Kalabaeva Madina Amangalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Ingliz tilida idiomatik iboralarini filolog talabalariga innovatsion ta’lim texnologiyalar bilan o‘qitish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4119
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Axmedova Laylo Tolibjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xoshimova Dildora Urinbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Kaipbergenova Feruza Tulepbergenovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 60230100 – Filologiya va tillarni oʻqitish (ingliz tili) bakalavr ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalariga ingliz tilidagi idiomatik iboralarni o‘rgatish metodikasini innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ikkinchi bosqich filolog talabalari tomonidan o‘rganilishi lozim bo‘lgan ingliz tili idiomatik iboralarini lingvokulturema-somatizmlar barqaror bo‘lgan lingvomadaniy maydonlarning idiomatik tarkibini hisobga olish asosida shakllantiriladigan o‘quv konsentrlari ko‘rinishida guruhlashning didaktik jihatdan maqsadga muvofiqligi asoslangan:
ingliz va o‘zbek tillarini lingvistik, lingvomadaniy va lingvodidaktik nuqtayi nazardan chog‘ishtirish asosida ikkinchi bosqich filolog talabalariga ingliz tilidagi idiomatik iboralarni o‘rgatishda transpozisiya va interferensiya holatlari aniqlanib, ikkinchi bosqich filolog talabalariga ingliz tilidagi idiomatik iboralarni o‘rgatish jarayonida ularni hisobga olish mexanizmi takomillashtirilgan;
muammoli ta’lim texnologiyasining olti bosqichi (muammoli vaziyatni qo‘yish; muammoli vaziyatni psixologik holatga o‘tkazish; muammoning echimini izlash; “aha-reaksiya”; topilgan echimni amalga oshirish; kuzatish) doirasida madaniyatlararo yondashuvni rivojlantirish asosida, hamda bu jarayonda interfaol texnologiya usullari (munozara usuli, empatiya usuli va “Xatolar bilan ma’ruza” usuli) hamda O‘YoTFRT (RKMChP) texnologiyasi (“G‘oyalar savati” va “Bashoratlar daraxti” usullari)ga tayanilgan holda ikkinchi bosqich filolog talabalariga ingliz tili idiomatik iboralarini o‘rgatish metodikasi takomillashtirilgan;
ikkinchi bosqich filolog talabalarida ingliz tilidagi idiomatik kompetensiyani takomillashtirish maqsadida turli xil muammoli vaziyatlarni yaratish usullarini (idiomatik faktlarni nazariy jihatdan tushuntirish va tahlil qilishning har xil turlarini o‘tkazishga undash; idiomatik faktlarga nisbatan farazlarni ilgari surish; idiomatik faktlarni taqqoslash, solishtirish va umumlashtirishga undash; fanlararo aloqalarni o‘rnatish) faollashtirish orqali “Somatic idioms” muammoli topshiriq va mashqlar tizimini ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishining 2-bosqich filolog talabalarga ingliz tilidagi idiomatik iboralarni o‘rgatishning innovatsion ta’lim texnologiyalari bo‘yicha ishlab chiqilgan tadqiqot natijalari asosida:
ikkinchi bosqich filolog talabalari tomonidan o‘rganilishi lozim bo‘lgan ingliz tili idiomatik iboralarini lingvokulturema-somatizmlar barqaror bo‘lgan lingvomadaniy maydonlarning idiomatik tarkibini hisobga olish asosida shakllantiriladigan o‘quv konsentrlari ko‘rinishida guruhlashning didaktik jihatdan maqsadga muvofiqligi boʻyicha taklif va tavsiyalar Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-sonli xatiga asosan 2022-2024-yillarida amalga oshirgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan “English Access Microscholarship Program” loyihasini bajarishda foydalanildi (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 10-fevral 429/02-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha mazmuni xorijiy tillarni o‘qitish jarayonida o‘rganiladigan til materialini tanlash, tasniflash va guruhlash muammosini hal qilishda yangi yondashuvlar bilan boyidi;
ingliz va o‘zbek tillarini lingvistik, lingvomadaniy va lingvodidaktik nuqtayi nazardan chog‘ishtirish asosida ikkinchi bosqich filolog talabalariga ingliz tilidagi idiomatik iboralarni o‘rgatishda transpozisiya va interferensiya holatlari aniqlanish, va ikkinchi bosqich filolog talabalariga ingliz tilidagi idiomatik iboralarni o‘rgatish jarayonida ularni hisobga olish mexanizmi bo‘yicha natijalardan “Up to English Part II” o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 1-martdagi 110-son buyrug‘i, №110-219 nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘quv qo‘llanmaning kategorial-terminologik apparat boyitilib, ilmiy-nazariy asosi mustahkamlandi;
muammoli ta’lim texnologiyasining olti bosqichi (muammoli vaziyatni qo‘yish; muammoli vaziyatni psixologik holatga o‘tkazish; muammoning echimini izlash; “aha-reaksiya”; topilgan echimni amalga oshirish; kuzatish) doirasida madaniyatlararo yondashuvni rivojlantirish asosida, hamda bu jarayonda interfaol texnologiya usullari (munozara usuli, empatiya usuli va “Xatolar bilan ma’ruza” usuli) hamda O‘YoTFRT (RKMChP) texnologiyasi (“G‘oyalar savati” va “Bashoratlar daraxti” usullari)ga tayanilgan holda ikkinchi bosqich filolog talabalariga ingliz tili idiomatik iboralarini o‘rgatish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy xulosa va takliflardan 60230100 – Filologiya va til o‘qitish (ingliz tili) ta'lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Authentic reading materials with activities a practical manual for bachelor studens” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqishda qo‘llanildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149 buyrig‘i, №174944-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada mazkur ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun o‘qitiladigan “Harakatlar asosida o‘qish va yozish amaliyoti” fanining nazariy bazasi boyidi;
ikkinchi bosqich filolog talabalarida ingliz tilidagi idiomatik kompetensiyani takomillashtirish maqsadida turli xil muammoli vaziyatlarni yaratish usullarini (idiomatik faktlarni nazariy jihatdan tushuntirish va tahlil qilishning har xil turlarini o‘tkazishga undash; idiomatik faktlarga nisbatan farazlarni ilgari surish; idiomatik faktlarni taqqoslash, solishtirish va umumlashtirishga undash; fanlararo aloqalarni o‘rnatish) faollashtirish orqali “Somatic idioms” muammoli topshiriq va mashqlar tizimini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy xulosa va takliflar Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasi radiosining “O‘zbekiston – bizning umumiy uyimiz” nomli ko‘rsatuvi va efirga uzatilgan yangiliklar dasturlari ssenariylarini tayyorlashda o‘z ifodasini topgan (Qoraqalpoq teleradiokompaniyasining 2024-yil 2-iyuldagi 05-22/298-son ma’lumotnomasi). Natijada radioeshittirishlarning axborot mazmuni filolog-talabalarga ingliz tilidagi idiomatik iboralarni o‘rgatishning innovatsion ta’lim texnologiyalari bo‘yicha yangi ekspert fikrlari bilan boyitilgan.