Imomalieva Musharrafxon Ilhomjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Amiriy ijodida irfoniy g‘oya va timsollar, 10.00.07 – Adabiyot nazariyasi (filologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2428
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Ochilov Ergash Zokirovich, filologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.01
Rasmiy opponentlar: Amonova Zilola Qodirovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Muhiddinova Nazmiya Muslihiddinovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Amiriy ijodidagi irfoniy g‘oya, istiloh,  timsol va obrazlarning badiiy talqinlarini ochib berishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Amiriyning o‘zbek va tojik (forsiy) tillaridagi adabiy merosi O‘zR FA Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondidagi 3642-raqamli qo‘lyozma va 2017-yilda chop qilingan 2 jildlik “Devon”i nashrlariga tayanib, o‘zbek adabiyotshunosligida birinchi marta tasavvufiy g‘oya, istiloh, timsol va obrazlarning badiiy talqinlari asosida ochib berilgan;
  naqshbandiya tariqati keng tarqalgan va faol amalda bo‘lgan Qo‘qon adabiy muhiti vakili Umarxon Amiriyning tasavvufga moyilligi o‘z davrining mashhur murshidi bo‘lgan Muhammad Ya’qubdan olgan sabog‘i she’rlaridagi ishq talqini, sham va parvona, qatra va ummon, quyosh va zarra,  kufr va iymon kabi ramziylik asosida yuzaga chiqqani aniqlangan;  
Amiriy ijodida irfoniy mavzu ifodasi soqiy, orif, pir, murid, zohid, faqir kabi obrazlar;  oyina, may, qadah, obi hayot, yuz, ko‘z, soch, lab, xat kabi timsollar; vahdat, kasrat, o‘zlik, ma’rifat, tajalliy, mazhar singari istilohlar vositasida dalillangan;
shoir Nuh, Xizr, Sulaymon, Ya’qub, Yusuf, Muso, Iso Masih kabi payg‘ambarlar bilan bog‘liq moʻjizalar, ibratli voqea-hodisalarga ishoralardan  o‘quvchilarni haq yo‘liga da’vat etish va ularga pand-nasihat qilish maqsadida foydalangani asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Amiriy ijodida irfoniy g‘oya va timsollarning tadqiqi bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
Amiriyning o‘zbek va tojik (forsiy) tillaridagi adabiy merosi O‘zR FA Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondidagi 3642-raqamli qo‘lyozma va 2017-yilda chop qilingan 2 jildlik “Devon”i nashrlariga tayanib, o‘zbek adabiyotshunosligida birinchi marta tasavvufiy g‘oya, istiloh, timsol va obrazlarning badiiy talqinlari asosida ochib berilgani bilan bog‘liq xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida PF-201912258 raqamli 2021–2023-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” fundamental ilmiy loyihasini bajarishda foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 17-oktyabrdagi 03-07-1400/05-son ma’lumotnomasi). Natijada Sharq mumtoz so‘z san’atidagi mavjud an’analar, shuningdek bevosita o‘zining tasavvufga moyilligi va bu borada maxsus ta’lim olganligi jihatidan Amiriy ijodi irfoniy g‘oya va timsollarning keng va rang-barang badiiy talqinlaridan xoli emasligi asoslangan;
  naqshbandiya tariqati keng tarqalgan va faol amalda bo‘lgan Qo‘qon adabiy muhiti vakili Umarxon Amiriyning tasavvufga moyilligi o‘z davrining mashhur murshidi bo‘lgan Muhammad Ya’qubdan olgan sabog‘i she’rlaridagi ishq talqini, sham va parvona, qatra va ummon, quyosh va zarra,  kufr va iymon kabi ramziylik asosida yuzaga chiqqani aniqlanganiga doir yangiliklardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining adabiy tanqid kengashi hisobot yig‘ilishlarida, Amiriy tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbirlarda, yosh ijodkorlar to‘garagi, mahorat darslarida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 11-martdagi 01-03/280-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh ijodkorlarda adabiyot nazariyasi, adabiy ta’sir va ijodkor mahorati yuzasidan bilim va ko‘nikmalar hosil qilishga erishilgan;
Amiriy ijodida irfoniy mavzu ifodasi soqiy, orif, pir, murid, zohid, faqir kabi obrazlar;  oyina, may, qadah, obi hayot, yuz, ko‘z, soch, lab, xat kabi timsollar; vahdat, kasrat, o‘zlik, ma’rifat, tajalliy, mazhar singari istilohlar vositasida dalillangani haqidagi xulosalardan “O‘zbekiston” teleradiokanali” DM tomonidan tayyorlangan “Gʻazal bo‘stoni”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli dasturlarning  ssenariylarida 2022–2023- yillar hamda 2024-yil yanvar va fevral oylari sonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston” teleradiokanali” DMning 2024-yil 12-martdagi 04-36-360-son ma’lumotnomasi). Natijada Amiriy ijodida tasavvufning o‘rni va mumtoz an’analar doirasida qilingan tahlillar radiotinglovchilar uchun muhim ahamiyat kasb etishiga erishilgan.
shoir Nuh, Xizr, Sulaymon, Ya’qub, Yusuf, Muso, Iso Masih kabi payg‘ambarlar bilan bog‘liq mo‘jizalar, ibratli voqea-hodisalarga ishoralardan  o‘quvchilarni haq yo‘liga da’vat etish va ularga pand-nasihat qilish maqsadida foydalangani asoslanganiga doir xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022–2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 4-dekabrdagi №10/189-son ma’lumotnomasi). Natijada targ‘ibot anjumanlarining ilmiy-ma’rifiy jihatdan o‘ziga xosligi ortishiga, badiiy adabiyotning tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyatini ochib berishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish