Normamatova Pardaxol Ochildievna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mustaqillik yillarida Surxondaryo viloyatining O‘zbekiston tashqi aloqalaridagi ishtiroki (1991–2020-yy)” mavzusidagi 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №  B2021.2.PhD/Tar 914
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti huzuridagi DSc.03/27.09.2024.Tar.72.07 raqamli Ilmiy kengash
Ilmiy  rahbar:    Hayitov Shodmon Ahmadovich  -  tarix fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Xasanov Akram Mo‘minovich - tarix fanlari doktori (DSc), professor; Halimov Murod Salimovich – tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
 Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya  yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga  molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Mustaqillik yillarida Surxondaryo viloyatining O‘zbekiston tashqi aloqalaridagi ishtirokini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mustaqillikning ilk yillarida O‘zbekistonning tashqi aloqalarida Surxondaryo viloyatining ishtiroki bir muncha sust ekanligi, keyinchalik yangi islohotlar, shuningdek O‘zbekiston-Afg‘oniston do‘stlik ko‘prigining qayta ochilishi  hamda Termiz daryo portiga e’tiborning kuchaytirilishi natijasida O‘zbekistonning Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston bilan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarida Surxondaryoning muhum ahamiyat kasb etganligi asoslangan;
Surxondaryo viloyatida xorijiy investisiyalarning jalb etilishi bosqichma bosqich amalga oshirilgani, natijada viloyat iqtisodiyotini rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan qo‘shma korxonalar (“Surxon Ajanta Pharma limited”, “Surxonplastik”, “Kronisak”, “Xo‘jayikon tuz koni”) vujudga kelgani va faoliyati kengayib borgani, ayrim qo‘shma korxonalarning bir qismi qonun va belgilangan nizomlarga mos ravishda tashkil etilmaganligi (“Turon gullari”, “Steklo”, “Obi hayot”),  moliyaviy resurslarning etishmasligi, xomashyo tannarxining yuqoriligi kabi muammolar oqibatida yopilib ketgani dalillangan;
Britaniyaning “Shefra Energy Limited” kompaniyasi tomonidan 220 million AQSh dollarlik to‘g‘ridan to‘g‘ri investisiya o‘zlashtirilishi evaziga Sherobod tumanida fotoelektr quyosh panellarini ishlab chiqarish loyihalari bajarilgani, Janubiy Koreyaning “Naturayn Ko Ltd” kompaniyasi tomonidan Angor tumanida umumiy loyiha qiymati 18 million dollarga teng bo‘lgan bioorganik mineral o‘g‘it ishlab chiqarish korxonasi tashkil qilingani Surxondaryo viloyatining iqtisodiy salohiyatini rivojlanishida muhum ahamiyat kasb etgani asoslangan;
ilm-fan va madaniyat sohasida Fransiya, Chexiya, Rossiya, Xitoy, Polsha bilan hamkorlikda keng ilmiy tadqiqotlar olib borilgani sababli viloyatda ilmiy salohiyatni va akademik mobillikni ortgani, innovatsion taʼlim dasturlarini yoʻlga qo‘yilgani, arxeoturizmni rivojlangani, Turkiya, Janubiy Korea, Hindiston, Ukraina, AQSh bilan medisina sohasida xalqaro hamkorliklar natijasida viloyatda qandli diabet, onkologik va yuqumli kasalliklarning soni kamaygani isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston tashqi aloqalardagi Surxondaryoning ishtiroki mavzusiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar quyidagicha joriy etilgan:
Mustaqillikning ilk yillarida O‘zbekistonning tashqi aloqalarida Surxondaryo viloyatining ishtiroki bir muncha sust ekanligi, keyinchalik yangi islohotlar, shuningdek O‘zbekiston-Afg‘oniston do‘stlik ko‘prigining qayta ochilishi  hamda Termiz daryo portiga e’tiborning kuchaytirilishi natijasida O‘zbekistonning Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston bilan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarida Surxondaryoning muhum ahamiyat kasb etganligi borasidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida eferga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 7-fevraldagi 02-28-181-sonli ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuv teletomoshabinlarga Surxondaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy sohalardagi  imkoniyatlari hamda xorij  davlatlar bilan hamkorlik aloqalarining rivojlanishi borasidagi tasavvurlarini bouitishga xizmat qilgan
Surxondaryo viloyatida xorijiy investisiyalarning jalb etilishi bir necha bosqichlarda amalga oshirilgani, natijada viloyat iqtisodiyotini rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan qo‘shma korxonalar (“Surxon Ajanta Pharma limited”, “Surxonplastik”, “Kronisak”, “Xo‘jayikon tuz koni”) vujudga kelgani, shunday bo‘lsada qo‘shma korxonalar faoliyatining huquqiy va iqtisodiy tahlili natijasida, ularning bir qismi qonun va belgilangan nizomlarga mos ravishda tashkil etilmaganligi (“Turon gullari”, “Steklo”, “Obi hayot”),  moliyaviy resurslarning etishmasligi, xomashyo tannarxining yuqoriligi va xomashyo bilan ta’minlash imkoniyatlarining cheklanganligi kabi muammolar oqibatida aksariyat qo‘shma korxonalar yopilib ketgani borasidagi ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi dastrularini amalga oshirishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan 2024-yil 25-oktyabrda berilgan 10-/134-sonli ma’lumotnomasi). Ma’lumotlarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida fuqarolar Surxondaryo viloyatining O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalardagi o‘rniga doir tushunchaga ega bo‘lishdi.
Termiz shahrida “Ochiq janub” biznes forumining muntazam o‘tkazilib kelinayotganligi Surxondaryo viloyatining iqtisodiy salohiyatini rivojlanishida muhum ahamiyat kasb etgani, bu forum natijasi o‘laroq Britaniyaning “Shefra Energy Limited” kompaniyasi tomonidan 220 million AQSh dollarlik to‘g‘ridan to‘g‘ri investisiya o‘zlashtirilishi evaziga Sherobod tumanida fotoelektr quyosh panellarini ishlab chiqarish loyihalari bajarilgani, Janubiy Koreyaning “Naturayn Ko Ltd” kompaniyasi tomonidan Angor tumanida umumiy loyiha qiymati 18 million dollarga teng bo‘lgan bioorganik mineral o‘g‘it ishlab chiqarish korxonasi tashkil qilingani borasidagi ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi dastrularini amalga oshirishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan 2024-yil 25-oktyabrda berilgan 10-/134-sonli ma’lumotnomasi). Berilgan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining faoliyatini rivojlantirishga hamda dasturiy maqsadlarini bajarishda muhim ahamiyat kasb etdi.
ilm-fan va madaniyat sohasida Fransiya, Chexiya, Rossiya, Xitoy, Polsha bilan hamkorlikda keng ilmiy tadqiqotlar olib borilgani sababli viloyatda ilmiy salohiyatni va akademik mobillikni ortgani, innovatsion taʼlim dasturlarini yoʻlga qo‘yilgani, arxeoturizmni rivojlangani, Turkiya, Janubiy Korea, Hindiston, Ukraina, AQSh bilan medisina sohasida xalqaro hamkorliklar natijasida viloyatda qandli diabet, onkologik va yuqumli kasalliklarning soni kamaygani O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi faoliyatida  keng foydalanildi (Afg‘oniston fuqorolarini o‘qitish ta’lim markazi tomonidan 2024-yil 23-apreldagi 05-2/45-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi markaz muzeyi materiallarini to‘ldirishga, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga,  arxeoturizm borasidagi ma’lumotlarni butun dunyoga yoyishga va bu orqali viloyatga tashrif buyuruvchi sayyohlarning sonini ortishiga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish