Ergashev Murodbek Ikromovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Musiqa ta’limida o‘quvchilarning kreativ va ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (musiqa ta’limi) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6678.
Ilmiy rahbar: Artikova Muhayyo Botiralievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.08/28.08.2020.San.121.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Egamberdieva Turg‘unoy Ahmadjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Baxriev Axmad Raxmatovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi musiqa ta’limida o‘quvchilarning kreativ va ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
musiqa ta’limida o‘quvchilarning kreativ va ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari o‘quvchilarning musiqani tinglash istagining dastlabki shakllantirish bosqichidagi differensial jihatlarini musiqiy ta’lim mazmuniga didaktik identifikatsiya qilish hamda faollashtirishga yo‘naltirilgan holda empirik baholash asosida aniqlashtirilgan;
musiqa ta’limida o‘quvchilarning kreativ va ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish bosqichlari mazmuni o‘quvchilarning rivojlanish strategiyasini kasbiy rivojlantirish kontekstida pedagogik va evtagogik struktural modellashtirish asosida takomillashtirilgan;
musiqa ta’limida kreativ va ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirishning metodik ta’minoti mustaqil ijodkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi muhit bilan ijodiy laboratoriyalar va musiqiy loyihalar integratsiyasining intensivlik darajasi barqarorligini statistik korrelyasiya qilish asosida takomillashtirilgan;
musiqa ta’limida o‘quvchilarning kreativ va ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli individual va jamoaviy kuylash hamda professional ijro sifatlarining kasbiy rivojlanish darajasi bilan uslubiy-didaktik, dasturiy-mazmuniy aspektlarini konseptual-funksional integratsiyalash asosida  takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Musiqa ta’limida o‘quvchilarning kreativ va ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
musiqa ta’limida o‘quvchilarning kreativ va ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari o‘quvchilarning musiqani tinglash istagining dastlabki shakllantirish bosqichidagi differensial jihatlarini musiqiy ta’lim mazmunini didaktik identifikatsiya qilish hamda faollashtirishga yo‘naltirilgan holda empirik baholash asosida aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalardan 2017-2020-yillarda bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutining 2023-yil 11-oktyabrdagi 01/09-480-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning musiqa ta’limi vositasida kreativ va ijtimoiy kompetensiyalari, shuningdek estetik, ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga ustuvorlik berish asosida o‘qitishning intensivligi ta’minlangan;
musiqa ta’limida o‘quvchilarning kreativ va ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish bosqichlari mazmuni o‘quvchilarning rivojlanish strategiyasini kasbiy rivojlantirish kontekstida pedagogik va evtagogik struktural modellashtirish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan “An’anaviy xonandalik” nomli o‘quv qo‘llanmasi tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 14-avgustdagi 418-son buyrug‘iga asosan berilgan nashr ruxsatnomasi). Natijada, o‘quvchilarning kreativ va ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari hamda samaradorligini oshirishga erishilgan;
musiqa ta’limida kreativ va ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirishning metodik ta’minoti mustaqil ijodkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi muhit bilan ijodiy laboratoriyalar va musiqiy loyihalar integratsiyasining intensivlik darajasi barqarorligini statistik korrelyasiya qilish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan “An’anaviy xonandalik” nomli darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-son buyrug‘iga asosan berilgan nashr ruxsatnomasi). Natijada, musiqa ta’limi vositasida kreativ va ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirish hamda musiqa madaniyatiga doir nazariy va amaliy faoliyatga motivatsiyasini oshirishga erishilgan;
musiqa ta’limida o‘quvchilarning kreativ va ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli individual va jamoaviy kuylash hamda professional ijro sifatlarining kasbiy rivojlanish darajasi bilan uslubiy-didaktik, dasturiy-mazmuniy aspektlarini konseptual-funksional integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023-yil 11-sentyabrdagi 461-son ma’lumotnomasi). Natijada, kreativ va ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirishga ta’sir qiluvchi omillarni hisobga olgan holda, o‘quvchi-yoshlarda musiqa ta’limining mazmuni, mohiyati va tamoyillarini anglash imkoni oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish