Tajimbetova Gulmira Kenshimbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchisida pragmatik kompetensiyani takomillashtirish metodikasi», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7906.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Maxkamova Gulnara Turdahunovna, pedagogika  fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent  davlat  pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sobirova Gulnoza Sadikovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Usenova Gulmira Abillaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa  doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Gulistan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kognitiv-pragmatik yondashuv doirasida maxsus ishlab chiqilgan metodologiya asosida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchisining pragmatik kompetensiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:    
chet tili o‘qituvchisining pragmatik kompetensiyasining tuzilishi takomillashtirildi, unga janr-uslubiy, interaktiv-funksional va affektiv komponentlar kiritildi. Shuningdek, uning tarkibiy qismlarini samarali rivojlantirish uchun pedagogik sharoitlar aniqlanib, ingliz tili mashg‘ulotlarida lingvo-kognitiv va interaktiv-tashkiliy jihatlarni,  nutq aktlarini o‘rgatishda uchraydigan qiyinchiliklarni hisobga olgan holda tatbiq etildi;
chet tilini kasbiy faoliyat vositasi sifatida o‘qitish mazmuni takomillashtirildi, bunda pedagogik muloqotning kasbiy yo‘naltirilgan nutq aktlari va kommunikativ strategiyalari repertuari kengaytirildi. O‘rganish jarayonida tilshunoslik, ijtimoiy-madaniy, janr-uslubiy, diskursiv va affektiv qiyinchiliklar, shuningdek, muloyimlik tamoyili inobatga olindi;
muallif tomonidan kasbiy yo‘naltirilgan pragmatik kompetensiyani takomillashtirish modeli ishlab chiqildi. Ushbu model uch komponentli tuzilishga ega bo‘lib (maqsadli, mazmuniy-texnologik va natijaviy komponentlar), kognitiv-pragmatik hamda dialogik yondashuvlarga asoslangan. Model quyidagi o‘qitish tamoyillarini o‘z ichiga oladi: funksionallik va interaktivlik, kognitivlik, situativ modellashtirish, nutq aktlarini o‘rgatish uchun mashqlar adekvatligi, tizimlilik va modullilik, shuningdek, nutq aktlarini egallash uchun etarli darajadagi mashqlar majmuasi;
chet til o‘qituvchilari uchun o‘quv vositalar sifatida ingliz tilida pragmatik kompetensiyani rivojlantirish va takomillashtirish uchun “Teachers’ Talk in English Classes” qo‘llanmasi, hamda pragmadidaktika kontekstidagi o‘quv materialini baholash, tanlash va loyihalashni engillashtirish uchun metodik tavsiyalar taklif qilindi.
    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak chet tili o‘qituvchisining pragmatik kompetensiyasining tarkibiy va mazmuniy qismlarini, shuningdek uni oliy kasbiy ta’lim tizimida rivojlantirish va takomillashtirish yo‘llarini o‘rganish natijalariga ko‘ra quyidagilarga erishildi:
– taklif etilayotgan kognitiv-pragmatik yondashuv va uning bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kommunikativ kompetensiyasining pragmatik jihatini o‘rgatish tamoyillari, shuningdek, pragmatik kompetensiyani egallash darajasini aniqlashning o‘quv va nazorat-baholash vositalaridan № PZ-201709134-son “Filologiya yo‘nalishi bo‘yicha ingliz tili o‘rganishni baholash sifatining shakl va tamoyillari” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Mirzo Ulugʻbek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 19-apreldagi  04/11-3205-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tili mutaxassislarini kasbiy va pragmatik nuqtai nazardan tayyorlash va baholash sifati oshirildi;
– pedagogika universitetlarida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan uslubiy tavsiyalar ko‘rinishidagi tadqiqot natijalaridan IZ-2020082938 “Matematika fanidan qoraqalpoq tilida onlayn platforma va izohli lugʻat yaratish” nomli amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanildi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 28-noyabrdagi 1211-son ma’lumotnomasi). Natijada, elektron lugʻat tuzuvchilari mavzuga aloqador til birliklarini tanlashda taklif etilayotgan tamoyillarni hamda maxsus lugʻatning strukturaviy, semantik va funksional xarakteridagi qiyinchiliklarni hisobga olgan holda tuzdilar;
– taklif etilayotgan o‘qitishning amaliy modellari va pragmatik kompetensiyani o‘zlashtirish bo‘yicha topshiriqlar tizimi, shuningdek, pragmatik materialni o‘rganish bo‘yicha uslubiy tavsiyalari “ Integrated course of foreign language teaching” (2024) nomli darslikda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 2-avgustdagi 257-063-son ma’lumotnomasi). Natijada mutaxassislik tilini o‘qitish sifati pragmatik nuqtayi nazardan oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish