Uzakova Kansuliu Erejepbeevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Deontologik yondashuv asosida texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida muloqot madaniyatini rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3846.
Ilmiy rahbar: Kurbaniyazova Zamira Kalbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika insituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Seytnazarov Kuanishbay Kenesbaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi deontologik yondashuv asosida texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida muloqot madaniyatini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika yo‘nalishi talabalarida muloqot madaniyatini rivojlantirish arxitektonikasi ijtimoiy, psixologik-pedagogik va metodologik shart-sharoitlarni kontent tahliliga muvofiq axboriy, psixologik va faoliyatli mikrotizimlarning komponental va funksional namoyon bo‘lish darajalari organik integratsiyasiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
deontologik yondashuv asosida talabalarda muloqot madanaiyatini rivojlantirish mazmuni texnika yo‘nalishlarida xorijiy tillardan mashg‘ulotlar olib boradigan professor-o‘qituvchining talabalarda muloqot madaniyatini rivojlantirishga doir axloqiy me’yor va tamoyillari yig‘indisi sifatida texno-pedagogik deontologiyaning nazariy asoslarini kross-madaniy kommunikasiya bilan identifikatsiyasini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
talabalarda muloqot madaniyatini rivojlantirish modelining diagnostik komponenti samarali muloqotning sifat jihatdan ifoda etadigan yo‘naltiruvchi, etik, etiketga doir va estetik indikatorlarni o‘zida birlashtirgan psixologik-pedagogik tayyorlik tuzilmasini loyihalash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda muloqot madaniyatini rivojlantirish modelini ta’lim amaliyotiga joriy etishning mazmun bilan bog‘liq (masalasining tarixiy asoslari; etiketga doir tarkibiy asos; etik tarkibiy asos); zaruriy-tashkiliy (etiket va estetik tarkibiy asos); psixologik-pedagogik (antropologik, aksiologik va teleologik tarkibiy asos) shart-sharoitlari konstruktiv muloqot texnologiyasining produktivlik darajasini ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Deontologik yondashuv asosida texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida muloqot madaniyatini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
texnika yo‘nalishi talabalarida muloqot madaniyatini rivojlantirish arxitektonikasini ijtimoiy, psixologik-pedagogik va metodologik shart-sharoitlarni kontent tahliliga muvofiq axboriy, psixologik va faoliyatli mikrotizimlarning komponental va funksional namoyon bo‘lish darajalari organik integratsiyasiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavciyalardan texnika yoʻnalishi talabalari uchun “English (Study manual for the development of communication culture in English of studens of technical higher educational Institutions)” nomli o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-son buyrug‘i, 453054-raqamli guvohnoma), Natijada, talabalarda muloqot madaniyatini rivojlantirish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
deontologik yondashuv asosida talabalarda muloqot madanaiyatini rivojlantirish mazmunini texnika yo‘nalishlarida xorijiy tillardan mashg‘ulotlar olib boradigan professor-o‘qituvchining talabalarda muloqot madaniyatini rivojlantirishga doir axloqiy me’yor va tamoyillari yig‘indisi sifatida texno-pedagogik deontologiyaning nazariy asoslarini kross-madaniy kommunikasiya bilan identifikatsiyasini ta’minlash orqali takomillashtirihga doir taklif va tavciyalardan “English for geosciences)”nomli o‘quv qollanmasini yaratishda foydalanilgan. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-son buyrug‘i, 429-257-raqamli guvohnoma). Natijada, texno-pedagogik deontologiya tushunchasini ilmiy iste’molga kiritishga erishilgan;
talabalarda muloqot madaniyatini rivojlantirish modelining diagnostik komponentini samarali muloqotning sifat jihatdan ifoda etadigan yo‘naltiruvchi, etik, etiketga doir va estetik indikatorlarni o‘zida birlashtirgan psixologik-pedagogik tayyorlik tuzilmasini loyihalash asosida, talabalarda muloqot madaniyatini rivojlantirish modelini ta’lim amaliyotiga joriy etishning mazmun bilan bog‘liq (masalasining tarixiy asoslari; etiketga doir tarkibiy asos; etik tarkibiy asos); zaruriy-tashkiliy (etiket va estetik tarkibiy asos); psixologik-pedagogik (antropologik, aksiologik va teleologik tarkibiy asos) shart-sharoitlarini konstruktiv muloqot texnologiyasining produktivlik darajasini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir taklif va tavciyalardan “English (development of communication culture in English of studens of higher education Institutions based on deontological approach)” nomli o‘quv qollanmasini yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-son buyrug‘i, 429-257-raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarda muloqot madaniyatini rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.