalar “O‘zbek tili” darsligi mazmuniga singdirilgan (OO‘MTVning 2021-yil 31-may 237-son buyrug‘i, 237-318 raqamli guvohnoma). Natijada, o‘qituvchilarning kasbiy, talabalarning o‘quv faoliyatida raqamli ta’lim resurslaridan muntazam foydalanish o‘zbek tili ta’limi samaradorligini orttirishga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tilini raqamli o‘qitish kontentini raqamli lingvodidaktika, ona tilining ta’sirini hisobga olish va lingvokulturologik prinsiplarga ko‘ra qardosh tillarni lingvometodik qiyoslash, raqamli mashq va topshiriqlar, lug‘atlar, baholash fondi, o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyasi, talabalarning transdissiplinar kompetensiyasiga ustuvorlik berish orqali ishlab chiqishga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Xorijiy tillarda so‘zlashuvchilar uchun o‘zbek tilini intensiv o‘rgatuvchi multimedia mahsulotlari” mavzusidagi FZ-2019062034 raqamli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 3-martdagi 24/201-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek tili ta’limiga raqamli texnologiyalarni integratsiyalashga oid tavsiyalar elektron mahsulotlar majmuasining boyitilishiga xizmat qilgan.
oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tilini qardosh til sifatida o‘qitishda an’anaviy vositalarni raqamli transformatsiyalashning talaba–gajet–o‘qituvchi paradigmasiga ko‘ra BYoD (bring your own device), vazifaga asoslangan o‘rganish (task-based learning), o‘quv loyihalari (project-based learning) natijalari, muammoli ta’lim, ta’limiy o‘yin, klouz-test, interfaol ish varaqlari, mobil ilovalar, ta’limiy platformalar, teskari sinf texnologiyasiga ustunlik berishga oid taklif-tavsiyalardan Ankara va Istanbul universitetlarining Zamonaviy turkiy tillar va adabiyotlari bo‘limi o‘zbek tilini o‘qitish jarayonida foydalanilgan (Ankara universitetining 2023-yil 17-mart, Istanbul universitetining 2023-yil 30-apreldagi ma’lumotnomalari). Natijada, chet ellardagi oliy ta’lim tizimida o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi mazmunan boyitilishiga xizmat qilgan.
o‘zbek tilini raqamli texnologiyalar asosida o‘qitishning lingvometodik modelining kompetensiyalar, didaktik, metodik va baholash strategiyalari, nazorat resurslari blogining dastlabki baholash komponentini takomillashtirishga ko‘ra talabalarning o‘zbek tilidagi nutqni tushunish, tushuntirish ko‘nikmalarini raqamli baholash bo‘yicha tavsiyalar Nukus davlat pedagogika institutida bajarilgan „O‘zbek tili (davlat tili) fanidan adabiy o‘qishni tashkil etishda axborot texnologiyalaridan foydalanish (umumta’lim maktablarining 10–11-sinflar darsligi asosida)“ nomli ilmiy-amaliy loyihada foydalanilgan. (Nukus davlat pedagogika institutining 2023-yil 21-fevraldagi 01-20-09/224-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek tili ta’limi uchun raqamli texnologiyalarni tatbiq qilishning nazariy asoslarini yaratishga erishilgan.