Kulturaeva Sarvinoz Sadriddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Voyaga etmaganlarga nisbatan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etishni takomillashtirish”, 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4. PhD /Yu888
Ilmiy rahbar: Salaev Nodirbek Saparbaevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: O‘razaliev Murodjon Qoraevich, yuridik fanlar doktori, professor; Axmedova Go‘zalxon Utkurovna, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi voyaga etmaganlarga nisbatan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etishning o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etish hamda uni samarali ijro etishga oid jinoyat-ijroiya qonunchilik normalarini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarbiya koloniyalarida mahkumlarning murojaat qilish huquqidan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish lozimligi va Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar ombudsmani) tarbiya koloniyalarida parlament nazoratini amalga oshirishga vakolatli davlat organi hisoblanishi sababli O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga) murojaatlar qutisi o‘rnatilishi lozimligi asoslangan;
jazo o‘tayotgan mahkumlarning insoniy muomalada bo‘lish huquqini ta’minlanishi va jazoni ijro etish muassasalarida qiynoqlarni oldini olish lozimligi sababli mahkumlarga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoxud jazo turlarining qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmasligi zarurligi asoslangan;
Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar ombudsmani) tarbiya koloniyalarida parlament nazoratini samarali amalga oshirishga vakolatli davlat boshqaruv organi bo‘lganligi sababli Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar ombudsmani)ning tarbiya koloniyalariga muntazam kirib turish orqali bolaga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashni oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rishi lozimligi asoslangan;
probatsiya nazoratidagi voyaga etmagan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish ularning o‘ziga xos individual xususiyatlarini e’tiborga olgan holda amalga oshirilishi lozimligi sababli probatsiya nazoratidagi voyaga etmagan shaxslarga nisbatan ijtimoiy moslashtirish choralari qo‘llanilganda ularning yoshi, o‘ziga xos individual xususiyatlari hisobga olingan holda, voyaga etmagan shaxslar oila a’zolarining yoki qonuniy vakillarining, shuningdek pedagog, psixolog, vasiylik va homiylik organi vakillarini ijtimoiy moslashtirishda ishtirok etishi uchun
shart-sharoitlar yaratilishi zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
tarbiya koloniyalarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga) murojaatlar qutisi o‘rnatilishi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi O‘RQ-409-I-son Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 792-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadiqoqtlari institutining 2024-yil 19-dekabrdagi 3/08-25-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi voyaga etmagan mahkumlarning Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga) bevosita murojaat qilish huquqi ta’minlashiga xizmat qiladi;
mahkumlarga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoxud jazo turlarining qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi O‘RQ-409-I-son Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 8-moddasini (mahkumlar huquqiy holatining asoslari) ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2024-yil 29-apreldagi 04/2-10/1592-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi jazo o‘tayotgan mahkumlarning insoniy muomalada bo‘lish huquqining ta’minlanishiga hamda mahkumlarga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoxud jazo turlarining qo‘llanilishi holatlarini oldini olishga xizmat qiladi;
Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar ombudsmani) tarbiya koloniyalariga muntazam kirib turish orqali bolaga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashni oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rishi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-fevraldagi O‘RQ-917-son “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risida”gi Qonunining 20-moddasini (Bola huquqlari bo‘yicha vakilning bolaga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashning oldini olishga doir faoliyati) ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning 2024-yil 13-maydagi 01-07/251-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi tarbiya koloniyalarida parlament nazoratini samarali amalga oshirishga xizmat qiladi;
Probatsiya nazoratidagi voyaga etmagan shaxslarga nisbatan ijtimoiy moslashtirish choralari qo‘llanilganda ularning yoshi, o‘ziga xos individual xususiyatlari hisobga olingan holda, voyaga etmagan shaxslar oila a’zolarining yoki qonuniy vakillarining, shuningdek pedagog, psixolog, vasiylik va homiylik organi vakillarini ijtimoiy moslashtirishda ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratilishi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil
7-avgustdagi O‘RQ-938-son “Probatsiya nazorati to‘g‘risida”gi Qonunining 57-moddasini (probatsiya nazoratidagi voyaga etmagan shaxslar bilan ish olib borishning o‘ziga xos xususiyatlari) ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2024-yil 20-sentyabrdagi 04/25-10/3496-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi probatsiya nazoratidagi voyaga etmagan shaxslarni ijtimoiy moslashtirishda ularning o‘ziga xos individual xususiyatlarini e’tiborga olgan holda amalga oshirilishiga xizmat qiladi.