Badirova Dilfuza Asamatdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Ingliz va qoraqalpoq tillarida konversiya modellarining chog‘ishtirma tahlili», 10.00.06 – «Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik» (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil810.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xadjieva Dilbar Tadjimuratovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.04.2022.Fil.20.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Teshabaeva Dilfuza Muminovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Shınnazarova Saodat Jubatxanovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va qoraqalpoq tillaridagi konversiya modellarining funksional-semantik, leksik-semantik, morfologik va sintaktik aspektlardagi o‘ziga xos xususiyatlarini, tipologik o‘xshashlik va farqlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va qoraqalpoq tillarida konversiya modellarining turlari, ularning har bir tildagi chastotasi, nutqda va yozuvda qo‘llanilish o‘rni hamda ularning umumiy va o‘ziga xos xususiyatlari, struktur-semantik farqlari aniqlangan;
konversiya modellarining ingliz tilida asosiy 4 turi va 8 ta modellari, qoraqalpoq tilida asosiy 3 turi va 7 ta modellarining o‘xshashlik va farqli jihatlarini, ularning funksional-semantik, leksik-semantik, morfologik va sintaktik xususiyatlari chuqur va tizimli tahlil qilingan va tilshunoslikda yangi yondashuvlar va nazariyalar uchun asos yaratilgan;
ingliz va qoraqalpoq tillarida konversiya modellarining qiyosiy leksik-semantik tahlili natijasida konversiya usuli bilan yasalgan so‘zlarning semantik ko‘lami va leksik ifodalanishida muhim tafovutlar, har bir tildagi konversiya hodisasi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos semantik siljishlar aniqlanib, zamonaviy tilshunoslikdagi yangi yondashuvlar asosida dalillangan;
ingliz va qoraqalpoq tillarida konversiya hodisasining morfologik-sintaktik xususiyatlarini qiyosiy o‘rganish natijasida konversiya usuli bilan yasalgan so‘zlarning so‘z turkumlari sifatida qo‘llanilishida va sintaktik funksiyalarida farqlar o‘xshashliklar aniqlandi va bu orqali ikki til tizimining o‘ziga xosliklari, hamda konversiyaning universal va milliy xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va qoraqalpoq tillaridagi konversiya modellarining funksional-semantik, leksik-semantik va grammatik o‘zgarishlarini o‘rganish jarayonida olingan natijalar haqida:
ingliz va qoraqalpoq tillarida konversiya modellarining turlari, ularning har bir tildagi chastotasi, nutqda va yozuvda qo‘llanilish o‘rni hamda ularning umumiy va o‘ziga xos xususiyatlari, struktur-semantik farqlari haqidagi ilmiy ish natijalari 2024-yil 3-fevral kuni Qoraqalpog‘iston telekanalining “Yangiliklar” va 2024-yil 5-mart kuni Qoraqalpog‘iston radiokanalining “Xabar” dasturlarida keng ommaga targ‘ib etildi (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2024-yil 4-iyundagi № 05-22/277-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz va qoraqalpoq tillaridagi konversiya hodisasini aholiga, asosan, o‘quvchi yoshlarga, talabalarga, olimlarga va ilmiy izlanuvchilarga targʻib qilish imkoniyati yaratilgan hamda teleko‘rsatuv yangi materiallar, ilmiy asoslangan dalillar bilan boyitilgan;
konversiya modellarining ingliz tilida asosiy 4 turi va 8 ta modellari, qoraqalpoq tilida asosiy 3 turi va 7 ta modellarining o‘xshashlik va farqli jihatlarini, ularning funksional-semantik, leksik-semantik, morfologik va sintaktik xususiyatlari chuqur va tizimli tahlil qilingan va tilshunoslikda yangi yondashuvlar va nazariyalariga oid xulosalaridan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyida qoraqalpoq va ingliz xalqlari adabiy tili doirasida, ko‘rgazma va ekskursiya jarayonlarida, muzeyga kelgan mehmonlar bilan suhbatlarda konversiya jarayonidan so‘z yasovchi vosita sifatida foydalanilgan (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyining 2024-yil 30-avgustdagi 01-02/03-150-son ma’lumotnomasi). Natijada, konversiya modellarining o‘xshashlik hamda farqlari, ijtimoiy-tarixiy o‘zgarishlar, har bir xalqning yashash sharoitlari, urf-odatlari, kundalik hayoti bilan bogʻliqligini isbotlashga xizmat qilgan;
ingliz va qoraqalpoq tillarida konversiya modellarining qiyosiy leksik-semantik tahlili natijasida konversiya usuli bilan yasalgan so‘zlarning semantik ko‘lami va leksik ifodalanishida muhim tafovutlar, har bir tildagi konversiya hodisasi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos semantik siljishlar aniqlanib, zamonaviy tilshunoslikdagi yangi yondashuvlar asosida dalillanganligiga oid xulosalaridan va ingliz va qoraqalpoq tillarida konversiya hodisasining morfologik-sintaktik xususiyatlarini qiyosiy o‘rganish natijasida konversiya usuli bilan yasalgan so‘zlarning so‘z turkumlari sifatida qo‘llanilishida va sintaktik funksiyalarida farqlar, o‘xshashliklar aniqlanganligi va bu orqali ikki til tizimining o‘ziga xosliklari, hamda konversiyaning universal va milliy xususiyatlari ochib berilganligi haqidagi xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston bo‘limining 2024-yil 9-oktyabrdagi 459/1-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotchining ilmiy-nazariy fikr va ma’lumotlari qoraqalpoq tilidagi milliy o‘ziga xos konversiya modellarini izohlashda nazariy asos sifatida xizmat qilgan.