Dong Linaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xitoy Amerika diaspora adabiyoti va uning Emi Tan ijodiga ta’siri”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi (ingliz tili) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4593.
Ilmiy rahbar: Ruzmatova Dilnoza Ramatjanovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Lixodzievskiy Anatoliy Stepanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ziyomuhammedov Jasur Toshpo‘latovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Emi Tan ijodi misolida Xitoy-amerika diaspora adabiyotining umumiy qonuniyatlari, ichki va tashqi aloqalari va adabiyotlararo rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlarini ilmiy, tahliliy va nazariy nuqtayi nazardan umumlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xitoy-Amerika adabiyotidagi milliy va umuminsoniy g‘oyalarning mushtarak hamda farqli jihatlari orientalizmning nazariy kategoriyalari, etnik qadriyatlar, til va muloqot konteksti doirasida Gert Hofstedening madaniy mezonlar nazariyasi asosida aniqlangan;
Sharq va G‘arb adabiy munosabatlarining kesishuvi, Xitoy va Amerika madaniyati hamda qadriyatlarini inkor etmagan holda G‘arbda yaratilgan badiiy asarlarda sharqona ruh hamda falsafaning aks etishi, badiiy uslub, shakl va mazmun komponentlari, diaspora adabiyotining terminologiyasi va identifikatsiyasi bilan bog‘liq muammolar ko‘pmadaniyatlilik va feminizm g‘oyasi asosida izohlangan;
roviy-qahramon nuqtayi nazaridan hikoya qilish strategiyalari, rivoya qatlamlari tuzilishi, zamoni va makoni, lingvistik xususiyatlari va ifoda usullari, bayon subekti va obekti badiiy-konseptual yaxlitlikda ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan;
ijodkor izlanishi, badiiy mahorati va uslubini barqaror poetik an’analar hamda novatorlik asosida namoyon etish muammolari Emi Tan ijodi misolida badiiylikning ham mazmuniy, ham shakliy mezonlari negizida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xitoy Amerika diaspora adabiyoti va uning Emi Tan ijodiga ta’sirini tahlil qilish jarayonida olingan ilmiy natijalar va xulosalar asosida:
Xitoy-Amerika adabiyotidagi milliy va umuminsoniy g‘oyalarning universal hamda farqli jihatlari orientalizmning nazariy kategoriyalari, etnik qadriyatlar, til va muloqot konteksti doirasida Gert Hofstedening madaniy mezonlar nazariyasi asosida aniqlangani xususidagi ilmiy natijalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Xalqaro aloqalar va badiiy tarjima bo‘limi faoliyatida samarali foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 19-fevraldagi 01-03/202-son ma’lumotnomasi). Natijada dunyo adabiyotining eng yaxshi namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilish va chop etish bilan bog‘liq vazifalarning bajarilishiga xizmat qilgan;
Sharq va G‘arb adabiy munosabatlarining kesishuvi, Xitoy va Amerika madaniyati hamda qadriyatlarini inkor etmagan holda G‘arbda yaratilgan badiiy asarlarda sharqona ruh hamda falsafaning aks etishi, hayotni aks ettirish tamoyillari, badiiy uslub, shakl va mazmun hamda uning komponentlari, diaspora adabiyotining terminologiyasi va ularning identifikatsiyasi bilan bog‘liq muammolar ko‘pmadaniyatlilik va feminizm g‘oyasi negizida izohlanganiga oid taklif va tavsiyalar Xitoyning Baoding universitetidagi Chet tillari ta’limi va xalqaro biznes kollejidagi amaliy darslarda qo‘llanilgan (Xitoy Xalq Respublikasi Baodin universitetining 2024-yil 30-martdagi 202403-18-sonli sertifikati). Natijada amaliy darslar Sharq va G‘arb adabiy aloqalari borasidagi ma’lumotlar bilan boyitilgan;
hikoyachi-qahramon nuqtayi nazaridan hikoya qilish strategiyalari, hikoya qatlamlari va tuzilishi, zamoni va makoni, lingvistik xususiyatlari va ifoda usullari, bayon subekti va obekti badiiy va konseptual yaxlitlikda ilmiy-nazariy jihatdan asoslangani hamda Emi Tanning romanlari badiiyatiga oid nazariy xulosalardan Xebey dasturiy ta’minot institutining Umumiy kurslarni o‘qitish kafedrasi faoliyatida foydalanilgan (Xebey dasturiy ta’minot institutining 2024-yil 1-apreldagi 2404-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy kurslarda ta’lim oluvchilar Emi Tanning ijodi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lgan;
ijodkor izlanishi, badiiy mahorati va uslubini barqaror poetik an’analar hamda novatorlik asosida namoyon etish muammolari Emi Tan ijodi misolida badiiylikning ham mazmuniy, ham shakliy mezonlari negizida ochib berilgani haqidagi nazariy hamda amaliy ma’lumotlardan “ICM, KA-107 – Evropa Ittifoqi va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro kredit mobilligi” nomli xalqaro ilmiy-amaliy loyihada, Britaniya Kengashi ko‘magida amalga oshirilgan “Ingliz tili maktab predmeti sifatida” (1683580) mavzusidagi xalqaro loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 2024-yil 30-avgustdagi 01/513-son, 01/514-son ma’lumotnomalari). Natijada loyihaning o‘quv-uslubiy materiallari Xitoy-Amerika diaspora adabiyotiga doir ma’lumotlar bilan boyitilgan.