Shukurova Yulduz Utkurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Chaqaloqlar antenatal o‘limini Sud-tibbiy tanotogenezini baholash” 14.00.24- Sud tibbiyoti, 14.00.15 – Patologik anatomiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib4976.
Ilmiy rahbarlar: Boymanov Farxod Xolboevich, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Allaberganov Dilshod Shavkatovich, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, PhD04/ 30.09.2020.Tib.122.01.
Rasmiy opponentlar: Xasanova Mukarrama Allmaredanovna tibbiyot fanlari doktori, dotsent, Djuraeva Gulbaxor Baxshillaevna tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Chakaloklar antenatal o‘limini potomorfologik mexanizmlarini va homila yo‘qotishlarining tanatogenezini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
antenatal davrda tug‘ilgan chaqaloqlarni klinik anamnestik ma’lumotlar tahlili bo‘yicha, birlamchi atelektaz, xavf omillaridan asfiksiya, qog‘onoq suvi aspiratsiyasi va shiddatli tug‘ruq jarayoni, ona qornida infeksiya yuqishi va fetoplatsentar etishmovchiligini ustun turishi isbotlangan;
antenatal gipoksiyaning fetoplatsentar etishmovchilik belgilaridan kelib chiqqan holda, yo‘ldosh to‘qimasida, etilmaganlik va kompensator moslanish reaksiyalari sifatida, etilmagan yo‘ldoshda muddatdan oldin qarish jarayoni rivojlanishi sababli yuzaga kelishi isbotlangan;
antenatal davrda tug‘ilgan chaqaloqlarning muddati bo‘yicha, gestatsiya davrining kichikligi, yuqori darajada o‘lim ko‘rsatkichining tanotogenezi bo‘yicha o‘pkalar va buyraklarda morfologik chalalik sababli yuzaga kelishi isbotlangan;
antenatal o‘lik tug‘ilgan chaqaloqlarda o‘pkalar va buyrak to‘qimalarda morfofunksional chalalik, o‘pkalarda asosan birlamchi atelektaz, buyraklarda to‘liq shakllanmaslik, subkapsular va intrakortikal nefronlarning son jixatdan kamligi, proksimal va distal naychalarning to‘liq ochilmasligi sababli yuzaga kelishi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ekspert komissiyasining 2024 yil 6 maydagi 38-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: antenatal davrda tug‘ilgan chaqaloqlarda birlamchi atelektaz, xavf omillaridan asfiksiya, qog‘onoq suvi aspiratsiyasi va shiddatli tug‘ruq jarayoni, ona qornida infeksiya yuqishi va fetoplatsentar etishmovchiligini ustun turishi isbotlash imkonini berdi. Bu antenatal o‘lim holatlarini qisqartirishga va ularning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Usul Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi Surxandaryo filialida (15.11.2024 y., №112) va Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosida (14.12.2024 y., №71) joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha: Amalga oshirish natijalarining sifati va ilmiy-amaliy asosliligini oshirish bilan bir qatorda xomilaning antenatal o‘limi chastotasini, ya’ni o‘lim ko‘rsatgichini kamayishiga sabab bo‘ladi hamda sog‘lom xomiladorlik, sog‘lom bola tug‘ilishiga xizmat qildi; ushbu modulning iqtisodiy samaradorligi uning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida bir bemorning vaqtdan oldin diagnoz qo‘yish o‘rtacha 87000 so‘m sarflanib, bu antenatal gipoksiyaning davolashda o‘rtacha 185000 so‘m ga kamaytirdi. Xulosa: Samarqand-Toshkent viloyatida 2020-2023 yillarda “Onalik va bolalikni himoya qilish bo‘yicha” Davlat dasturi asosida qabul qilingan qonunlar negizida juda kam tana vazniga ega o‘lik tug‘ilgan chaqaloqlarning mutloq soni kamaydi 12,2%-6,7% gacha, bundan tashqari antinatal gipoksiya 61,5% dan 17,5% gacha, tug‘ma nuqsonlar esa 15,7% dan 7,7% kamayganligi kuzatildi.
ikkinchi ilmiy yangilik: antenatal davrda tug‘ilgan chaqaloqlarning muddati bo‘yicha, gestatsiya davrining kichikligi, yuqori darajada o‘lim ko‘rsatkichining tanotogenezi bo‘yicha o‘pkalar va buyraklarda morfologik chalalik sababli yuzaga kelishi isbotlandi. Gialin membrana kasalligi morfogenetik rivojlanishi davrlari bo‘yicha oldini olish bo‘yicha etiopatogenetik davolash samaradorligini oshirishga qaratilgan usul yaratishga asos bo‘ladi. Chala tug‘ilgan chaqaloqlar gestatsiya davri bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf omillarni oldindan baholab, kutilayotgan asoratalarni bartaraf etishga asos bo‘ladi. Ijtimoiy ahamiyati quyidagilardan iborat: Tadqiqot natijalarida autopsiya materialidan foydalanib, bir oygacha bo‘lgan bolalar o‘pka to‘qimasida yuz beradigan morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlar asosida bu kasalliklarni retrospektiv va prospektiv usulda baholashda qo‘l kelishi mumkinligi bilan tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini optimallashtirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorlik quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Chaqaloqlar antenatal o‘limini tashxislash va berilgan amaliy tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etilishi natijasida bir bemorning vaqtdan oldin tashxis qo‘yish o‘rtacha 90000 so‘m sarflanib, bu antenatal gipoksiyaning davolashda o‘rtacha 180000 so‘m sarflanishini oldi olinadi. Xulosa: 34-36 haftalikda tug‘ilgan chaqaloqlarning antenatal o‘limida, asosiy o‘zgarishlar o‘pka to‘qimasida, tug‘ma pnevmoniya ko‘rinishda namoyon bo‘lib, morfologik jihatdan al`terativ-proliferativ jarayonlar avj olib atelektatik pnevmoniyaga aylanganligi aniqlangan bo‘lsa, buyrakda to‘liq shakllanmaslik, subkapsular va intrakortikal nefronlarning, naychali qismida esa proksimal va ozroq darajada distal nefronlarning kattalashganligi natijasida, buyrakning faol maydonlarida moddalar almashinuvining buzilishi, funksional ko‘rsatkichlarini keskin pasayganligini anglatadi.
uchinchi ilmiy yangilik: fetoplatsentar etishmovchilikning klinik va morfologik belgilaridan kelib chiqqan holda, homila va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda, shuningdek, antenatal yo‘qotishlarning tanatogenezida yo‘ldosh patologiyasining ahamiyatini retrospektiv baholash mumkin. Ijtimoiy ahamiyati quyidagilardan iborat: Tadqiqot natijalarida autopsiya materialidan foydalanib, bir oygacha bo‘lgan bolalar o‘pka to‘qimasida yuz beradigan morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlar asosida bu kasalliklarni retrospektiv va prospektiv usulda baholashda qo‘l kelishi mumkinligi bilan tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini optimallashtirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi uning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida bir bemorning vaqtdan oldin tashxis qo‘yish o‘rtacha 85000 so‘m sarflanib, bu antenatal gipoksiyaning davolashda o‘rtacha 183000 so‘m ga kamaytirdi. Xulosa: Antenatal davrda turli omillar ta’sirida yo‘ldoshda morfologik etilmaganlikni yuzaga kelishi distrofik, nekrobiotik o‘choqlarini takomil topishi, aksariyat, yo‘ldoshning morfofunksional sohalari bo‘lgan, birlamchi so‘rg‘ichlarning tarmoqlanish sohalarida fibrinoidni yuzaga kelishi, so‘rg‘ichlarda qon tomirlarni noto‘g‘ri shakllanishi, homila va ona o‘rtasidagi fetoplatsentar gemodinamik buzilishlarga olib kelishi, kapillyarni me’yorga nisbatan 2 martaga kamayishi, antenatal davrda homilani o‘lik tug‘ilishiga olib kelishi aniqlandi. Bu usul Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi Surxandaryo filialida (15.11.2024 y., №-112) va Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosida (14.12.2024 y., №-71) joriy qilingan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: antenatal o‘lik tug‘ilgan chaqaloqlarda o‘pkalar va buyrak to‘qimalarda morfofunksional chalalik, o‘pkalarda asosan birlamchi atelektaz, buyraklarda to‘liq shakllanmaslik, subkapsular va intrakortikal nefronlarning son jixatdan kamligi, proksimal va distal naychalarning to‘liq ochilmasligi sababli yuzaga kelishini baholash mumkin. Ijtimoiy ahamiyat quyidagilardan iborat: Tadqiqot natijalarida autopsiya materialidan foydalanib, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar o‘pka va buyrak to‘qimasida yuz beradigan morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlar asosida bu kasalliklarni retrospektiv va prospektiv usulda baholashda qo‘l kelishi mumkinligi bilan tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini optimallashtirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi uning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida bir bemorning vaqtdan oldin tashxis qo‘yish o‘rtacha 80000 so‘m sarflanib, bu antenatal gipoksiyaning davolashda o‘rtacha 180000 so‘m ga kamaytirdi. Xulosa: 34-36 haftalikda tug‘ilgan chaqaloqlarning antenatal o‘limida, asosiy o‘zgarishlar o‘pka va buyrak to‘qimasida, tug‘ma pnevmoniya ko‘rinishda namoyon bo‘lib, morfologik jixatdan al`terativ-proliferativ jarayonlar avj olib atelektatik pnevmoniyaga aylanganligi aniqlangan bo‘lsa, buyrakda to‘liq shakllanmaslik, subkapsular va intrakortikal nefronlarning, naychali qismida esa proksimal va ozroq darajada distal nefronlarning kattalashganligi natijasida, buyrakning faol maydonlarida moddalar almashinuvining buzilishi, funksional ko‘rsatkichlarini keskin pasayganligini anglatadi. Bu usul Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi Surxandaryo filialida (15.11.2024 y., №-112) va Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosida (14.12.2024 y., №-71) joriy qilingan.