Uzoqova Shaxnoza Soibnazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi “Badiiy diskursda voqelangan harakat modifikatorlarining lingvokulturologik tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil1466.
Ilmiy rahbar: Qo‘ldoshev Akram Mahmudovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshid Zaynievich, filologiya fanlari doktori, professor; Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi badiiy diskursda voqelangan harakat modifikatorlarining lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
badiiy diskursdagi harakat modifikatorlarining funksional jihatdan foydalanilishining, ya’ni subektiv ma’no yuklash, estetik ta’sir yaratish, vaqt va makonni aniqlashtirish, harakatning darajasini ko‘rsatish kabi xususiyatlari diskursiv tahlil orqali ochib berilgan;
o‘rganilayotgan tillar misolida modifikatsiya tushunchasi, uning turlari va badiiy diskursda qo‘llanilgan harakat modifikatorlarining kontekstual-semantik xususiyatlarini ochib berish orqali inson va voqelik munosabatida yuzaga keladigan mental tasavvurga ko‘ra ingliz tilida dunyoni bilishda egalik modeli, o‘zbek tilida esa ekzistensial model ustuvorlik kasb etishi makon modifikatorlarining chog‘ishtirma tahlili orqali isbotlangan;
tadqiq etilayotgan tillar badiiy diskursida qo‘llangan pre-modifikatsiya, post-modifikatsiyaning turli shakl va mazmundagi matnlarda voqelanish qonuniyatlarining lingvomadaniy belgilari ikki tildagi yadroviy gaplarning qanday kengaytirilishi, aniqlashtirilishi, tavsiflanishi, kuchaytirilishini tahlil qilish orqali aniqlangan;
harakat modifikatorlarining valentlik, kombinatorika va shu kabi boshqa tur ma’no va vazifani bajaruvchi modifikatorlar bilan matnda kommunikativ intensiyasiga ko‘ra bog‘lanish jarayonida semantik, diskursiv, refleksiv, reprezentiv, intensivlik va ekspressivlik kabi potensial imkoniyatlari dunyo haqidagi bilimlarni tasniflash va obektivlashtirish orqali dalillangan va natijada tildan foydalanuvchilar tomonidan amalga oshirilgan dunyoning konseptualizatsiyasi badiiy diskursda namoyon bo‘lishi asoslangan.
IV. Tadqiqotning natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillari badiiy diskursida voqelangan harakat modifikatorlarining lingvomadaniy belgilarining tadqiqi yuzasidan erishilgan ilmiy natijalar asosida:
badiiy diskursdagi harakat modifikatorlarining funksional jihatdan foydalanilishining, ya’ni subektiv ma’no yuklash, estetik ta’sir yaratish, vaqt va makonni aniqlashtirish, harakatning darajasini ko‘rsatish kabi o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilishiga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasida 2021–2022-yillarda amalga oshirilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023-yil 10-maydagi 10/768-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy ta’lim muassasalari uchun “Chet tillari” fan dasturini hamda o‘quv materiallarini takomillashtirishga erishilgan;
o‘rganilayotgan tillar misolida modifikatsiya tushunchasi, uning turlari va badiiy diskursda qo‘llanilgan harakat modifikatorlarining kontekstual-semantik xususiyatlari asoslangan holda, ingliz tilida dunyoni bilishda egalik modeli, o‘zbek tilida esa ekzistensial model ustuvorligi makon modifikatorlarining chog‘ishtirma tahlili orqali isbotlanganiga oid xulosalardan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2020–2022-yillarda bajarilgan “Markaziy Osiyo mutafakkirlari asarlari asosida buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi ma’rifiy, tarbiyaviy kurash asoslarini o‘zida jamlagan multimediya dasturi hamda mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi FZ-202002146 raqamli amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining 2023-yil 15-maydagi 05-712-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur xususiyatlar aks etgan virtual resurslar shakllantirilib, bevosita ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan;
tadqiq etilayotgan tillar badiiy diskursida voqelangan pre-modifikatsiya, post-modifikatsiya kabi modifikatsiya turlarining lingvomadaniy belgilari borasidagi ilmiy-nazariy xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi”ning 35-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 19-iyundagi 05-12-34-4217-son ma’lumotnomasi). Natijada maktablarni chinakam ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat o‘chog‘iga aylantirish uchun ta’lim-tarbiyaning interaktiv usullarini yaratishga xizmat qilgan.
harakat modifikatorlarining semantik, diskursiv, refleksiv, reprezentiv, intensivlik va ekspressivlik kabi potensial imkoniyatlarini aniqlashga bag‘ishlangan xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining VII yo‘nalishida belgilangan “Yoshlar tarbiyasi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda adabiyot, madaniyat, san’at namunalaridan keng foydalanishning artpedagogik asoslarini tadqiq qilish” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda samarali foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 13-iyundagi 02-22/569-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’naviy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.