Otaqo‘zieva Surayyo Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Mehnat bozori transformatsiyasida raqamli iqtisodiyot uchun tayyorlanayotgan IT-mutaxassis kadrlarning o‘rni», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt1726.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Axmedov Durbek Kudratillaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01
Rasmiy opponentlar: Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Gabzalilova Vinera Tursunovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mehnat bozori transformatsiyasida raqamli iqtisodiyot uchun tayyorlanayotgan IT-mutaxassis kadrlar faoliyati samaradorligi bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mehnat bozorida IT-mutaxassis kadrlarga bo‘lgan talab va taklifni baholovchi mezonlar mohiyati mualliflik yondashuviga ko‘ra talab va taklifni ifoda etuvchi xususiyat, ko‘rsatkich va o‘zaro ta’sirga ega omillar yig‘indisi sifatida takomillashtirilgan;
raqamli texnologiyalar sharoitida mehnat bozori transformatsiyasida IT-mutaxassis kadrlarni oliy ta’limda o‘qitishning innovatsion yo‘nalishlari, jumladan oliy ta’limda virtual kompyuter laboratoriyalarini bosqichma-bosqich va uzlyuksiz tashkil qilish asoslangan;
frilansga ko‘ra mehnat bozorida IT-mutaxassis kadrlar monitoringini tashkil qilish, milliy frilans platformasini ishlab chiqish va platformani Yagona milliy mehnat tizimi idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga integratsiya qilishning maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;
mehnat bozorida IT-mutaxassis kadrlarga bo‘lgan talab va taklifni sunʼiy intellekt vositalari asosida IT-mutaxassis kadrlarining milliy reestrini yaratish, kadrlarga bo‘lgan talab va taklif dinamikasini “maqsad-talab”ga ko‘ra bo‘sh ish o‘rinlar, frilans, jamoaviy ish, ustoz-shogird yo‘nalishlari kabi bandligi bo‘yicha tartibga solish mexanizmi taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mehnat bozori transformatsiyasida raqamli iqtisodiyot uchun tayyorlanayotgan IT-mutaxassis kadrlarning o‘rni bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar asosida:
mehnat bozorida IT-mutaxassis kadrlarga bo‘lgan talab va taklifni baholovchi mezonlar mohiyati mualliflik yondashuviga ko‘ra talab va taklifni ifoda etuvchi xususiyat, ko‘rsatkich va o‘zaro ta’sirga ega omillar yig‘indisi sifatida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-sonli “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 2-avgustdagi 01/00-03/10-6878-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif mehnat bozorida IT-mutaxassislarga talab va taklifni baholovchi mezonlar tizimini shakllantirish mehnat bozoridagi o‘zgaruvchan taklifni mutaxassislarning malaka darajasiga qo‘yiladigan talabga muvofiqlashtirish, IT-mutaxassislarga talab va taklifni tizimlashtirish imkonini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
raqamli texnologiyalar sharoitida mehnat bozori transformatsiyasida IT-mutaxassis kadrlarni oliy ta’limda o‘qitishning innovatsion yo‘nalishlari, jumladan oliy ta’limda virtual kompyuter laboratoriyalarini bosqichma-bosqich va uzlyuksiz tashkil qilish bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-sonli “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 2-avgustdagi 01/00-03/10-6878-sonli dalolatnomasi). Taklif talabalarning maxsus dasturiy ta’minot talab qiladigan laboratoriya mashg‘ulotlaridan foydalanishi, amaliy topshiriq va tajribalarni bajarishi, o‘quv jarayonida virtual kompyuter laboratoriyasi va ta’lim boshqaruv tizimi (LMS)dan birgalikda foydalanishi imkoniyatlarini kengaytirishga hamda IT-mutaxassis kadrlarni tayyorlashda ta’lim sifatini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
frilansga ko‘ra mehnat bozorida IT-mutaxassis kadrlar monitoringini tashkil qilish, milliy frilans platformasini ishlab chiqish va platformani Yagona milliy mehnat tizimi idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga integratsiya qilishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 2-avgustdagi 01/00-03/10-6878-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif mehnat bozorida IT-mutaxassis kadrlar bandligi samaradrligini va o‘zini o‘zi ish bilan ta’minlash darajasini oshirishga, daromad manbaini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
mehnat bozorida IT-mutaxassis kadrlarga bo‘lgan talab va taklifni sunʼiy intellekt vositalari asosida IT-mutaxassis kadrlarining milliy reestrini yaratish, kadrlarga bo‘lgan talab va taklif dinamikasini “maqsad-talab”ga ko‘ra bo‘sh ish o‘rinlar, frilans, jamoaviy ish, ustoz-shogird yo‘nalishlari kabi bandligi bo‘yicha tartibga solish mexanizmi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 2-avgustdagi 01/00-03/10-6878-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif mehnat bozori monitoringini samarali tashkil qilish, ish bilan bandlik bo‘yicha hisobotlar sifatini oshirish, mehnat bozorida axborot almashish mexanizmini takomillashtirish va sohaga oid boshqaruv qarorlari sifatini oshirish asosida IT-mutaxassis kadrlarga bo‘lgan talab va taklif muvozanatini ta’minlashga muayyan darajada xizmat qilgan.