Xamraeva Saodat Islomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “1992–2022-yillarda O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimi tarixi (Navoiy viloyati misolida)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: № B2023.2.PhD/Tar.1477
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.Tar.72.07 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Aminova Aziza Marksovna - tarix fanlari doktori (DSc), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Ravshan Normuratovich - tarix fanlari doktori (DSc), dotsent.; Mo‘minova Gavhar Esanovna - tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Navoiy viloyatining mustaqillik yillarida sog‘liqni saqlash tizimidagi o‘rnini ko‘rsatib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mustaqillikning dastlabki yillarida ijtimoiy sohaning muhim bo‘g‘ini hisoblangan sog‘liqni saqlash tizimida tibbiy muassasa va kasalxonalarning moddiy-texnik bazasi talabga javob bermasligi, viloyat kasalxonalarida esa yotoq o‘rinlari 10 ming aholiga 85 tani tashkil etishi, bu ko‘rsatkich boshqa viloyatlar bilan qiyoslaganda o‘ta past darajada ekanligi, tibbiyot mutaxassislarining etishmasligi, bolalar va onalar o‘limi yuqoriligi, buqoq kasalligi, onkologik kasalliklar, turli yuqumli va sil kasalliklari sonining o‘sganligi, viloyatda shu yillarda nefrolog, yurak-qon tomir jarrohi, torakal jarroh, onkojarroh, radiolog kabi mutaxassislar umuman mavjud bo‘lmaganligi demografik vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatgani hamda viloyatda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish zaruratining vujudga kelganligi dalillangan;
1996-yilda qishloq vrachlik punkt (QVP) larining tashkil etilishi, sog‘liqni saqlash sohasida rejali ishlarning amalga oshirilganligi, sohada mutaxassislar bilan ta’minlanishning maqsadli yo‘lga qoyilishi, onalik va bolalikni himoya qilish davlatning ustuvor vazifasiga aylangani, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish maqsadida kamqon va homilador ayollarga oziq-ovqat uchun talon berilganligi viloyatda tibbiy xizmatni rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi asoslangan;
aholi sonining o‘sishi va ekoligik muammolar aholi o‘rtasida tibboyotga bo‘lgan ehtiyojning ortishiga sabab bo‘lgani, xususiy tibbiyotga ehtiyojning paydo bo‘lgani va yildan yilga xususiy klinikalarning soni ortgani (2018-yilda 150 ta, 2021-yilda 223 ta, 2022-yilda 240 ta), birlamchi tibbiyot bo‘g‘ini faoliyatini yaxshilash maqsadida mahallalarda “mahallabay”, “xonadonbay” ishlaydigan tibbiy brigadalar tashkil etilgani aholi salomatligi va tibbiy madaniyatining oshishiga hamda viloyat sog‘liqni saqlash sohasini rivojlanishiga xizmat qilgani dalillangan;
Yangi O‘zbekiston sharoitida Navoiy viloyati tibbiyot sohasida erishilgan intensiv o‘zgarishlar sababli, endokrinologiya, onkologiya, sil, yuqumli va boshqa kasalliklar hamda onalik va bolalikni muhofaza qilishda ixtisoslashgan tibbiy xizmatlarning samaradorligi oshib borganligi, viloyatda 2017–2021-yillarda 54 nafar xorijlik mutaxassislar taklif qilinib, ular bilan hamkorlikda 100 nafar bemorlarda murakkab jarrohlik amaliyotlarining o‘tkazilganligi, 2021-yilning o‘zida 463 ta zamonaviy texnologiyalar yordamida turli xildagi jarrohlik amaliyotlari amalga oshirilganligi, viloyatda 163 ta tibbiyot muassasasidan 160 tasi yuqori tezlikdagi internet tarmog‘idan samarali foydalangani, 122 ta tibbiyot muassasasi “Elektron poliklinika” tizimiga ulanganligi, viloyatda sog‘liqni saqlash tizimi kundan kunga rivojlanayotgani asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “1992–2022-yillarda O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimi tarixi (Navoiy viloyati misolida)” mavzusidagi tadqiqot asosida olingan natijalar va amaliy takliflardan:
Mustaqillikning dastlabki yillarida ijtimoiy sohaning muhim bo‘g‘ini hisoblangan sog‘liqni saqlash tizimida tibbiy muassasa va kasalxonalarning moddiy-texnik bazasi talabga javob bermasligi, Navoiy viloyati kasalxonalarida esa yotoq o‘rinlari 10 ming aholiga 85 tani tashkil etishi, bu ko‘rsatkich boshqa viloyatlar bilan qiyoslaganda o‘ta past darajada ekanligi, tibbiyot mutaxassislari bilan ta’minlanish 42 foizni, o‘rta tibbiyot xodimlari bilan ta’minlanish 90 foizni tashkil etganligi, mutaxassislar bilan ta’minlanish holati har 1000 nafar aholiga hisoblaganda 20,48 foizni tashkil etganligi, shu yillarda nefrolog, yurak-qon tomir jarrohi, torakal jarroh, onkojarroh, radiolog kabi mutaxassislar umuman mavjud bo‘lmaganligi hamda viloyatda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish zaruratining vujudga kelganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Innovatsion rivojlanish agentligida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Innovatsion rivojlanish agentligining 2023-yil 21-sentyabrdagi 01-01-3070-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, taqdim etilgan materiallar Navoiy viloyati aholisi salomatligini yaxshilash, tibbiy xizmatlar sifatini isloh etish, tibbiyot sohasi mutaxassislarining bilim va malakalari sifatini oshirishga, Navoiy davlat universiteti Tibbiyot fakulteti faoliyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda;
1996 yilda qishloq vrachlik punkt (QVP)larining tashkil etilishi, sog‘liqni saqlash sohasida rejali ishlarning yo‘lga qo‘yilganligi, sohada mutaxassislar bilan ta’minlanishning maqsadli yo‘lga qoyilishi, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish maqsadida kamqon ayollarga barcha tumanlarda (Navbahor tumanida 385 nafar homilador ayolga, Qiziltepa tuamnida 467 nafar, Xatirchi tumanida 439 nafar, Uchquduq tumanida 204 nafar va h.k.) yashovchi homilador ayollarga oziq-ovqat uchun 1 ming 302 so‘mlik talon berilganligi bu esa viloyatda tibbiy xizmatni rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligiga oid ilmiy ma’lumotlardan Innovatsion rivojlanish agentligining ma’lum dasturlarini bajarishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Innovatsion rivojlanish agentligining 2023-yil 21-sentyabrdagi 01-01-3070-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining joriylanishi Navoiy viloyatida sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilashga, unga doir ilmiy loyihalarni tayyorlashga turtki bo‘ldi;
2017-yildan Navoiy viloyatida sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish yangi bosqichga chiqqani, sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorning yanada rivojlanishi natijasida viloyatda 2018-yilda 150 ta (Navoiy shahrida 83 ta, Xatirchi tumanida 11 ta, Konimex tumanida 2 ta, Zarafshon shahrida 19 ta, Karmana tumanida 14 ta, Navbahor tumanida 7 ta, Nurota tumanida 2 ta, Qiziltepa tumanida 7 ta, Uchquduq tumanida 5 ta), 2021-yilda 223 ta, 2022-yilda 240 ta xususiy klinikalar faoliyat yuritgani, bu klinikalar aholi salomatligi va tibbiy madaniyatining oshishiga hamda viloyat sog‘liqni saqlash sohasini rivojlanishiga xizmat qilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash sohasi va tibbiyoti muammolarini echishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 19-sentyabrdagi 05-38/23247-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi natijasida Navoiy viloyatining sog‘liqni saqlash sohasida zamonaviy mexanizmlaridan foydalanishda samaradorlikka erishilgan;
Yangi O‘zbekiston sharoitida Navoiy viloyati tibbiyot sohasida erishilgan intensiv o‘zgarishlar sababli, endokrinologiya, onkologiya, sil, yuqumli va boshqa kasalliklar hamda onalik va bolalikni muhofaza qilishda ixtisoslashgan tibbiy xizmatlarning samaradorligi oshib borganligi, viloyatda 2017–2021-yillarda 54 nafar xorijlik mutaxassislar taklif qilinib, ular bilan hamkorlikda 100 nafar bemorlarda murakkab jarrohlik amaliyotlarining o‘tkazilganligi, 2021-yilning o‘zida 463 ta zamonaviy texnologiyalar yordamida turli xildagi jarrohlik amaliyotlari amalga oshirilganligi, viloyatda 163 ta tibbiyot muassasasidan 160 tasi yuqori tezlikdagi internet tarmog‘idan samarali foydalangani, 122 ta tibbiyot muassasasi “Elektron poliklinika” tizimiga ulanganligi, viloyatda sog‘liqni saqlash tizimi kundan kunga rivojlanayotgani to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi faoliyatida keng foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 19-sentyabrdagi 05-38/23247-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Navoiy viloyat sog‘liqni saqlash tizimi faoliyati takomillashdi, mustaqillik yillarida soha faoliyatiga, xususan, jarrohlik amaliyotlarining o‘tkazilishiga doir tizimli ma’lumotlar vujudga keldi.