Nosirov Nodirbek Valijonovichning pedagogika fanlari
bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini metodik kompetentligini takomillashtirish” (texnologik ta’lim) 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2. PhD/Ped.636
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Muslimov Narzullo Alixanovich pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Xusniddin Oltinboevish pedagogika fanlari doktori, professor.
Karimov Ismoiljon Ibrohimjonovich pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini metodik kompetentligini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining ijtimoiy-shaxsiy, pedagogik, metodik, konstruktorlik-texnologik kompetentligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari innovatsion metodologik yondashuvlarning (kompetentli, individual, faoliyatli, tizimli, kompleks, refleksiv, modulli) umumiy va xususiy jihatlarini adaptivlashtirish hamda integrativlik, individuallilik, politexnik, ko‘rgazmalilik va boshqa tomoyillarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilariga qo‘yilgan malaka talablari va funksional vazifalar asosida metodik kompetentlikni tarkibiy komponentalari (motivatsion-qadriyatli, intellektual, amaliy-faoliyatli, shaxsiy va kommunikativ, refleksiv-ijodiy) mazmuni aniqlangan, metodik kompetentlikni bosqichma-bosqich takomillashtirish modeli ishlab chiqilgan hamda pedagogik jarayon va natijaviy bloklarda tarkib topgan komponentalarni maqsadli integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining metodik kompetentligini rivojlantirish shaxsiy va kasbiy komponentalarning dinamikligini taminlashga yo‘naltirilgan innovatsion ta’lim texnologiyalari (Mixed metodi, POPS formulasi, Kayzing texnologiyasi, loyiha, aqliy hujum, muammoli ta’lim) va interaktiv metodika (Case-study, rolli o‘yinlar, STEAM va Smart texnologiya)lari asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining metodik kompetentligini rivojlantirish metodikasini samaradorligi “Xalq xunarmandchiligi va badiiy loyihalash” fanini o‘qitish jarayonida baholash mezon ko‘rsatkichlari (intellektual, amaliy-faoliyatli va refleksiv) dinamikasini barqarorligini taminlash hamda darajalarini (reproduktiv, produktiv, kreativ) bir-biriga uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining metodik kompetentligini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini metodik kompetentligini takomillashtirish jarayonini amalga oshirish uchun ta’lim muassasalarida didaktik imkoniyatlari aniqlangan va metodik kompetentlikni bosqichma-bosqich takomillashtirishga oid takliflar “MIXED” metodi loyihasi nomli ilmiy ishlanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi huzuridagi “Intelektual mulk markazi” davlat muassasasining 2023-yil 11-avgustdagi 006664-raqam asosida berilgan guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarida metodik kompetentligini takomillashtirishning amaliy-metodik jihatini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilariga qo‘yilgan malaka talablari va funksional vazifalar asosida metodik kompetentlikni tarkibiy komponentalari (bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, shaxsiy va kommunikativ ko‘nikmalar, reflektiv yondashuvlar, loyihalash) mazmuni aniqlangan, metodik kompetentlikni bosqichma-bosqich takomillashtirishning tashkiliy-tuzilmaviy modeli ishlab chiqishga oid qarashlar “Xalq hunarmandchiligi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-sonli buyrug‘i asosida berilgan 391-060, raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarida metodik kompetentlikni takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlarini tahlil qilish va didaktik shart-sharoitlarini aniqlash imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchisini pedagogik fikrlashning tizimliligi, mustahkamligi, bilimlarni integratsiyalash kabi kasbiy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan metodik kompetentlikni rivojlanganligini baholashga imkon beruvchi nazorat shakllaridan indeksini Kayzing texnologiyasi, loyiha, aqliy hujum, muammoli ta’lim) va interaktiv metodika (Case-study, rolli o‘yinlar, STEAM va Smart texnologiya)lari pedagoglarning metodik kompetentlikni rivojlanganligini aniqlashning kriterial-diagnostik mezoni kabi xulosalardan “Yog‘ochlarga ishlov berish texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-sonli buyrug‘i, 391-061 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada talabalarning pedagogik fikrlashning tizimliligiga erishilgan;
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilariga qo‘yilgan malaka talablari va funksional vazifalari asosida metodik kompetentlik kreativ rivojlantirishga oid taklifilar Jizzax politexnika instituti ilmiy tadqiqot rejasining OT-F1-049 raqamli “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 2023-yil 21-sentyabrdagi 03-2221-2219-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarida metodik kompetentlikni rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.