Shirinova Firuza Inoyatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “1992 – 2022 yillarda O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimi tarixi (Navoiy viloyati misolida)” mavzusidagi 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2023.2.PhD/Tar1481.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.Tar.72.07 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy  rahbar: Aminova Aziza Marksovna -  tarix fanlari doktori (DSc), dotsent.
Rasmiy opponentlar: G‘afforov Shokir Safarovich - tarix fanlari doktori, professor; Shadmanova Sanobar Bazarbaevna - tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya  yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga  molik.
II.Tadqiqotning maqsadi 1992 – 2022-yillardagi maktabgacha ta’lim tizimi tarixini Navoiy viloyati misolida yoritib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Navoiy viloyati qayta tashkil topgan davrda maktabgacha ta’lim muassasalarining shahar va tumanlaridagi joylashuvi, ularning soni, malakali xodimlar bilan ta’minlanish darajasi, ishchi va pedagog xodimlarining moddiy ahvoli, maktabgacha yoshdagi bolalarni to‘liq bog‘cha va yaslilarga qamrab ololmagani, shuningdek, davlat maktabgacha ta’lim muassasalari bilan tashkilotlar qaramog‘idagi ta’lim-tarbiya muassasalarining iqtisodiy holatidagi farqli jihatlar, ularning moddiy-texnik va uslubiy ta’minotining pastligi aniqlangan;
2017-yilga qadar 3–5 yoshli bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga jalb qilish jarayonida samarali mexanizm va vazifalar etarli darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi, maktabgacha ta’lim muassasalari to‘la yangilanmagani, 2022-yilda ham Qiziltepa, Zarafshon va Nurota tumanlarida 2 tadan, Navoiy, Karmana, Konimex, Xatirchi tumanlarida 1 tadan mahallada umuman maktabgacha ta’lim tashkilotlari yo‘qligi sababli tizimda xususiy sektorning rivojlanishi uchun yangi mexanizm yaratilib, uning faoliyati bosqichma-bosqich rivojlanib borganligi asoslangan;
islohotlar natijasida viloyatda mavjud maktabgacha ta’lim muassasalarini malakali kadrlar bilan ta’minlanishiga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish, ayniqsa, olis cho‘l hududlari uchun oliy va o‘rta ma’lumotli mutaxassis xodimlarni etkazib berish imkoniyatlarini kengayganligi, shunday bo‘lsada, Uchquduq, Tomdi va Konimex tumanlarida faoliyat olib borayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qozoq, qoraqalpoq tillaridagi  o‘quv – didaktik materiallar va qo‘llanmalar mavjud emasligi, shuningdek, ingliz tili o‘qituvchilari, musiqa rahbarlari, jismoniy  tarbiya  yo‘riqchilari, xoreograflar, psixologlarga ehtiyoj mavjudligi aniqlangan;
 2017–2022-yillar oralig‘ida viloyatda 700 dan ortiq bog‘cha tashkil etilib, ularning soni 1204 taga etgan va maktabgacha ta’lim bilan qamrov 61,7 foizdan 79,8 foizga oshgani, salohiyatli (toifali) pedagoglar ulushi 42,7 foizdan 64,6 foizga etgani hamda  ushbu yillarda tayyorlov guruhlariga katta e’tibor qaratilib kollej va maktab binolarida 222 ta majburiy bepul maktabga tayyorlov guruhi tashkil etilgani, 6 yoshli 5828 nafar bola majburiy bir yillik ta’lim bilan qamrab olinib, bu guruhlarga 170 nafar tarbiyachi biriktirilgani, tashkil etilgan ushbu guruhlarning 16 tasi MTT binosida, 3 ta guruh kollej binosida, 5 ta guruh mahalla binosida, 198 tasi esa maktablarda faoliyat ko‘rsatib kelgani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1992–2022-yillarda Navoiy viloyati maktabgacha ta’lim tizimi faoliyati tarixiga oid olib borilgan tadqiqot asosida olingan ilmiy yangilik, natijalarga ko‘ra:
2017-yilga qadar 3–5 yoshli bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga jalb qilish jarayonida samarali mexanizm va vazifalar etarli darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi, maktabgacha ta’lim muassasalari to‘la yangilanmagani, 2022-yilda ham Qiziltepa, Zarafshon va Nurota tumanlarida 2 tadan, Navoiy, Karmana, Konimex, Xatirchi tumanlarida 1 tadan mahallada umuman maktabgacha ta’lim tashkilotlari yo‘qligi sababli tizimda xususiy sektorning rivojlanishi uchun yangi mexanizm yaratilib, uning faoliyati bosqichma-bosqich rivojlanib borganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Navoiy viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi faoliyatida keng foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 21-sentyabrdagi 03-06/28-4005-sonli ma’lumotnomasi). Taqdim qilingan natijalar Navoiy viloyatida maktabgacha ta’lim sohasining rivojlanishiga xizmat qildi;
Navoiy viloyati qayta tashkil topgan davrda maktabgacha ta’lim muassasalarining shahar va tumanlaridagi joylashuvi, ularning soni, malakali xodimlar bilan ta’minlanish darajasi, ishchi va pedagog xodimlarining moddiy ahvoli, maktabgacha yoshdagi bolalarni to‘liq bog‘cha va yaslilarga qamrab ololmagani, shuningdek, davlat maktabgacha ta’lim muassasalari bilan tashkilotlar qaramog‘idagi ta’lim-tarbiya muassasalarining iqtisodiy holatidagi farqli jihatlar, ularning moddiy-texnik va uslubiy ta’minotining pastligi Navoiy viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi faoliyatida keng foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 21-sentyabrdagi 03-06/28-4005-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatning olis hududlarida faoliyat ko‘rsatayotgan maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonlari sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qildi;
islohotlar natijasida viloyatda mavjud maktabgacha ta’lim muassasalarini malakali kadrlar bilan ta’minlanishiga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish, ayniqsa, olis cho‘l hududlari uchun oliy va o‘rta ma’lumotli mutaxassis xodimlarni etkazib berish imkoniyatlarini kengayganligi, shunday bo‘lsada Uchquduq, Tomdi va Konimex tumanlarida faoliyat olib borayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qozoq, qoraqalpoq tillaridagi  o‘quv – didaktik materiallar va qo‘llanmalar mavjud emasligi, shuningdek, ingliz tili o‘qituvchilari, musiqa rahbarlari, jismoniy  tarbiya  yo‘riqchilari, xoreograflar, psixologlarga ehtiyoj mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Innovatsion rivojlanish agentligining dasturlarini bajarishda keng qo‘llanildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Innovatsion rivojlanish agentligining 2023-yil 21-sentyabrdagi 01-01/3069-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi viloyatda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlanishiga, ehtiyoj mavjud bo‘lgan kadrlarni tizimga maqsadli jalb qilishga sabab bo‘ldi;
2017–2022-yillar oralig‘ida viloyatda 700 dan ortiq bog‘cha tashkil etilib, ularning soni 1204 taga etga va maktabgacha ta’lim bilan qamrov 61,7 foizdan 79,8 foizga oshgani, salohiyatli (toifali) pedagoglar ulushi 42,7 foizdan 64,6 foizga etgani hamda  ushbu yillarda  tayyorlov guruhlariga katta e’tibor qaratilib kollej hamda maktab binolarida 222 ta majburiy bepul maktabga tayyorlov guruhi tashkil etilgani, 6 yoshli 5828 nafar bola majburiy bir yillik ta’lim bilan qamrab olinib, bu guruhlarga 170 nafar tarbiyachi biriktirilgani, tashkil etilgan ushbu guruhlarning 16 tasi MTT binosida, 3 ta guruh kollej binosida, 5 ta guruh mahalla binosida, 198 tasi esa maktablarda faoliyat ko‘rsatib kelgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Innovatsion rivojlanish agentligining dasturlarini hamda yillik rejalarini amalga oshirishda keng foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Innovatsion rivojlanish agentligining 2023-yil 21-sentyabrdagi 01-01/3069-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi Navoiy viloyatida 2017–2022-yillarda maktabgacha ta’lim tizimining holatini real baholab, kelajakda qilinishi kerak bo‘lgan rejalarni tuzishda yordam berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish