Teshaboeva Zumradxon Voxidjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Abduqayum Yo‘ldoshev qissa va hikoyalarida badiiy-uslubiy izlanishlar, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil2462.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Qobilova Zeboxon Bakirovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.01
Rasmiy opponentlar: Qahramonov Qurdosh Yalg‘ashevich, filologiya fanlari doktori, professor; Ulug‘ov Abdulla O‘zbekovich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Abduqayum Yo‘ldoshev qissa va hikoyalarining badiiy-uslubiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
monolog va ichki mulohazalar texnikasi, dramatizm va konfilikt, yumor va satira, qiziqarli syujet va dinamik voqealar kabi poetik unsurlarning Abduqayum Yo‘ldoshev badiiy-uslubiy izlanishlaridagi tadrijiy takomili ochib berilgan;
nosir ijodida ayni paytdagi voqelar hikoya qilinuvchi “shahar” va xotiralar aks etuvchi “qishloq” makoni aralash holda kelib, “Tushov”, “Biz o‘tgan yo‘llar”, “Parim bo‘lsa...”, “Biz bo‘lmagan joylarda” kabi ko‘pgina asarlarida yuz beradigan O‘zbekovul adabiy makonining qahramon ruhiyati, muallif dunyoqarashi singari badiiy vazifalar bajarishi dalillangan;
yozuvchi “Begona shaharning namozshomlari”, “Sunbulaning ilk shanbasi”, “Timsohning ko‘z yoshlari”, “Puankare”, “Muammo bormi?” singari qissa va hikoyalarida yangi asr o‘zbek ziyolisining badiiy obrazini aks ettirganligi va bu obrazlar uch yo‘nalishda: Murod, Erali, Ubaydulla kabi maqsadi yo‘lida kurashuvchan, G‘aniboy, Ikrom, muharrir kabi taqdiriga tan bergan va Najmiddin, Aptiqayim, domla singari oraliqdagi ziyolilar sifatida talqin qilingani asoslangan;
Abduqayum Yo‘ldoshev ijodiy uslubida qayg‘u va quvonch, g‘am va shodlik, qorong‘ulik va yorug‘lik kabi qarama-qarshiliklar tasviri orqali qahramon ma’naviy olamini yoritish ustunligi, adibning voqelikka munosabatini ifodalashda istehzo, yumor, piching va kinoya singari badiiy vositalar asosiy o‘rin tutishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Abduqayum Yo‘ldoshev qissa va hikoyalarida badiiy-uslubiy izlanishlar masalasini tadqiq etish asosida olingan ilmiy va amaliy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
monolog va ichki mulohazalar texnikasi, dramatizm va konfilikt, yumor va satira, qiziqarli syujet va dinamik voqealar kabi poetik unsurlarning Abduqayum Yo‘ldoshev badiiy-uslubiy izlanishlaridagi tadrijiy takomili ochib berilganiga doir xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan RF-201912258-raqamli 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (2024 yil 17 oktyabrdagi 03-07/ 1400/06 sonli ma’lumotnomasi). Natijada ma’lumotlar ilmiy-nazariy dalillar bilan boyigan.
nosir ijodida ayni paytdagi voqelar hikoya qilinuvchi “shahar” va xotiralar aks etuvchi “qishloq” makoni aralash holda kelib, “Tushov”, “Biz o‘tgan yo‘llar”, “Parim bo‘lsa...”, “Biz bo‘lmagan joylarda” kabi ko‘pgina asarlarida yuz beradigan O‘zbekovul adabiy makonining qahramon ruhiyati, muallif dunyoqarashi singari badiiy vazifalar bajarishi dalillangani bilan bog‘liq yangiliklardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Nasr kengashi hisobot yig‘ilishlarida, yosh ijodkorlar to‘garagi mahorat darslarida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 11-martdagi 01-03/285-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yosh ijodkorlarning Abduqayum Yo‘ldoshev asarlarini teranroq anglashlari, tasavvurlarini kengaytirishlariga imkon yaratilgan.
yozuvchi “Begona shaharning namozshomlari”, “Sunbulaning ilk shanbasi”, “Timsohning ko‘z yoshlari”, “Puankare”, “Muammo bormi?” singari qissa va hikoyalarida yangi asr o‘zbek ziyolisining badiiy obrazini aks ettirganligi va bu obrazlar uch yo‘nalishda: Murod, Erali, Ubaydulla kabi maqsadi yo‘lida kurashuvchan, G‘aniboy, Ikrom, muharrir kabi taqdiriga tan bergan va Najmiddin, Aptiqayim, domla singari oraliqdagi ziyolilar sifatida talqin qilingani asoslanganiga oid xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, nomli eshittirishlarida foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanalining 2024-yil, 4-noyabrdagi 04-36/1168-sonli ma’lumotnomasi). Natijada eshittirishlarning ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, Abduqayum Yo‘ldoshev ijodining keng targ‘ib qilinishiga erishilgan.
Abduqayum Yo‘ldoshev ijodiy uslubida qayg‘u va quvonch, g‘am va shodlik, qorong‘ulik va yorug‘lik kabi qarama-qarshiliklar tasviri orqali qahramon ma’naviy olamini yoritish ustunligi, adibning voqelikka munosabatini ifodalashda istehzo, yumor, piching va kinoya singari badiiy vositalar asosiy o‘rin tutishi isbotlangani haqidagi xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 4-apreldagi № 251-sonli ma’lumotnomasi). Natijada targ‘ibot anjumanlarining ilmiy-ma’rifiy jihatdan o‘ziga xosligi ortishiga, badiiy adabiyotning tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyatini ochib berishga erishilgan.