Rizaev E’zozbek Alimdjanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir pankreatitni xirurgik davolashda differensial yondashuv va prognozlash», 14.00.27 – Xirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Tib964.
Ilmiy maslahatchi: Kurbaniyazov Zafar Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/27.09.2024.Tib.93.03.
Rasmiy opponentlar: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor;  Akbarov Mirshavkat Mirolimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Jong-Woo Kim, professor (Janubiy Koreya).
Yetakchi tashkilot: Ijevsk davlat tibbiyot akademiyasi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘tkir pankreatitni xirurgik davolashda kaminvaziv aralashuvlarni differensial kullash orkali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pankreonekrozning turli bosqichlari va uning asoratlariga qarab videolaparoskopik va sonografik navigatsiya ostida amalga oshiriladigan punksion aralashuvlarni qo‘llash asosida og‘ir o‘tkir pankreatitni individual davolash taktikasi tanlanishi asoslangan;
o‘tkir biliar pankreatitda endoskopik papillosfinkterotomiya (EPST) qo‘llashning patogenetik asoslanganligi ilmiy jihatdan tasdiqlanib, ushbu usulning o‘t yo‘llari va oshqozon osti bezi yo‘llaridagi gipertenziyani samarali bartaraf etishi, xolangit va pankreonekrozning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etishi isbotlangan;
og‘ir o‘tkir pankreatitni aseptik nekroz bosqichida miniinvaziv aralashuvlar orqali davolash konservativ terapiya yoki ochiq jarrohlik amaliyotlari bilan solishtirilganda klinik va laborator ko‘rsatkichlar dinamikasi yaxshilanishini ta’minlashi isbotlangan;
infisirlangan pankreonekroz va uning yiringli-septik asoratlarida jarrohlik aralashuvlari samarali sanatsiyani ta’minlashi bemorlarning holatini APACHE II shkalasi bo‘yicha yaxshilanishi va poliorgan etishmovchilikni SOFA shkalasi bo‘yicha kamayishi asoslangan;
pankreonekroz kechikkan bosqichga o‘tib ketganda va biliar yo‘llar patologiyasi o‘z vaqtida tuzatilmagan hollarda, infeksiyalangan pankreonekrozda yiringli-septik o‘choqni samarali sanatsiya qilish uchun «ochiq» jarrohlik aralashuvlari hanuz zarurligi saqlanib qolishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/12 – son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: pankreonekrozning turli bosqichlari va uning asoratlariga qarab videolaparoskopik va sonografik navigatsiya ostida amalga oshiriladigan punksion aralashuvlarni qo‘llash uchun aniq ko‘rsatmalar ishlab chiqilib, og‘ir o‘tkir pankreatitni individual davolash taktikasi tanlanishi ta’minlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Me’da osti bezi aseptik nekrozida jarrohlik davolashning asosiy usuli videolaparoskopik sanatsiya bo‘lib, ultratovush ostida teri orqali drenajlash pankreatik abssess yoki infisirlangan suyuqlik to‘planishini davolash uchun samarali hisoblanadi. Og‘ir o‘tkir pankreatit bilan og‘rigan bemorlarning 51,4% da miniinvaziv operatsiyalar bajarilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (04.04.2024 y.; №40), Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi (13.05.2024 y.; №76) hamda Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (03.10.2024 y.; №55) amaliyotiga tadbiq etildi. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini yaxshilashga, operatsiyadan keyingi vaqtini, amaliyotdan keyingi asoratlar chastotasini va davolanishning reabilitatsiya davrini kamaytirishga imkon bergan. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir pankreatitning og‘ir shakllari bilan og‘rigan bemorlar ishga va jamiyatdagi faol hayotga qaytish, tibbiy yordamdan qoniqishi, umr ko‘rish davomiyligining oshishi, o‘lim va nogironlikning kamayishi imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: amaliyotga tatbiq etilgan taktik algoritm o‘tkir pankreatit og‘ir shakllari uchun ma’lum xavf omillarining mavjudligi yoki yo‘qligiga qarab tanlangan operatsiyaning maqbul usulini aniqlashga yordam berdi va buning natijasida operatsiyadan keyingi davrda konservativ davo uchun dori – vositalarini buyurish soni keskin kamaygan, shuningdek bemorlarning statsionar sharoitida davolanish davri qisqargan. Xulosa: Ishlab chiqilgan taktik algoritmni qo‘llash natijasida, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1540000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 2700000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘tkir biliar pankreatitda endoskopik papillosfinkterotomiya (EPST) qo‘llashning patogenetik asoslanganligi ilmiy jihatdan tasdiqlanib, ushbu usulning o‘t yo‘llari va oshqozon osti bezi yo‘llaridagi gipertenziyani samarali bartaraf etishi, xolangit va pankreonekrozning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: O‘tkir biliar pankreatitda optimal davolash taktikasini tanlashda yetakchi mezon biliar traktidagi konkrementlarni aniqlash bo‘lib, EPST o‘tkir biliar pankreatitda o‘t va pankreatik yo‘llar obstruksiyasini samarali bartaraf etadi va yiringli xolangit va pankreonekrozning asosiy sababi bo‘lgan yo‘l gipertenziyasini bartaraf etadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (04.04.2024 y.; №40), Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi (13.05.2024 y.; №76) hamda Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (03.10.2024 y.; №55) amaliyotiga tadbiq etildi. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini yaxshilashga, operatsiyadan keyingi vaqtini, amaliyotdan keyingi asoratlar chastotasini va davolanishning reabilitatsiya davrini kamaytirishga imkon bergan. Ijtimoiy samaradorligi: ushbu yangilikning ijtimoiy samaradorligi shundaki, o‘tkir pankreatitning og‘ir shakllari bilan og‘rigan bemorlarda operatsiyadan keyingi asoratlarning kamayishi, dispeptik belgilar va og‘riq kuzatilmasligi hisobiga bemorlar ishga va jamiyatdagi faol hayotga qaytish, tibbiy yordamdan qoniqishi, umr ko‘rish davomiyligining oshishi imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: Taklif qilingan usul yordamida bemorlarnig ishga va jamiyatdagi faol hayotga qaytish, tibbiy yordamdan qoniqish, va nogironlikning kamayishi hisobiga tadqiqot ishining ijtimoiy samaradorligi belgilanadi. Bemorlarnig shifoxohada davolanish muddatini qisqartirish natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Xulosa: O‘tkir pankreatit og‘ir shakllari bilan og‘rigan bemorlarda operatsiyadan keyingi erta asoratlar kamayganligini hisobga olib, 1 nafar bemordan byudjet mablag‘larini 10400000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 16200000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: og‘ir o‘tkir pankreatitni aseptik nekroz bosqichida miniinvaziv aralashuvlar orqali davolash konservativ terapiya yoki ochiq jarrohlik amaliyotlari bilan solishtirilganda klinik va laborator ko‘rsatkichlar dinamikasi yaxshilanishini ta’minlashi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Kasallikning og‘irlik darajasi va davolash samaradorligini monitoring qilishda muhim ko‘rsatkichlar qondagi amilaza va lipaza darajasi, prokalsitonin darajasi bo‘lib, ular jarrohlik amaliyotidan keyin fermentemiya va yallig‘lanish reaksiyasi ko‘rsatkichlarining yanada yaqqol pasayganligidan dalolat beradi, ammo jarrohlik aralashuvining aniq usuliga bog‘liq emas; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (04.04.2024 y.; №40), Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi (13.05.2024 y.; №76) hamda Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (03.10.2024 y.; №55) amaliyotiga tadbiq etildi. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini yaxshilashga, operatsiyadan keyingi vaqtini, amaliyotdan keyingi asoratlar chastotasini va davolanishning reabilitatsiya davrini kamaytirishga imkon bergan. Ijtimoiy samaradorligi ochiq operatsiyalarga nisbatan aseptik og‘ir pankreatit bilan og‘rigan bemorlarni davolashda kam invaziv aralashuvlar ustuvor hisoblanadi, bu o‘lim holatlarining sezilarli darajada kamayishi (mos ravishda 6,2% va 17,2%) bilan asoslanadi. Infeksiyalangan pankreanekrozlar uchun bu ko‘rsatkich 19,1% va 27,3% ni tashkil etdi. Iqtisodiy samaradorligi: 1) bemorlarning statsionarda bo‘lish vaqti kamaygan; 2) bemorlarda operatsiyadan keyingi davrda asoratlar kam kuzatilganligi hisobiga dori-vositalarga ehtiyoj kam bo‘lgan. Xulosa: O‘tkir pankreatitning og‘ir shakllarida taklif etilayotgan taktik algoritmni amaliyotga tatbiq etish natijasida operatsiyadan keyingi reabilitatsiya davri 15-17 kundan 9-11 kungacha qisqarish hisobiga 1 nafar bemorga byudjet mablag‘larini 1640000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 2790000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: infisirlangan pankreonekroz va uning yiringli-septik asoratlarida jarrohlik aralashuvlari samarali sanatsiyani ta’minlashi bemorlarning holatini APACHE II shkalasi bo‘yicha yaxshilanishi va poliorgan etishmovchilikni SOFA shkalasi bo‘yicha kamayishi bilan tasdiqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: APACHE II shkalasi va SOFA shkalasi bo‘yicha a’zolar disfunksiyalarining umumiy holati va kechishining og‘irligi ko‘rsatkichlari aseptik pankreonekroz bilan og‘rigan bemorlarda miniinvaziv davolash usullarida sezilarli darajada yaxshi bo‘ldi. Pankreonekroz bilan kasallangan bemorlar guruhida bu ko‘rsatkichlar sezilarli farqlarga ega bo‘lmadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (04.04.2024 y.; №40), Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi (13.05.2024 y.; №76) hamda Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (03.10.2024 y.; №55) amaliyotiga tadbiq etildi. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini yaxshilashga, operatsiyadan keyingi vaqtini, amaliyotdan keyingi asoratlar chastotasini va davolanishning reabilitatsiya davrini kamaytirishga imkon bergan. Ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilgan yangiliklarni amaliyotga tadbiq etish natijasida operatsiyadan keyingi erta va kechki asoratlar soni keskin kamayishi natijasida mazkur bemorlarni davolashning yuqori tibbiy samaradorligini ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: 1) bemorning shifoxonadagi davri uchun: bemorning shifoxonada qolish muddatini 17 kundan 11 kungacha kunga qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 1 mln 210 ming so‘mga kamaytirgan; shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 650000 so‘m dori vositalari sarflanadi); reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirgan (1 kunga o‘rtacha reabilitatsiya uchun ishlatiladigan 215000 so‘m dori vositalari sarflanadi); 2) bemorning shifoxonadan tashqaridagi davri uchun (boshqa tibbiy muassasalarda davolanishi, masalan bemorning yashash joyi bo‘yicha poliklinikalarda) bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: O‘tkir pankreatit og‘ir shakllari bilan og‘rigan bemorlarda kam invaziv usullarni qo‘llash natijasida 1 nafar bemordan byudjet mablag‘larini 16400000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 21200000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
beshinchi ilmiy yangilik: pankreonekroz kechikkan bosqichga o‘tib ketganda va biliar yo‘llar patologiyasi o‘z vaqtida tuzatilmagan hollarda, infeksiyalangan pankreonekrozda yiringli-septik o‘choqni samarali sanatsiya qilish uchun «ochiq» jarrohlik aralashuvlari hanuz zarurligi saqlanib qolishi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: O‘tkir biliar pankreatitning uzoq muddatli, 4 haftadan ortiq davom etishi, bemorning ixtisoslashtirilgan bo‘limga kech yotqizilishi va kam samarali jarrohlik aralashuvi oshqozon osti bezi, parapankreatik va qorin parda orti bo‘shlig‘ida o‘tkir alkogol pankreatitga o‘xshash o‘zgarishlarga olib keladi, bu o‘lim darajasi 23,3% bo‘lgan 30 nafar bemorda kuzatilgan. Ushbu kuzatuvlarda eng samarali jarrohlik yordami "ochiq qorin" usulini qo‘llashdir. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (04.04.2024 y.; №40), Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi (13.05.2024 y.; №76) hamda Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (03.10.2024 y.; №55) amaliyotiga tadbiq etildi. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini yaxshilashga, operatsiyadan keyingi vaqtini, amaliyotdan keyingi asoratlar chastotasini va davolanishning reabilitatsiya davrini kamaytirishga imkon bergan. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalarining joriy qilinishi o‘tkir pankreatit bilan og‘rigan bemorlarni xirurgik davolashning taktik va texnik jihatlarini takomillashtirish orqali o‘lim darajasini aseptik nekrozda 17,2% dan 6,2% gacha, shuningdek, infeksiyalangan pankreonekrozda 27,3% dan 19,1% gacha kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: 1) bemorlarning statsionarda bo‘lish vaqti kamaygan; 2) bemorlarda operatsiyadan keyingi davrda asoratlar kam kuzatilganligi hisobiga dori-vositalarga ehtiyoj kam bo‘lgan. Xulosa: O‘tkir pankreatitning og‘ir shakllarida taklif etilayotgan taktik algoritmni amaliyotga tatbiq etish natijasida operatsiyadan keyingi reabilitatsiya davri 15-17 kundan 9-11 kungacha qisqarish hisobiga 1 nafar bemorga byudjet mablag‘larini 1640000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 2790000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish